1. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni Mehnat shartnomalarining tarkibiy tuzilishi


Download 104 Kb.
bet4/8
Sana20.09.2023
Hajmi104 Kb.
#1681965
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli

Mutaxassislik insonda ma’lum bir turdagi ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar majmuasining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Masalan, iqtisodchi, buxgalter, moliyachi yoki texnik tilda - mexanik, quruvchi, energetik, geolog va boshqalar. Ishchilarning bilim va qobiliyatlariga bo’lgan talab yagona tarif-malakaviy ma’lumotnomasida (YaTMM), (MTP) va xizmatchilarga esa lavozimlar malakasi ma’lumotnomada aks ettirilgan. Bu hujjatlar asosida korxonalar ishchi va xizmatchilar tariflariga o’zgartirishlar kiritadilar.

Kasb faoliyatning maxsus va tor ko’rinishdagi turi bo’lib, mutaxassislik kabi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talab qilsada, mutaxssislikdan farqli ravishda ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qo’shimcha ko’nikmalarni ham talab qiladi.




Malaka deganda biron-bir kasb yoki mutaxassilik bo’yicha murakkab ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan mehnat ko’nikmalari va bilimlar darajasi tushuniladi. Ishchilar malakasi darajasini baholashda o’rtacha tarif koeffitsienti va o’rtacha tarif razryadi hisoblanadi. Tarif razryadlari va koeffitsientlari bir vaqtning o’zida bajarilayotgan ishlar murakkabligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar hisoblanadi.

Kadrlar salohiyatining yuqorida sanab o’tilgan va boshqa tushuncha va ko’rsatkichlari korxona personalining miqdoriy, sifat va tuzilmaviy holatlari haqida va ularni personalni va umuman ishlab chiqarishni boshqarish, jumladan, korxona mehnat resurslari samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tahlil qilish va rejalashtirish maqsadlari uchun o’zgartirishlar kiritish yo’nalishlari haqida ma’lumot beradi.




Kasaba uyushmalari
Kasaba uyushmasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga ko‘ra o‘z a’zolarining mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog‘langan fuqarolarning jamoat birlashmasidir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 59-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi.
Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirishi mumkin.
(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling