Mehmonxonalarda sanitariya-gigiyenik holatni saqlash jarayonlari va qurilmalari
Reja:
1.Mehmonxonalarni tozaligini saqlash.
2.Xonalarni yig‘ishtirish, tozalash, dezinfeksiya, dezodoratsiya jarayonlari.
3.Mehmonxona xonalarini: yotish, mehmon kutish, oshxona, kabinet, daxliz, san
4.Tozalashda qo‘llaniladigan yuvish vositalarining atrof-muhitga va inson sog‘ligiga ta’siri.
Choyshablarni yuzadan ajratish usullari: mexanik, kimyoviy, elektro-fizikaviy va h.k. uzellarni yig‘ishtirish, tozalash jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
5.Tozalash usullaridan: choyshab, dasturxonlar va h.k. tozalashda samarali foydalanish.
6. Mehmonxonada ishlatilgan choyshablarni yuvishda va dezinfeksiya qilish jarayonlari
7.Choyshablarni yuvish tozalashda va siqish, quritish, dazmollash jarayon va qurilmalari
Mehmonxona xizmatlarining sifatini boshqarish masalalarini hal qilishda mehmonxona korxonalarini shinamlik darajasiga qarab tasniflash katta rol hynaydi. Shinamlik darajasi - kompleks mezon. U quyidagilardan tarkib topadi:
nomerlar fondining holati: nomerlar maydoni (m2), bir o‘rinli (bir xonali), ko‘p xonali nomerlar, apartament nomerlarning ulushi, kommunal qulayliklarning mavjudligi va h.k.;
mebel, inventar, sanitariya-gigiyena ashyolari va sh.k.ning holati;
ovqatlanish korxonalari: restoranlar, qahvaxonalar, barlar va h.k.ning mavjudligi va holati;
binoning, unga keladigan yo‘llarning holati, mehmonxonaga yondosh hududning obodonlashtirilganligi;
axborot bilan ta’minlash va texnik jihozlash, shu jumladan telefon, yo‘ldosh aloqasi, televizorlar, muzlatgichlar, mini-barlar, mini-seyflar va h.k.ning mavjudligi;
ayrim qo‘shimcha bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi.
Sanab o‘tilgan mezonlar hozirgi kunda dunyoda mavjud bo‘lgan barcha mehmonxonalarni tasniflash tizimlarida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, xodimlarga va ularning tayyorgarligi: ma’lumoti, malakasi, yoshi, sog‘lig‘i, chet tillarni bilishi, tashqi ko‘rinishiga ham bir qancha talablar qo‘yiladi.
Hozirda jahonda ma’lum 30 dan ortiq tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |