1. Mehmonxonalarni tozaligini saqlash. Xonalarni yig‘ishtirish, tozalash, dezinfeksiya, dezodoratsiya jarayonlari


Jahonda Fransiya milliy tasniflash tizimi ayniqsa keng tarqalgan


Download 87 Kb.
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi87 Kb.
#1324410
1   2   3   4   5
Bog'liq
1482252979 66572

Jahonda Fransiya milliy tasniflash tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim turistik mehmonxonalarni 6 toifaga ajratadi. Shulardan besh toifa mehmonxonalarga ma’lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi (1 yulduzli, 2 yulduzli, 3 yulduzli, 4 yulduzli yoki 5 yulduzli mehmonxonalar). Bir toifa – yulduzsiz. Bunday tizim mehmonxona xizmatlari bozorini ancha to‘liq qamrab olish imkonini beradi.
Minimal talab-mezonlarga javob bermaydigan mehmonxona toifa olishga da’vogar bo‘la olmaydi. Bunday talab-mezonlar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:
A – xonalar miqdori;
V – umumiy binolar va xonalar;
S – mehmonxonaning jihozlanishi;
D – yashash joyining shinamligi;
E – xizmat ko‘rsatish;
F – nogironlar hamda harakatlanishi cheklangan shaxslarga yaratilgan qulayliklar.
Germaniya tasniflash tizimiga ko‘ra, mehmonxona korxonalari besh toifaga ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan uyg‘unlashtirish maqsadida bu yerda har bir toifa ma’lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi:

  • turistik toifa – 1 yulduz;

  • standart toifa – 2 yulduz;

  • komfortli toifa – 3 yulduz;

  • birinchi toifa – 4 yulduz;

  • lyuks – 5 yulduz.

Boshqa tasniflash tizimlari ham o‘zining «yulduzlar» tizimiga muvofiqligini belgilashga harakat qiladi. Masalan, Gresiyada A toifa mehmonxonalar to‘rt yulduzli darajaga, V toifa mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, S toifa mehmonxonalar ikki yulduzli darajaga, D toifa mehmonxonalar bir yulduzli darajaga mos keladi. Italiyada birinchi toifa mehmonxonalar shartli ravishda to‘rt yulduzli darajaga, ikkinchi toifa mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, uchinchi toifa mehmonxonalar ikki yulduzli darajaga mos keladi.
Germaniya tasniflash tizimi 22 ta majburiy hamda korxonalar toifasiga bog‘liq bo‘lmagan mezonlar bo‘yicha talablarni belgilaydi:

  • qabul qilish xizmatining ishi;

  • nonushtalar servisi;

  • ichimliklar servisi;

  • ovqatlanish servisi;

  • nomerda telefonning mavjudligi;

  • nomerlarning 75% minimal maydonga egaligi (vanna va hojatxona maydonini ham qo‘shganda);

  • sanitariya qulayligi (vanna va hojatxonalarning umumiy jihozlanishiga nisbatan foiz hisobida);

  • vanna va hojatxonalarning jihozlanishi;

  • «suite»-nomerlar (apartamentli nomerlar)ning mavjudligi;

  • nomerlarning mebel va boshqa anjomlar bilan jihozlanishi;

  • nomerda radio va televizorlarning mavjudligi;

  • mehmonlar uchun sovg‘alarning mavjudligi;

  • kir yuvish va dazmollash xizmatining mavjudligi;

  • seyflarning mavjudligi;

  • xollar miqdori va holati;

  • naqd pulsiz hisob-kitoblar qilish imkoniyatining mavjudligi;

  • telefaksning mavjudligi;

  • mehmonxona barlari miqdori va ularning ish rejimi;

  • restoranlar miqdori va ularning ish rejimi;

  • konferensiya va banketlar o‘tkazish imkoniyati;

  • qo‘shimcha (fakultativ) xizmatlar miqdori.

So‘nggi holat bhyicha qo‘shimcha xizmatlarning quyidagi miqdori belgilangan:

  • «lyuks» mehmonxonalar uchun - 270;

  • birinchi toifa mehmonxonalar uchun – 120;

  • komfortli toifa mehmonxonalar uchun – 70;

  • standart toifa mehmonxonalar uchun – 25;

  • turistik toifa mehmonxonalar uchun – 0.

Germaniya tasniflash tizimining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, unda pansionlar, karvonsaroylar, «garni» otellar singari mehmonxona korxonalari uchun ham toifalar nazarda tutilgan. Bunday turdagi mehmonxona korxonalariga tegishli toifalarni belgilashda «restoran», «ovqatlanish servisi» kabi majburiy talablar nazarda tutilmaydi, qo‘shimcha talablarning zarur miqdori esa ancha kam:

  • birinchi toifa uchun – 90;

  • komfortli toifa uchun – 50;

  • standart toifa uchun – 15.

Bundan tashqari, mazkur korxonalarga ko‘pi bilan birinchi toifa (4 yulduz) berilishi mumkin.
AQShda hukumat tomonidan rasman tasdiqlangan mehmonxonalarni tasniflash tizimi mavjud emas. Shinamlik darajasiga qarab mehmonxonalar odatda 5 toifaga ajratiladi. Oliy toifa (5 yulduz) ikki muassasa: «American Automobile Assosiation» (AAA) va «Mobile Travel Guide» tomonidan beriladi.
Mehmonxona tarmoqlari mehmonxonalarni tasniflashga nisbatan o‘z yondashuviga ega. Odatda ularda toifalar emas, balki markalar ajratiladi. Bunday markalar muayyan tarmoqdagi barcha mehmonxonalarda amal qiladi. Har bir markada nafaqat shinamlik darajasi, balki mehmonxonaning vazifasi, jyolashgan yeri va boshqa ayrim mezonlar ham hisobga olinishi mumkin.
Masalan, Yevropadagi yirik «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i (Fransiya) har xil xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning bir nechta markasini taklif etadi:

  • Sofitel;

  • Nnovotel;

  • Mercury – u shinamlik va narx-navo darajasiga ko‘ra yana 3 guruhga bo‘linadi:

  • RelaisInn – standart nomerlar, sifatli xizmatlar taklif etadi;

  • HotellMercury – nisbatan yuqori saviyada xizmat ko‘rsatiladi, shinamlik darajasi ham yuqori;

  • GrandHotell – mehmonxona juda qulay yerda joylashgan, shinamlik darajasi juda yuqori bo‘ladi, kun bhyi xizmat ko‘rsatiladi;

  • Ibis;

  • Etap;

  • Formule 1.

Bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i, turizm bozorining ma’lum segmentlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida, qaysi markaga egaligidan qat’i nazar, bir qancha mehmonxona korxonalarini birlashtiradi. Masalan, «Novotel» va «Mercury» markasiga ega bo‘lgan ayrim mehmonxonalar kongressmenlar, ko‘rgazmalar va boshqa shunga o‘xshash anjumanlar va tadbirlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan «Atria» guruhiga kiradi. Mehmonxonalarning boshqa bir guruhi o‘z nomida «Goralia» belgisiga ega bo‘ladi – bu «kurort mehmonxonasi» degan ma’noni anglatadi.
AQShdagi «Holiday Inn» yirik mehmonxonalar tarmog‘i markalarni belgilashda mehmonxona korxonasi qayerda joylashganini, mijozlar bu yerda qancha vaqt bo‘lishini va ayrim boshqa mezonlarni hisobga oladi va quyidagi markalarni nazarda tutadi:

  • Garden Cort – iqtisodiy toifadagi mehmonxonalar;

  • Holiday Inn express – kvartira tipidagi mehmonxonalar (apart-otellar);

  • Holiday Inn sun sprii resorts – katta daromadli shaxslar uchun mo‘ljallangan kurort mehmonxonalari;

  • Holiday Inn select – ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar;

  • Holiday Inn hotels end – nomerlar fondining 10% ni uzoq vaqt yashaydigan ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan apartamentlar tashkil etuvchi mehmonxonalar.

Ayrim hollarda mehmonxonalar markalarining nomlari foydalanuvchiga tegishli axborot bermaydi. Shu bois turoperatorlar har bir markani Yevropa tizimidagi yulduzlar miqdoriga mos ravishda belgilay boshladilar. «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i bilan bog‘liq holda: Sofitel – 5 yulduz; Novotel – 4 yulduz; Mercury – 3 yulduz; Ibis – 2 yulduz; Formule 1 – yulduzsiz.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling