1. Menejment nazariyalarining evolyutsion tarixi va rivojlanishi. Menejmentning ilmiy maktablari. Bоshqaruvning turli yo’nalishlari
Menejment rivojlanishida yangi bosqich
Download 75.58 Kb.
|
menejment.
6. Menejment rivojlanishida yangi bosqich.
1985 yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub islohatlar boshqaruvni jamiyatni damokratlashtirish, oshkarolik va pastdan yuqoriga xalq xokimiyatini o’rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo’llarini ifodalab berdi. Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga o’tishga asos bo’ldi. Jamiyatdagi tub o’zgarishlar siyosat, iqtisodiyot, mnejment uslublari va texnologiyasiga jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish hozirgi davrgacha mavjud bo’lgan tajriba, jamiyat xayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarini boshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qonun va xuquqiy xujjatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Menejment sohasida jaxon tajribasi, rivojlangan mamlakatlar va o’zimizda to’plangan tajribadan foydalaniladi. Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko’p yillarga mo’ljallangan strategik vazifadir. Mamlakatimiz «falaj qilib davolash» usulidan voz kechdi. Bu yerda bozor munosabatlariga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy mulk bilan bir vaqtning o’zida kooperatsiya, tadbirkorlik, chet ellik firmalar, banklar bilan hamkorlikka asoslangan holda turli xo’jalik yuritish usullarini qo’llash yo’li bilan amal qilishi kerak. Menejment oldiga qo’yilgan ko’pchilitk vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Hozirda iqtisodiy tashkilotlar vazifalari o’zgartirildi, boshqaruvning bozor munosabatlariga o’tishi amalga oshirilmoqda, boshqaruvning ixtisoslashuv chuqurlashuvi va kooperatsiya bo’yicha aloqalar barqaror bo’lishini ta’minlovchi yangi tashkiliy tizimlari vuudga kelmoqda. Islohatlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo’g’inlarini - asosiy bo’g’in (korxona)dan to boshqaruvning oliy bo’g’inlarigacha qamrab olgan. Korxonalar to’g’risidagi qonun korxonalar erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari bo’yicha iste’molchilar olddagi majburiyatlarini oshirdi. Chak Robert (2019). Odamlarni boshqarishda zamonaviy menejment nazariyalarining ahamiyati. Olingan: bizfluent.com. JD Meier (2019). Zamonaviy menejment tamoyillari. Jdmeier.com saytidan olingan. CFI (2020). Menejment nazariyalari nima? Olingan: Corporatefinanceinstitute.com. Citeman (2009). Zamonaviy menejment yondashuvlari. Olingan: citeman.com. Smriti Chand (2020). Zamonaviy boshqaruv nazariyasi: boshqaruvga miqdoriy, tizimiy va kutilmagan holatlar. Sizning maqola kutubxonangiz. Olingan: yourarticlelibrary.com. Xulosa. «Menejment», «Menejer» so‘zlari hozirgi paytda nafaqat ish, balki kundalik hayotda ham keng qo‘llanilib, bozor iqtisodiyoti- ga o‘tishda davlatning iqtisodiy o‘sishining zamonaviy tenden- siyalarini aks ettiradi. «Management» ingliz tilidagi so‘z bo‘lib, rus tiliga boshqa- ruv, tashkil etish, rahbarlik qilish deb tarjima qilinadi. Shunday qilib menejment boshqarish, ya’ni u yoki bu faoliyatni iqtisod, moliya va boshqarish tashkilot yoki rahbariyat tomonidan bosh- qarish ma’nosini anglatadi. Ilmiy adabiyotda menejment tushun- chasiga bir necha ta’riflar mavjud. Ulardan 3 tasini keltirib o‘tamiz: — tashkilotda ishlayotgan odamlar vositaligida tashkilot maqsadlariga erishish; —faoliyatning maxsus turi bo‘lib, tashkil etilmagan to‘dani samarali, maqsadli ishlab chiqaruvchi guruhga (tashkilotga) aylantiradi; —mehnat va material resurslar vositachiligi orqali tashkilot maqsadlariga erishish uchun rejalashtirish, tashkil etish, rah- bariyat va nazorat jarayonlaridir. Bu ta’riflar har xil bo‘lishiga qaramasdan, ular 3 ta umumiy xususiyatga ega: 1)boshqaruvda ma’lum bir maqsad mavjudligini ko‘rsatadi; 2)bu faoliyat turi maxsus intellektual xarakteri bilan farq- lanadi; 3)tashkilotda boshqaruv o‘rni mavjudligi to‘g‘risida dalolat beradi. Menejment, boshqaruv tushunchasini anglatib, ma’muriy buyruq iqtisodiyotiga xos boshqaruvidan ancha farq qiladi: Birinchi farqi — menejment bozor iqtisodiyotiga xosdir. Ikkinchi farqi — menejment — bu boshqaruvning iqtisodiy usuli. Uchinchi farqi — menejment — bu samarali boshqaruv ilmi va san’ati. Ushbu tushunchalar bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz: Biznes — tadbirkorlik menejmenti. Menejment rahbar — mutaxassislarning maxsus faoliyati deb tushuniladi. Download 75.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling