1. Menejer va yetakchi Vaziaytli yetakchilik konsepsiyasi


Yetakchilik hulqi konsepsiyalari


Download 111.72 Kb.
bet3/6
Sana20.12.2022
Hajmi111.72 Kb.
#1035532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Vaziyatli yetakchilikQuvondiqov Jamshid

Yetakchilik hulqi konsepsiyalari. Ular (oldingi nazariyadagi) kim yetakchi bo'ladi savolidan yetakchilar nima va qanday qiladilar savoli tomon siljiganlar, ya'ni yetakchilarni maxsus dasturlar bo'yicha tayyorlash imkoniyatini ko'zda tutganlar. Bunda quyidagilar eng ahamiyatli konsepsiyalar bo'ladilar.
1. Rahbarlikning uchta uslubi konsepsiyasi. O'rganish uchta yetakchilik usullari: avtoritar, demokratik va passivdan foydalanishni samarali solishtirishdan iborat bo'lgan. Ammo qandaydir bitta uslubning samarali yetakchilik bilan to'g'ridan to'g'ri aloqasi topilmagan.
2. Ogayo shtati Universitetining tadqiqotlari. Rahbarlikning ikki omili naza riyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Ikkita o'zgaruvchanlar: munosabatlarning tuzilishi va ushbu tuzilma doirasidagi munosabatlar asos qilib olinganlar. Birinchisiga yetakchi tomondan guruhda yaratilgan munosabatlar tuzilmasi: rollarni belgilash, kommunikatsion oqimlar, ish qoidalarini belgilash kiradi. Ikkinchisi o'z ichiga yetakchi va ergashuvchilar o'rtasidagi munosabatlarni oladi.
  • Tadqiqotchilar ikkita xulosa chiqarganlar. Birinchisi. Munosabatlarning tuzilish va ishga qanchalik ko'p e'tibor qaratilsa, quyidagi sharoitlarda shunchalik katta samaraga erishiladi:
  • natijalar olish maqsadida kimdandir (yetakchilardan tashqari) kuchli bosim;
  • vazifa xodimlarni qanoatlantiradi;
  • xo dimlarni axborotlar va ish haqidagi ko'rsatmalar olishi yetakchiga bog'liqdir;
  • boshqaruvchanlik ko'lamiga rioya qilinadi. Quyidagi holda munosabatlar va xodimlar zaruriyatlariga mos keluvchi narsaga kuchaytirilgan e'tibor qaratilsa, samara beradi:
  • vazifalar mashaqqatli bo'lsa;
  • xodimlar boshqaruvda ishtiroq etishga moyillar;
  • xodimlar nimanidir o'zlari o'rganishlari kerak;
  • ular, bu narsa ishni bajarishga ta'sir qilishini his qiladilar; yetakchi va xodimlar statusida katta farqlar mavjud emas.
  • Ikkinchi xulosa. Yetakchilikning samaradorligi yana boshqa omillar-tashkiliy madaniyat, texnologiya, ishdan qanoatlanganlikka ham bog'liq.

3. Boshqaruv tizim konsepsiyasi (R.Likert). Michigan Universiteti yondoshuv lariga asoslangan holda, u samarali yetakchilar tomonidan foydalaniladigan boshqa ruvning umumiy namunalarini o'rganishni o'tkazdi. Keyingilar asosiy e'tiborni insoniy omilga qaratayotganliklari va maqsadlarga erishish bo'yicha ishni bajarishga guruhli yondashuvni rivojlantirishga intilayotganliklarida topdi. Ular tomonidan yetakchilarning ikkita kategoriyasi ajratilgan: xodimlarga qaratilganlar; ishga qaratilganlar.
Tadqiqotlarni davom ettirish boshqaruvning, tizimlar deb ataluvchi to'rtta ustivor uslubini ajratishga imkon bergan. 1-tuzim vazifani bajarishga qaratilgan, kuchli ravishda turkumlashtirilgan avtoritar yetakchilik uslubidir. 4-tuzim uning qarama qarshisi, qo'l ostidagilar bilan munosabatlarni rivojlantirish va guruhli, birgalikda ishlashga qaratilgan usuldir. 2- va 3- tuzimlar ikkita eng keyingi cheklar o'rtasidagi oraliqlar sifatida bo'ladilar.
Tadqiqotlarni ko'rsatishgcha, samarali yetakchilik ko'proq 4-tizimga va 1-tizim ga yaqinroq joylashadi. Ammo amaliyotda 4-tizimga mos keluvchi uslubga rioya qilish shunchalik oson bo'lmagan. Kamroq tashkilotlar bu usuldan foydalanganlar, chunki unga o'tish yetakchi va unga ergashuvchilar hulqida keskin o'zgarishlarni o'tkazish zaruriyati bilan bog'liqdir.

Download 111.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling