1-mavzu: Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish tendensiyasi. Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy kompyuterlarni arxitekturasi tamoillari va klassifikatsiyasi.
Kompyuter tizimlarining xotirasini tashkillashtirish asoslari
Reja:
Kirish
Kompyuterning rivojlanish tarixi
Kompyuterni tashkil etishda umumiy qarashlar
Asosiy xotira haqida asosiy tushunchalar
Kesh xotira. Xotira modullarini yig‘ish va ularning xillari
Xotira modullarining quyidagi xillari mavjud.
Kalit so'zlar. Triggerlar (triggers), registrlar (registers), ventillar, xotira elementlari (memory elements), asosiy xotira (main memory), yordamchi xotira, adreslash (address), razryad, kiritish-chiqarish arxitekturasi (input - output architecture), shinalar (bus), arifmetik - mantiqiy qurilma (arithmetic - logical devices), boshqarish qurilmasi (control device), Xotira (memory), yacheyka, registrlar (registers), operatsion tizim, asosiy xotira (main memory), akkumulyator, adreslash (address), razryad, segment, shinalar (bus), SIMM, DIMM, boshqarish qurilmasi (control device), kondensator, dinamik xotira, flesh-xotira, sath, konveyer, superskalyar.
1.Kirish
Hozirda kompyuter injiniringi va dasturiy injiniring hamda ularga yondosh sohalar mutaxassislari - kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini qanday tashkil qilinganligini tushunishlari, ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Fan o’qitilishidan maqsad. Kompyuterda ma’lumotlami ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlami bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda - kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |