Axborot xossalari
Axborot quyidagi xossalarga ega:
ishonchlilik;
to’liqlilik;
qimmatlilik;
dolzarblilik;
tushunarlilik;
qulaylilik;
qisqa va lo’ndalilik;
va boshqalar.
Axborot ishonchli deyiladi, agar u ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni yoki voqelikni real akslantirsa. Ko’pincha axborot ishonligi axborotning muvofiqligi bilan xarakterlanadi. Axborotning muvofiqligi - ob’ekt, hodisa yoki jarayon haqidagi olingan ma’lumotning ma’lum ma’noda real haqiqatga mosligidir. Ishonchli bo’lmagan axborot uning noto’g'ri talqin qilinishiga yoki noto’g'ri qarorlar qabul qilinishiga olib keladi.
Ishonchli axborot vaqt o’tishi bilan ishonchli bo’lmagan axborotga aylanishi mumkin, ya’ni vaqt o’tishi bilan u eskirib, voqelikni to’g'ri, ro’yi-rost akslantirmasligi ham mumkin.
Axborot to’liq deyiladi, agar u tushunish yoki uning asosida to’g'ri qaror qabul qilish uchun yetarli darajada bo’lsa. To’liq bo’lmagan va haddan ziyod ortiqcha axborot qaror qabul qilish jarayonini sekinlashtirishi yoki xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |