Ma’lumotlarni o’lchov birliklari.Axborotni o’lchash
Said Ahmadning «Kelinlar qo’zg'oloni» asaridagi axborot miqdori qancha yoki pasportingizdagi fotosuratda qancha axborot miqdori mavjud degan savolga qanday javob olish mumkin? Bunday savollarga javoblar olish uchun axborotni o’lchashda ishlatiladigan birliklar bilan tanishib chiqamiz.
Axborotning eng kichik o’lchov birligi sifatida bir bit qabul qilingan ( bit — inglizcha binary, digit — ma’nosi ikkilik raqam).
Axborot nazariyasida bit - ikki teng ehtimolli holatdan birini farqlash imkonini beruvchi axborot miqdoridir..
Hisoblash texnikasida bit «0» yoki «1» belgilaridan birini qabul qiluvchi va saqlovchi xotiraning eng kichik bo’lagidir.
Amaliyotda ko’pincha axborotning kattaroq o’lchov birligi — bayt ishlatiladi. 1 bayt 8 bitga teng. Kompyuter klaviaturasidagi barcha 256 belgini kodlashtirish uchun 8 bit zarur (256=2i 1 2 3 4 5).
Axborot texnologiyasi - bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Har qanday maxsulotning o’lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar.
Xuddi shunga o’xshash axborotning ham o’lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit xisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”.
Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan.
Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o’lchamlar mavjud:
1 Kb =1024 bayt,
1 Mb=1024 Kbayt,
1 Gb =1024 Mbayt,
1 Tb =1024 Gbayt.
Quyidagi axborot o’lchov birliklari ham keng qo’llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |