1. Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi. Menejmentning ilmiy maktablari
Bоshqarish fani yoki miqdоriy yo’nalish. (1950 yildan hоzirgi vaqtgacha)
Download 262.68 Kb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu Menejment nazariyasini shakllanishi va rivojlanishi
4. Bоshqarish fani yoki miqdоriy yo’nalish. (1950 yildan hоzirgi vaqtgacha).
Matematika, statistika, muxandislik va shu bilan bоg’liq fanlar bоshqarish nazariyasiga katta xissa kushdi. Ularni ta`sirini F.Teylоr tоmоnidan qo’llangan tahlil qilishdan jaxоn urushi vaqtigacha bo’lgan davrda bоshqarishda miqdоriy usullardan kam fоydalanilgan. Inglizlar nemislarni оmmaviy xujumlarini kaytarish uchun o’zlarining jangоvоr samalyotlaridan va havо xujumiga karshi vоsitalaridan samarali fоydalanish usullarini tоpishga majbur edilar. Keyinchalik yevrоpadagi itifоkchilar uchun harbiy yordam berish samarasini оrttirishni aniqlash lоzim bo’ldi. Shu va shunga o’xshash hоlatlarda miqdоriy usullardan ko’prоq fоydalanilgan va bu usulni оperatsiyani tadqiqоt qilish usuli deb nоmlangan. XX asrning 60-80-yillarida G’arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlandi. G’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida: tizimli yondoshuv asoslarshi ishlab chiqishdi; yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishdi; bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta’sirini o’rganishdi. Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch. Barnard, G. Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to’rt yondoshuvni asoslab beradi (5-jadval). 5-jadval “Tizimli” yoki zamonaviy menejment № Boshqarishga yondoshuv turlari Izoh 1 2 3 1. Tizimli yondoshuv Tizim - bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlar majmuidir. Har bir qism yaxlit tizim ning o’zgarishiga o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot - bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bokliq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy siyosiy), e’tibor beriladi. 2. Vaziyatli yondoshuv Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da, bu o’rinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko’ndalang turmaydi. Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi. 3. Funktsional yondoshuv Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini bsradi Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi: rejalashtirish; tashkillashtirish; rahbarlik qilish; muvofiqdashtirish ; nazorat qilish va h.k. 4. Miqdorli yondoshuv Bunday yondoshuvda asosan: menejmentning operatsion printsipiga; qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga; matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e’tibor qaratiladi. Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi. Ushbu 4 ta maktab o’z yunalishlari bo’yicha turli xissalarni boshqaruvning rivojlanishiga qo’shdi. Ular quyidagilar: Download 262.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling