1-mavzuga doir case topshiriqlari


Download 0.54 Mb.
Sana20.11.2020
Hajmi0.54 Mb.
#148310
Bog'liq
Qultoyev Feruz TAT 1-mavzu


1-mavzuga doir case topshiriqlari:

  1. Axborot so’ziga ta’rif bering?

1. Taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar.

2. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar.



3. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar).

  1. TAT fani nimani o’rgatadi?

"Ta’limda axborot texnologiyalari" fanining predmeti bir-biri bilan o’zviy bog’liq uchta tushuncha: algoritmlash, dasturlash va kompyuterdan tashqil topgan bo’lib, talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini ustirish, kompyuter savodxonligini oshirish va kompyuterni o’qish jarayonida, ilmiy texnik hisoblash ishlarida, ilmiy izlanishlarda qo’llash bilimlarini berishni nazarda tutadi.

  1. Fanning maqsad va vazifalarini keltiring?

Kompyuterning paydo bo’lishi jamiyat rivojlanishida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldiki, insonga axborotni yig’ish, saqlash va ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan akliy mexnatni avtomatlashtirish imkonini berdi. Bu xildagi jarayonlarni avtomatlashtirish iqtisodiy-tashqiliy tizimlarga, texnologik jarayonlarni boshqarishga, loyixalar tuzish, ilmiy izlanishlar, o’qish-o’rganish va boshqa sohalarga kirib bordi.Shunday qilib ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy yunalishi paydo bo’ldi.

  1. Fanning asosiy tushunchalari haqida ma’lumot bering?

Axborot texnologiyasi deganda, hajmi oshib borayotgan axbor oqimini yig’ish, saqlab turish, ishlov berish va o’zatishni kompyuterlar yordamida amalga oshiradigan usullar majmuasi tushuniladi.Ushbu usullarni turli ko’rinishda ishlatilishi insonga zarur axborotlarni olish uchun kompyuter bilan mulokatda bo’lishni takozo etadi.

Kompyuter deganda, axborotlar va hisoblashlarni algoritm asosida ishlov berishni tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradigan qurilma tushuniladi.

  1. Mexanik mashinalargacha bo`lgan davrni keltiring?

Hozirgi paytda informatika - jamiyatimiznig barcha sohalariga chuqur kirib borayotgan hamda katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan fanga aylandi. Birorta fan sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, informatika sohasidagi kashfiyot va yangiliklarchalik ishlab - chiqarishga tez tadbiq qilinmagan.

Buni quyidagi misoldan ham ko‘rish mumkin:

Kashfiyotning nomi

Amaliyotga tadbiq qilinguncha o‘tgan davr

qog‘oz

1000 yil

Bug‘ mashinasi

80 yil

Telefon

50 yil

Samolyot

20 yil

Tranzistor

3 yil

Elektron mikrosxemalar

6 oy

  1. Elektromexanik mashinalar davrini ta‘riflang?

Albatta bu yutuqlar o‘z - o‘zidan qo‘lga kiritilmadi. Ularning zaminida olimlarning hamda muhandis-texnik xodimlarning asrlar davomida olib borgan izlanishlari, kashfiyot va ixtirolari yotibdi. Bunday kashfiyot va ixtirolarning eng asosiylari quyidagi jadvalda keltirilgan.



Kashfiyot yoki ixtiro nomi

Yili



Kashfiyot yoki ixtiro nomi

Yili

1

Telegraf

1832

16

Kosmik yo‘ldosh orqali aloqa

1962

2

Fotografiya

1839

17

Lazer

1962

3

Mikrofilm

1850

18

Qiymatlar bazasi va ularni

boshqarish vositalari



1962

4

Telefon

1876

5

Kommutator

1878

19

Geostatsionar kosmik yo‘ldosh

orqali aloqa



1963

6

Radio

1898

7

Televideniye

1900

20

III-avlod Kompyuterlari

1967

8

Kabel

1930

21

Mikroprotsessorlar

1971

9

Elektron - nur trubka

1930

22

IV-avlod kompyuterlari

1971

10

Kserokopiya

1938

23

Informatsion aloqa to‘rlari,

1971

11

Kompyuter

1943

24

Kompyuterlararo aloqa to‘rlari

1971

12

Tranzistor

1949

13

I-avlod

1951

25

Optik-tolali kabel orqali Informatsiyani uzatish tizimi

1979

14

Raqamli aloqa

1956

15

II-avlod

1959

26

V-avlod kompyuterlari

1982




  1. EHM avlodari haqida ma‘lumot bering?

Informatika fanini yuzaga kelishi va rivojlanishida elektron hisoblash mashinalari (EHM), dasturlash asoslari fani va boshqa texnik vositalarning o`rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita EHMlar yordamida qayta ishlangan va bu fan o`zining yangi uslub va usullariga egadir. Demak, informatika bu inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug`ullanuvchi fandir. XXI asrning boshlariga kelib, ―axborot texnologiyalari fani vujudga keldi. Bunga sabab, axborotni qayta ishlash, boshqarish usullari, texnik va dasturiy ta`minotlarining rivojlanishi, Internet tizimining paydo bo`lishi, hujjatlar va tarixiy ma`lumotlar, jamiyat uchun ehtiyoj sezilgan barcha axborotlarning elektron ko`rinishiga o`tishi va undan keng omma foydalanish imkoniyatlarining kirib kelganligidir.

Informatika atamasi 60 yillar oxirida Fransiyada vujudga keldi. U axborot (information) va avtomatika (automatique) so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, «ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda kompyuter fani Computer science deb ataladi.

Mustaqil fan sifatida informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi - kibernetika fani bazasida vujudga keldi.


  1. Kompyuter haqida ma’lumot bering?

Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi hamda ishlab chiqarish va hayotni turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan sohasini informatika fani predmetini bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturviy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o’qitishda har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va ko’nikmalar majmuasini belgilash imkonini beradi va taqozo qiladi. Bu yo’sindagi majburiylik; kompyuter unga ulanadigan qurilmalar majmuasi hamda mavjud amaliy dastur katta bo’lgani uchun bir kishi tomonidan to’laqonli o’zlashtirilishi nihoyatda mos bilimlar juda mushkul masala ekanligidan kelib chiqadi. Shu bois biz informatika fani dastursini mutaxassisliklarga ko’ra uch turga ajratishni taklif etamiz: fizika-matematika, mexaniqa va muhandislik kasblari, tabiiy fanlar, jumladan tibbiyot va iqtisodiyot fanlari hamda gumanitar fanlar uchun alohida.
  1. Mexanik hisoblash qurilmalariga misollar keltiring?


Bugungi kunda hayotimizni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Ular bizga yozish, o‘qish, musiqa tinglash, film tomosha qilishimizga, ob-havo ma’lumotlari, internetdan foydalanish va hatto tibbiy tashhislar qo‘yishga yordam beradi. Kompyuterlar turlari shunchalik ko‘pki, yaqinda hatto muzlatgich yoki gaz plitasi ham to‘laqonli kompyuter bo‘lib qoladi. «Kompyuter» so‘zining o‘zi insoniyat tomonidan mana 115 yildan ortiq vaqt davomida foydalanilib kelishini ko‘pchilik bilmaydi.

Kompyuter (ingl. computer, «hisoblagich») — berilgan, aniq belgilangan ketma-ketlikda operatsiyalarni bajarishga qodir qurilma yoki tizimdir. Bu ko‘pincha raqamli hisoblashlar va ma’lumotlarni ishlab chiqish operatsiyalaridan iborat, biroq bunga kiritish-olish operatsiyalari ham kiradi. Operatsiyalar ketma-ketligi ta’rifi dastur deb ataladi.

Elektron hisoblash mashinasi, EHM — hisoblash va axborot masalalarini yechish jarayonida axborotni avtomatik ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi.


  1. Elektron hisoblash mashinalar(EHM)ning rivojlanish bosqichlarini keltiring?

Elektr quvvati bilan ishlaydigan va elektron asboblar: diod, triod lampalari va relelar yordamida ishlaydigan hisoblash mashinalari hisoblash ishlarini avtomatlashtirishda tub o'zgarishlar yasadilar. Avvalgi mexanik qurilmalardan farqli ravishda bu mashinalarning deyarli barchasi ikkilik sanoq sistemasida ishlar edi.

Bunday mashinalarning nazariy asoslarini XX asrning 40-yillarida taniqli amerikalik matematik Jon fon Neyman ishlab chiqqan edi. Oradan 70 yil vaqt o'tgan bo'lsa-da va zamonaviy kompyuterlar birinchi elektron hisoblash mashinalaridan butkul farq qilsa ham, lekin ular ham fon Neyman tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar asosida ishlaydilar.

Bu tamoyillar quyidagilardir.

Dastlabki elektron hisoblash mashinasi (kompyuter)ni yasashga urinish 1937–1942 yillarda AQShning Ayova shtati universitetida professor Jon Atanasov va aspirant Klifford Beri tomonidan amalga oshirildi. Unda birinchi marta registrlar elektron lampalarda, tezkor xotira esa kondensatorlarda qurilgan edi. Bu loyiha haqidagi ma'lumot institutdan tashqariga chiqmagan va unda ba'zi mexanik qurilmalar bo'lishiga qaramay, aynan shu ABC nomli kompyuter birinchi kompyuter hisoblanadi.


1941-yil — Konrad So`ze zamonaviy kompyuter barcha xususiyatlariga ega birinchi Z3 hisoblash mashinasini yaratadi.

1942-yil — Ayova shtati Universitetida Jon Atanasov va uning aspiranti Klifford Berri (ingl. Clifford Berry) AQSH’da birinchi AVS elektron raqamli kompyuterini yaratadilar (aniqrog‘i — ishlab chiqadilar va yig‘a boshladilar). Ushbu mashina oxirigacha yetkazilmagan bo‘lsa ham (Atanasov harakatdagi harbiy xizmatga ketdi), tarixchilar yozishlaricha u ikki yil keyin ENIAK EHM’ni yaratgan Jon Moqliga katta ta’sir ko‘rsatdi.


1943-yil boshi — Amerika XDF murakkab ballistik hisoblashlarini bajarishga mo‘ljallangan Mark I dastlabki amerika hisoblash mashinasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

1943-yil oxiri — Colossus maxsus mo‘ljallangan britaniya hisoblash mashinasi ishlay boshladi. Mashina maxfiy kodlarni tahlil qilish ustida ishladi.

1944-yil — Konrad So`ze yanada tezroq ishlovchi Z4 kompyuterni hamda birinchi yuqori darajadagi Plankalkyul dasturlash tilini yaratadi.

1946-yil — birinchi ENIAK universal elektron hisoblash mashinasi yaratildi.

  1. Kompyuter qanday sinflarga bo’linadi va ular nima bilan farqlanadi?

Shuni qayd qilish lozimki, super kompyuterlarning ma’lum yo’nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud.

Katta kompyuterlar (Manframe Computer)- fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo’ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog’ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/ 9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor - dasturviy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan(maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo’la oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o’zlarining «katta og’alari» Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko’tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli.

  1. Shaxsiy kompyuterlar(ShK) arxitekturasi (tuzilishi)ni keltiring?

Birinchi mikrosxemalar yaratilganidan bir necha yil o'tib, 1969 yilda Intel firmasi tomonidan ikki kilobit hajmga ega tezkor xotira mikrosxemasi yaratildi. Unda birinchi marta 10000 dan ortiq tranzistor bitta kristallga joylangan edi. Tezkor xotira qurilmasi bir turdagi xotira uyachalarining to'plami bo'lgani sababli ularni bitta mikrosxemaga joylash anchagina oson kechdi.

Lekin kompyuterning boshqa qurilmalarini mikrosxema ko'rinishida ishlab chiqish bu qadar oson emas edi, bu qurilmalarda tranzistorlar xotira qurilmasidagi kabi regulyar (takrorlanuvchi) tarzda joylashgan emas. Bu mikrosxemalarning topologiyasini ishlab chiqish, ya'ni unda joylashtiriladigan minglab tranzistorlarning o'zaro joylashishi va bir-biri bilan bog'lanishini bexato amalga oshirish eng qiyin va tijorat tomonidan eng qimmat qadam edi.



  1. Prosessor turlari va ularning vazifalarini keltiring?

Prosessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi.

1. Korpus va elektr ta'minoti bloki;

2. Asosiy plata;

3. Mikroprosessor va uni sovutuvchi kuler;

4. Tezkor xotira;

5. Vinchester turidagi tashqi xotira.



Ulardan tashqari, prosessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o'qiydigan va ularga ma'lumot yozadigan qurilmalar, videoprosessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun'iy yo'ldosh televideniesini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o'xshash jihozlar joylanishi mumkin.

  1. Klaviatura va uning klavishlari tavsifini keltiring?

Klaviatura kompyuterga harf va raqam ko'rinishidagi ma'lumotlar va buyruqlarni kiritish uchun ishlatiladigan tashqi qurilmadir. U yozuv mashinasining klaviaturasiga o'xshab ketadi, lekin unga nisbatan kengroq imkoniyatlarga ega. Uning tugmalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

1. Harf va raqamlarni kiritish tugmalari.

2. Boshqarish tugmalari

3. Funksional tugmalar.

4. Xizmatchi tugmalar.

5. Qo'shimcha raqamli tugmalar.



6. Multimedia bilan ishlash uchun qo'shimcha tugmalar.

  1. Sichqonchaning turlari va qismlari tavsifini keltiring?

Hozirgi paytda sichqonchaning lazerli deb ataluvchi turi ishlab chiqariladi. Bunday sichqonchaning harakati lazer nuri yordamida aniqlanadi. Avvallari sichqoncha sharikli mexanik qurilmaga ega bo'lib, uning yordamida harakat yo'nalishi aniqlanar edi.

Sichqonchalar ham klaviaturalar kabi kompyuterga OS/2, USB portlari orqali yoki infraqizil nurlar yordamida simsiz ulanishi mumkin.



  1. Monitor va uning turlarini izohlang?

Kompyuter qanchalik kuchli bo'lmasin, u ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko'rinishda tasvirlab bera olmasa, undan hech qanday foyda yo'q. Foydalanuvchi kompyuterdagi ma'lumotlarni asosan, monitor orqali oladi. Monitor ma'lumotlarni chiqarish qurilmasi hisoblanadi.

Hozirgi paytda sensorli (sezgir) ekranli monitorlar ham ishlab chiqarilsada, ular shaxsiy kompyuterlarda hozircha keng tarqalmagan. Bunday sensorli ekranlardan telefonlarda, bookreader (elektron kitoblarni o'qish uchun mo'ljallangan qurilmalar), sotuv avtomatlarida va ba'zi noutbuklarda foydalaniladi. Sensorli ekranlarda sichqoncha vazifasini foydalanuvchi barmoqlari bajaradi. Ularda biron ob'ektni sichqoncha yordamida chertish o'rniga ekrandagi shu ob'ektni barmoq bilan chertish etarli.

Monitorlar birinchi navbatda ularda ekran sifatida nima ishlatilishi bilan farqlanadi.

Dastlab monitorlar elektron nurli trubkalardan foydalanganlar. Ular CRT (Color Ray Tube –rangli nur trubkalari) deb nomlanadi. Ularda ekrandagi tasvir elektron nur yordamida yaratiladi. Rangli tasvir yaratish uchun bunday trubkalarda bir vaqtda uchta nurdan foydalaniladi. Bu nurlar asosiy ranglar deb ataluvchi: Red (qizil), Green (yashil) va Blue (ko'k) ranglarga mos keladi. Uchta asosiy ranglarni qo'shib, tabiatda uchraydigan deyarli barcha ranglarni yaratish mumkin. Shu sababli, monitorlarda rang hosil qilish va rangli tasvirlarni saqlashning ba'zi sistemalari RGB qo'shiluvchi ranglar sistemasi deb ataladi. CRT monitorlari hozircha keng tarqalgan bo'lsa-da, bugungi kunda deyarli ishlab chiqarilmaydi.



  1. Tashqi qurilmalarga misollar keltiring?


Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar.

Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo’ladi: matritsali, siyohli va lazerli.

Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo’lib, albatta ignalar soni ko’pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.



Siyohli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo’li bilan ishlagani uchun ular siyohli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo’lib, ularning kamchiligi - siyohining tez tamom bo’lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.

Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo’ladi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling