1. Mehnat unumdorligining umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlari va ularni hisoblash
Personalning rentabelligini omilli tahlil qilish uchun ma’lumotlar
Download 121.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitta xodimga to’g’ri keladigan foydaning o’zgarish omillari
Personalning rentabelligini omilli tahlil qilish uchun ma’lumotlar
Ikkinchi modelning qulay tomoni shundaki, u mehnat unumdorligi o’sish omilini personal rentabelligining oshish sur’atlari bilan bog’lash imkonini beradi. Buning uchun vaqt omili hisobiga mahsulot ishlab chiqarish o’rtacha yillik miqdori o’zgarishini bir so’mlik tovar mahsuloti hisobiga olingan foydaning haqiqiy darajasiga ko’paytirish kerak. 9-jadvaldan sanoat ishlab chiqarishi personali o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarish darajasini shakllantiruvchi omillar hisobiga bitta xodimga to’g’ri keladigan foyda qanchalik o’zgarganligi ko’rinib turibdi. Ayrim omillar ta’sirining salbiy natijalarini korxonada mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish zahiralaridan foydalanilmaganligi sifatida baholash mumkin. jadval Bitta xodimga to’g’ri keladigan foydaning o’zgarish omillari
Xulosa Mehnat unumdoligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar - bu bitta ishchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti, shuningdek, bitta ishlovchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishning qiymat ifodasidir. Xususiy ko’rsatkichlar – bu muayyan turdagi mahsulot birligining ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi- kunida yoxud bir kishi- soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt. Yordamchi ko’rsatkichlar – muayyan ish turi birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Korxonada ishchi kuchidan foydalanish samaradorligiga baho berishda personal rentabelligi ko’rsatkichi katta ahamiyatga ega. Foyda mahsulotni sotish rentabelligiga, kapital aylanish koeffisiyentiga va harakatdagi kapital summasiga bog’liq. Adabiyotlar:Petrochenko P.F. Analiz trudovo’x pokazateley (uchebnoye posobiye)-M.: «Ekonomika», 1989. Ekonomika truda. (uchebnik) Pod. red. Jukova M.N, Pogosyana G.R – M.: «Ekonomika», 1991. Ekonomika i sosiologiya truda (uchebnoye posobiye). Pod. red Adamchuka V.V – M.: «Ekonomicheskoye obrazovaniye»,1994. Download 121.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling