Xodimlarning ishga qabul qilish koeffitsienti – hisobot davrida yangi qabul qilingan xodimlar sonini korxona xodimlarning o„rtacha soniga bo„lib topiladi.
Ishga qabul qilinganlar koeffitsienti =
Ishga qabul qilingan xodimlar
= ------------------------------------------
Xodimlar o„rtacha soni
Xodimlarning ishdan ketish koeffitsienti – hisobot davrida ishdan bo„shatilgan-ketganlar sonini korxona xodimlari o„rtacha soniga bo„lib topiladi.
Ishdan bo„shatilganlar koeffitsient= Ishdan ketgan xodimlar soni
= -------------------------------------------
Xodimlar o„rtacha soni
Korxona xodimlarining umumiy aylanma (oborot) koeffitsienti – ishga qabul qilinganlar va ishdan ketganlar sonini qo„shib (IK) korxona xodimlarining o„rtacha soniga bo„lib topiladi.
Xodimlarning umumiy oboroti=
Ishga qabul qilingan va ishdan bo„shatilganlar
= ----------------------------------------------------------------- Xodimlar o„rtacha soni
Xodimlar turg„unlik koeffitsienti=
Korxonalarda doimiy ishlaganlar soni
= ------------------------------------------------------------- Xodimlar o„rtacha soni
Korxonada ishga qabul qilingan va ishdan ketgan xodimlar sabablari bo„yicha ham o„rganiladi. Ishga qabul qilinganlar oliy va o„rta maxsus o„quv yurtlarini bitirib kelganlar, mehnat birjasi yo„llanmasi bilan qabul qilinganlar va hakazo. Ishdan ketganlar esa: nafaqaga chiqish, boshqa joyga ko„chib ketgan, armiya xizmatiga, o„qishga ketganligi, ichki intizomni buzganligi va shu kabilar.
Xodimlarning almashib turishi ijobiy hodisa emas. Shuning uchun ham xodimlarning ishga qabul qilish va ishdan ketish koeffitsienti ko„rsatkichlarini – sabablari bilan o„rganish zarur. Bu ko„rsatkichlar koeffitsientlari qanchalik «O»ga yaqin bo„lsa, shunchalik yaxshi deyish lozim.
Xodimlarning turg„unlik koeffitsienti «1»ga yaqin bo„lsa ijobiy, chunki korxonada xodimlar doimiy ravishda turg„un ishlasalar tajribasi ortadi, ishlab chiqarishning tashkil etilishni o„rganadi va hokazo, natijada xodimlarning mehnat unumdorligi yuqori bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |