1. Mehnat motivatsiyasi omillarining moddiy va ma’naviy tuzilishi Ehtiyojlar va qiziqish
Download 67.5 Kb.
|
Mexnat faoliyati motivlari
Ehtiyojlar va qiziqishlar
Mehnat motivatsiyasi jarayoning eng muhim elementlari qadriyatlar va xulq-atvor normalaridir. Qadriyatlar – bu, sub’ekt, jamiyat, sinf, ijtimoiy guruhning hayot va ishning asosiy va muhim maqsadlari to‘g‘risidagi, shuningdek, ana shu maqsadlarga erishishning asosiy vositalari haqidagi tasavvurlaridir. Qadriyatlarga jamiyat, jamoa, shaxs ko‘z o‘ngida ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha predmetlar va hodisalar kiritiladi. Qadriyatlar olami jamiyatning ehtiyojlari va qiziqishlari xilma-xil va bitmas-tuganmasdir. Qadriyatlar moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy bo‘ladi va hokazo. Ular ehtiyojlar va qiziqishlar asosida tarkib topadi. Lekin ehtiyojlar va qiziqishlar asosida shakllanadigan qadriyatlar ulardan nusxa ko‘chirmaydi. Qadriyatlar ehtiyojlar, qiziqishlar mazmuniga mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Ehtiyojlar, qiziqishlar va qadriyatning ehtimol tutilgan mos kelishi, birligi yoki qarama-qarshiligi shu narsa bilan bog‘liqki, ong nisbatan mustaqilikka egadir. Ongning o‘ziga xos faolligi, uning mustaqiligi shunga olib keladiki, qadriyatlar – bu, ehtiyojlar va qiziqishlarning nusxasi emas, balki hamisha ham ularga mos kelavermaydigan ideal tasavvurlardir. Mehnat sharoitlari va mazmuni bilan kasbi, malakasi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farq qiladigan xodimlarning turli ijtimoiy guruhlari uchun ayni bir xil ob’ektlar va hodisalar turlicha ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, birovlar uchun mehnat sohasidagi xulq-atvorning bosh yo‘nalishi moddiy farovonlik bo‘lsa, boshqalar uchun mehnat mazmuni, uning ijodiy boyligi muhimroqdir, yana boshqalar uchun esa muloqotda bo‘lish imkoniyati muhimdir va hokazo. Qadriyatlar orasida qadriyatli maqsadlar (doimiy) va qadriyatli vositalar (jihoz vositalari) bo‘lishi mumkin. Doimiy qadriyatlar inson mavjudligining strategik maqsadlarini: sog‘lig‘i, qiziqarli ishi, muxabbati, moddiy farovondligi va jixozlarni aks ettiradi. Jihoz vositalari maqsadga erishish vositalaridan iboratdir. Bular turli shaxsiy sifatlardan iborat bo‘lib, maqsadga, shaxsning e’tiqodlariga erishishga yordam beradi. Jamiyatdagi qadriyatlar mazmuni shaxsning madaniyatiga, ma’naviy va axloqiy hayotining, ijtimoiy ongining rivojiga bog‘liq. Qadriyatlarning o‘ziga xos shakli ijtimoiy ideallar, ya’ni jamiyatda ijtimoiy munosabatlar, xodim qanday bo‘lishi lozimligi haqidagi tasavvurlardir. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling