O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
“Iqtisodiyot” fakulteti
“Menejment” fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Menejment va tadbirkorlik muhiti
Topshirdi: KU-19 talabasi Turatov Otabek
Qabul qildi: dots. Shahnoza Fayziyeva
Toshkent-2021
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Menejment va uni vujudga kelishi.
Menejment usullari va funksiyalari.
Tadbirkorlik tushunchasi.
Tadbirkorlik muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar.
Xulosa………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………..................
Kirish
«Menejment», «Menejer» so‘zlari hozirgi paytda nafaqat ish, balki kundalik hayotda ham keng qo‘llanilib, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlatning iqtisodiy o‘sishining zamonaviy tendensiyalarini aks ettiradi.
«Management» ingliz tilidagi so‘z bo‘lib, rus tiliga boshqaruv, tashkil etish, rahbarlik qilish deb tarjima qilinadi. Shunday qilib menejment boshqarish, ya’ni u yoki bu faoliyatni iqtisod, moliya va boshqarish tashkilot yoki rahbariyat tomonidan boshqarish ma’nosini anglatadi. Ilmiy adabiyotda menejment tushunchasiga bir necha ta’riflar mavjud. Menejmentga berilgan ta’riflar har xil bo‘lishiga qaramasdan, ular 3 ta umumiy xususiyatga ega:
boshqaruvda ma’lum bir maqsad mavjudligini ko‘rsatadi;
bu faoliyat turi maxsus intellektual xarakteri bilan farq- lanadi;
tashkilotda boshqaruv o‘rni mavjudligi to‘g‘risida dalolat beradi.
Menejment, boshqaruv tushunchasini anglatib, ma’muriy buyruq
iqtisodiyotiga xos boshqaruvidan ancha farq qiladi:
Birinchi farqi - menejment bozor iqtisodiyotiga xosdir.
Ikkinchi farqi - menejment bu boshqaruvning iqtisodiy usuli.
Uchinchi farqi - menejment bu samarali boshqaruv ilmi va san’ati.
Mulkchilikning turli shakllariga aoslangan raqobatli bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xo’jalik birliklari ( korxona, firma ) doirasida ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish turli xil shakl hamda usullarda amalga oshiriladi.
Ularning ichidagi tadbirkorlik alohida o’rin tutib, bu faoliyat tufayli mulkchilikning turli shakllari iqtisodiy jihatdan amalda harakatga keltiriladi hamda o’z egasiga daromad olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |