MBBT iga qo’yiladigan talablar
a) foydalanuvchilarni maʼlumotlarni aniqlash va amallar bajarish tili vositalari bilan taʼminlaydi. Bunday vositalarga maʼlumotlarni aniqlash tili (MАT) va maʼlumotlar bilan amallar bajarish tili (MАBT) kiradi. Maʼlumotlar tili atamasi aytib oʼtilganlarining har ikkalasini yoki ulardan birini anglatadi. Maʼlumotlar soʼzi maʼlumotlar tilini C++, Paskal va h.k. kabi tillar turidan farqlaydi. Lekin maʼlumotlar tili universal tilga, masalan C++, Paskalga kiritilishi mumkin. Bunday holda dasturlashning universal tili va maʼlumotlar tili tegishli ravishda (kirituvchi) til va maʼlumotlarning til osti deb ataladi.
MBBT iga qo’yiladigan talablar
Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi. Bu quyidagilarga imkon beruvchi dasturiy vositalarning toʼplamidir
b) foydalanuvchi maʼlumotlarining modelini qoʼllab-quvvatlashni taʼminlaydi. Maʼlumotlar modeli - baʼzi ilovaga tegishli fizik maʼlumotlarning mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir.
c) aniqlash, yaratish va mantiqiy maʼlumotlar bilan amallar bajarish (yaʼni tanlash, yangilash, kiritish va yoʼq qilish)ga imkon beruvchi MАT va MАBT funktsiyalarini amalga oshiruvchi dasturlarni taʼminlaydi.
MBBT iga qo’yiladigan talablar
d) maʼlumotlaring himoyasi va yaxlitligini taʼminlaydi. Tizimdan foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) boʼlgan foydalanuvchigagina ruxsat etiladi. Foydalanuvchilar maʼlumotlar ustida operatsiya bajarayotganlarida saqlanayotgan maʼlumotlarning muvofiqligi (yaxlitligi) taʼminlanadi. Gap shundaki, MBBT koʼplab foydalanuvchilar ishi jamoa rejimiga asosan tuziladi.
MBBT iga qo’yiladigan talablar
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) ma'lumotlar bazasiga asoslangan ATning muhim tarkibiy qismidir. Axborot tizimining ma'lumotlar bazasini yaratish va saqlash uchun MBBT kerak. MBBT ning dasturiy qismlariga yadro va xizmat ko'rsatish vositalari (yordamchi dasturlar) kiradi.
MBBT iga qo’yiladigan talablar
MBBT yadrosi - bu ma'lumotlar bazasini yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur va yetarli dasturiy ta'minot modullari to'plami, ya'ni foydalanuvchilarga axborot xizmatlari bo‘yicha standart vazifalarni hal qiladigan universal qism. Xizmat dasturlari foydalanuvchilarga tavsiflangan predmet soha va ma'lum bir foydalanuvchining ehtiyojlariga qarab bir qator qo'shimcha imkoniyatlar va xizmatlarni taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |