1. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari tushunchasi va klassifikatsiyasi
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asoslari va tartibi
Download 59.38 Kb.
|
Shartnoma.Mehnat shartnomasi.Nizom. Yóriqnoma
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asoslari va tartibi.
Qonun talabiga ko`ra, nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tushabbusi bilan bekor qilish asosli bo`lishi shart (MKning 100-moddasi). Quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanini bildiradi: -texnologiyadagi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi o`zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o`zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqargani yohud korxonaning tugatilgani; -xodimning malakasi etarli bo`lganligi yoki sog’lig’i holatiga ko`ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo`lib qolishi; -xodimning o`z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzgani. Avval mehnat vazifalarini buzgani uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yohud unga nisbatan mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta`sir choralari qo`llanilgan kundan e`tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga hilof nojo`ya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi; -xodimning o`z mehnat vazifalarini bir marta qo`pol ravishda buzgani. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo`lgan mehnat vazifalarini bir marta qo`pol ravishda buzishlarning ro`yhati: -ichki mehnat tartibi qoidalari; -korxona mulkdori bilan korxona rahbari o`rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi; -ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo`llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi. Xodimning o`z mehnat vazifalarini tuzishi qo`pol tusga ega ekani yoki ega emasligi har bir muayyan holatda sodir qilingan nojo`ya harakatning og’ir-engilligi hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo`lgan oqibatlarga qarab hal etiladi; -o`rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko`ra o`rindoshlik ishi cheklanishi sababli o`rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilingani; -korxona rahbari, uning o`rinbosarlari, bosh buxgalteri bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo`lmagan taqdirda esa, uning vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashish sababli bekor qilingani; -xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta`tillarda bo`lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno; - xodimning pensiya yoshiga to`lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo`lganda. (O`zR 22.12.2010 y. O`RQ-272-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta`tillarda bo`lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno. -qonunchilikda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asoslarining cheklangan ro`yhati belgilab qo`yilgani fuqarolarning mehnat qilish huquqlarining muhim kafolatlaridir. Qonunda ko`rsatilgan asoslar mavjud bo`lmagan hollarda mehnat shartnomasini bekor qilishga aslo yo`l qo`yilmaydi. Odatda, mehnat shartnomasini bekor qilish uchun hayotdagi turli holat sabab bo`ladi. Ushbu sabablar esa qonunlarda mehnat sharnomasini bekor qilish asoslari sifatida mustahkamlab qo`yilgan. MKning 100-moddasining 1-bandida mehnat shartnomasini bekor qilishning quyidagi ikki mustaqil asosi nazarda tutiladi; -yuqorida keltirilgan sabablar tufayli xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoki ish xususiyatining o`zgarishi; -korxonaning tugatilishi. Xulosa qilib aytsak, qonunda belgilab qo`yilgan aniq holatlar mavjud bo`lgandagina ushbu asoslarga binoan mehnat shartnomasini bekor qilish nazarda tutilgan. O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 3-bandida xodim tomonidan mehnat vazifalarini uzrli sabablarsiz muntazam ravishda bajarmasligi mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qlish uchun asos bo`lishi va bu hol bir qancha shartlar bilan izohlanishi haqida so`z boradi.Unga ko`ra, mehnat shartnomasining bekor qilinishi quyidagi hollarda qonuniy hisoblanadi: Download 59.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling