O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti
Menejment usullari va funksiyalari
Download 128.55 Kb.
|
2 5471976897053200746
Menejment usullari va funksiyalari
Boshqaruv usuli - tashkilotning oldiga qoʻygan maqsadlariga erishish uchun boshqarilayotgan obyektga taʼsir etish yoʻllari va usullari majmuidir. Boshqaruv usullarini tavsiflaganda ularning tutadigan yoʻlini, mazmunini va tashkiliy shaklini ochib berish kerak. Boshqaruv usullarining tutgan yoʻli boshqaruv tizimiga (obyektiga) yoʻnalgan (firma, boʻlim, kompaniya va h.k.). Mazmun - bu taʼsir etish yoʻllari va usullarining oʻziga xos tomonlaridir. Tashkiliy shakl - yuzaga kelgan muayyan vaziyatga taʼsir oʻtkazishdir. Bu toʻgʻridan toʻgʻri (bevosita) taʼsir yoki boshqa yoʻl bilan (vazifa belgilash va ragʻbatlantiruvchi sharoitlarni yaratish orqali) oʻtkaziladigan taʼsir boʻlishi mumkin. Har doim shuni hisobga olish kerakki, boshqaruvning muayyan usulida mazmun ham, tutilgan yoʻl ham, tashkiliy shakl ham maʼlum tarzda birlashadi (oʻzaro taʼsirlashadi). Shu tufayli boshqaruvning quyidagi usullarini ajratib koʻrsatish mumkin: toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatmalarga asoslangan tashkiliy-maʼmuriy usul; iqtisodiy stimullar koʻzda tutilgan iqtisodiy usul; xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qoʻlla- niladigan ijtimoiy-psixologik usul. Tashkiliy-farmoyish beruvchi usullar (BTFU) boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga hokimiyat kuchi va nufuzi asosida - farmonlar, qonunlar, qarorlar, buyruqlar, farmoyish- lar, koʻrsatmalar, yoʻriqnomalar va h.k. orqali taʼsir koʻrsatish yoʻllari va usullarini oʻz ichiga oladi. Bu usullar har bir rahbar va xodimning, shuningdek, har bir boshqaruv bosqichlari va zvenolarining vazifalarini, huquqlarini, masʼuliyatini belgilab beradi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish beruvchi usullari yuqorida turgan hokimiyat organlari koʻrsatmalarini bajarishda har bir boshqaruv apparati xodimining shaxsan masʼuluyatini taʼminlashi kerak. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish beruvchi usullarini koʻpincha maʼmuriy usullar deb atashadi. Lekin bu unchalik toʻgʻri emas. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish beruvchi usullarining bir qanchasi hokimiyat nufuzi orqali qoʻl ostidagilarga toʻgʻridan toʻgʻri emas, balki bilvosita, yaʼni tavsiyalar, takliflar, maslahatlar berish orqali taʼsir koʻrsatish xarakterida boʻladi. BTFU tasnifida usullar uch guruhga ajratiladi: 1) farmoyish beruvchi; 2) tashkiliy-barqarorlashtiruvchi; 3) tartib-intizomni mustahkamlovchi.: Tashkiliy-maʼmuriy usullar asosan rahbarning hokimiyatiga, uning huquqlariga, tashkilotda belgilangan tartib-intizom va masʼuliyatga tayanadi. Bu yerda rahbar oʻziga berilgan huquqlarga suyanib ish koʻruvchi maʼmur, hokimiyat subyekti sifatida namoyon boʻladi. Lekin maʼmuriy usullarni boshqarishning erkin va subyektiv usullari, yaʼni maʼmuriyatchilik bilan bir xil deb hisoblamaslik kerak. Tashkiliy-maʼmuriy usullar boshqarilayotgan obyektga yozma yoki ogʻzaki tarzda beriladigan buyruqlar, farmoyishlar, tezkor koʻrsatmalar, ularni bajarilishini nazorat qilish, mehnat intizomini saqlashning maʼmuriy vositalari tizimi va boshqalar orqali toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir etadi. Ular tashkillashtirish ishlarining aniqligini va mehnat intizomini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu usullar mehnat va xoʻjalik yuritishga oid qonun hujjatla- ridagi huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi. Uning asosiy maqsadlari quyidagilardir: mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, korxona va xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amaldagi qonun hujjatlari asosida himoyalash. Tashkilot doirasida tashkiliy-maʼmuriy usullarning uch xil shakli namoyon boʻlishi mumkin: 1) majburiy yozma koʻrsatmalar (buyruq, taqiq va h.k.); 2) kelishtiruv (kengashish, murosa); 3) tavsiya, fikr (maslahat, tushuntirish, taklif, muloqot va h.k.) Boshqarishning iqtisodiy usullari (BIU)— bu odamlarning iqtisodiy munosabatlari va ularning iqtisodiy manfaatlaridan foydalanish asosida odamlarga taʼsir koʻrsatish usullaridir. Boshqarishning iqtisodiy usullariga markaziy joy ajratiladi. Qoʻyilgan maqsadga boshqariladigan obyektning iqtisodiy manfaatlariga taʼsir etish orqali erishiladi. Tashkiliy-maʼmuriy farmoyish beruvchi usullardan farqli ravishda boshqarishning iqtisodiy usullari umumiy rejali-iqtisodiy koʻrsatkichlarni va ularga erishish vositalarini ishlab chiqishni koʻzda tutadi. Bu xoʻjalik munosabatlaridagi oʻziga xos iqtisodiy mexanizmdir. Iqtisodiy dastaklar va ragʻbatlarning taʼsirchanligi oshishi natijasida shunday sharoit vujudga keladiki, bunda mehnat jamoasi va uning aʼzolari maʼmuriy taʼsir (buyruqlar, farmoyishlar, koʻrsatmalar va h.k.) tufayli emas, balki iqtisodiy ragʻbatlantirish tufayli samarali ishlashga harakat qiladilar. Boshqaruvning iqtisodiy usullari asosida tashkiliy-maʼmuriy va ijtimoiy-psixologik usullar rivojlanishi va mustahkamlanishi, ish mahorati va uni qoʻllash madaniyati oshib borishi kerak. Maʼlumki, mehnat natijalari koʻp jihatdan bir qator psixologik omillarga bogʻliq. Bu omillarni hisobga ola bilish va ular yordamida ayrim xodimlarga maqsadga muvofiq holda taʼsir etish rahbarga yagona maqsadni va vazifani koʻzlovchi jamoani shakllantirishda yordam beradi. Mehnat jamoalarini tashkil etish va rivojlantirishning muhim shartlaridan biri psixofiziologik mos keluvchanlik tamoyiliga amal qilishdir. Boshqaruvda ijtimoiy va psixologik jihatlarga yetarlicha eʼtibor berilmasa jamoada nosogʻlom munosabatlar vujudga keladi, bu oʻz navbatida mehnat unumdorligini pasaytiradi. Jamoaga samarali taʼsir oʻtkazish uchun faqat ayrim ishchilarning maʼ- naviy va ruhiy xususiyatlarini, ayrim guruh va jamoaning ijti- moiy-psixologik tavsiflarini bilish bilan cheklanmay, boshqaruv taʼsirini ham amalga oshirish kerak. Bu maqsadda mehnat jamoasida yuzaga keladigan shaxsiy munosabatlar va aloqalarga, shuningdek, ularda kechadigan ijtimoiy jarayonlarga oʻziga xos tarzda taʼsir koʻrsatish majmuasidan iborat boʻlgan ijtimoiy- psixologik usullar qoʻllaniladi. Ular mehnatni maʼnaviy ragʻbat- lantirishga asoslangan boʻlib, shaxsga psixologik yoʻllar bilan maʼmuriy topshiriqni anglangan vazifaga, insonning ichki ehti- yojiga aylantirish maqsadida taʼsir koʻrsatadi. Bunga shaxsiy xarakterga ega boʻlgan yoʻllar (shaxsiy namuna, avtoritet va b.) orqali erishiladi. Bu usullarni qoʻllashdan asosiy maqsad jamoada ijobiy ijtimoiy-psixologik iqlimni shakllantirish boʻlib, uning yordamida tarbiyaviy, tashkiliy va iqtisodiy masalalar hal qilinadi. Menejment funksiyasi - bu maxsus usul va tadbir bilan amalga oshirilayotgan aniq boshqaruv faoliyatdir hamda shunga muvofiq tarzda tashkilot ishini tashkil etish va nazorat qilishdir. Koʻrinib turibdiki, boshqaruvning mazmunini tashkil etuvchi asosiy qismi bu funksiya boʻlib hisoblanadi, yaʼni nisbatan oddiy boʻlib koʻringan u yoki bu ishni bajarish uchun oldindan qanday natijaga erishilinishini, ishni qanday tashkil etishni, ragʻbatlantirish va nazorat qilishni aniqlash kerak. Ana shu boshqarish funksiyasi boʻlib hisoblanadi. Rejalashtirish funksiyasi bu rejalashtirish jarayonida tashkilot maqsadi qanday boʻlishi kerak va maqsadga erishish uchun tashkilot xodimlari nima qi- lishlari kerakligi haqida qaror qabul etiladi. Bu ertangi kun uchun bugun tayyorlanish kerakligini, maqsadga erishish uchun nima qilish kerakligini anglatadi. Reja tashkilot kelajak holatining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy modelini belgilaydi. Rejalashtirish jarayoni bosqichlari asosan universaldir. Aniq usul va strategiyaga kelsak ular bir-biridan farqlanadi. Odatda tashkilot boshqaruvining bir butun rejasini hamma faoliyat nuqtayi nazaridan shakllantiriladi, biroq tashkilot doirasida tashkilotning aniq maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ayrim menejerlar turli xil usullarni qoʻllaydilar. Shunday qilib, tashkilotning maʼlum bir davrdagi yoʻl xaritasi tuzib chiqiladi. Rejalashtirish funksiyasi firma boshqaruv jarayonidagi zan- jirda birinchi boʻlib hisoblanadi. Bu firma menejerlik blokining firma vaqsadini aniqlash va unga erishishning yoʻl va vositalarini aniqlaydigan ishidir. Rejalashtirish funksiyasi uchta savolga javob beradi: 1. Hozirgi vaqtda biz qayerdamiz? 2. Qayoqqa siljishimiz kerak? 3. Buni qanday amalga oshirmoqchimiz? Rejalashtirish - uning yordamiga rahbariyat tashkilotning umumiy maqsadiga erishish uchun hamma xodimlar kuchini yoʻnaltirishni taʼminlaydigan usuldir. Tashkilotchilik faoliyati orqali, yaʼni vazifa va imkoniyat- larni taqsimlash va birlashtirish orqali harbiy tashkilotdagi munosabatlarni boshqarish sodir boʻladi. Tashkil etish bu tashkilot maqsadga erishish vositasidir. Shunday qilib, tashkil etishning ikkinchi funksiyasidir. “Tashkil etish” atamasi boshqaruv funksiyasi maʼnosida ikki koʻrinishda ishlatilishi mumkin: 1. Tashkil etish - huquq, rollar, faoliyat koʻrinishlari va boshqa omillar oʻzaro munosabat koʻrinishidagi tizimlar tuzil- masidir. 2. Tashkil etish - tashkilot tuzilmasi saqlanib qolishi va bunyod boʻlishiga vosita boʻlib hisoblanuvchi jarayondir. Tashkiliy jarayon menejerlik korpusi ishining quyidagi bosqichlarini oʻz ichiga oladi: 1. Maqsad va vazifalarni belgilash (oʻrnatish). 2. Ishlar koʻrinishini aniqlash. 3. Mavjud insoniy resurslar va ishchi kuchlarini baholash. 4. Tashkiliy tuzilmalarda (funksiyalash va deportamentlash) insoniy resurslarni va ishlar funksiyalari (koʻrinishlari) ni guruhlash. 5. Turli xil pogʻonadagi boshqaruv personal xarakteri va javobgarlik darajasini aniqlash va baholash. 6. Lavozimli yoʻriqnoma, sxema, normativlarni rasmiylashtirish va tasdiqlash. Motivatsiya bu shaxsiy va tashkilot maqsadiga erishish uchun oʻzini va boshqalarni faoliyatga uygʻotish jarayoni. Inson xatti-harakati doim motivatsiyada (uygʻonishda) boʻladi. Inson jon-jahdi, yuqori koʻtarinkilik ruh, tashabbus bilan ishlashi mumkin, shu bilan birga ishyoqmaslik ham qilishi mumkin. Shaxs xatti-harakati xohlagan boshqa xislatlarga ega boʻlishi mumkin. Shuning uchun har doim uygʻonish yoʻlini qidirish kerak. Motivatsiya odatda xodimlar bu faqat resurs, ularni samarali ishlashga undash kerak, degan ishonchga asoslangan. Motivatsiyaning hozirgi zamon nazariyasi, psixolog va tashkiliy iqtisodiy yoʻllanmadagi nazariyalarni ikki guruhga boʻlish mumkin: 1. Shaxs ichki uygʻonishni ehtiyojini identifikatsiyalash (oʻxshatish) ga asoslangan insonlarni faqat harakatlanishga mahkum etishgan (bu A. Maslou, F.Gersberg va sh.k. atamasi) asoslangan motivatsiya mazmunli nazariyasi; 2. Motivatsiyaning huquqiy nazariyasi - ancha zamonaviy bu birinchi navbatda tarbiya, bilimni hisobga olgan holda odamlarni oʻzini qanday tutishiga asoslanadi (bu kutish nazariyasi, adolat nazariyasi va motivatsiya modeli Porter - Lauler). Boshqaruv nazorati bu matematik tadbir emas. Ushbu jarayon boshqaruv vazifalarini bajarishni yengillashtirish maqsadida tashkilotning turli xil koʻrinishdagi faoliyatini kuzatish va rostlashni oʻz ichiga oluvchi jarayondir. Boshqaruv samarali nazorati uni strategik rejalashtirish jarayoni bilan birlashtirish asosida bunyod etiladi. Nazorat strategik rejalarni amalga oshirishning kuzatuvini shunday taʼminlaydiki menejerlar nazoratni shunday bajarilayotganini va qachon, qayerda rostlash chora-tadbirlarini qoʻllash kerakligini aniqlab oladilar. Nazorat qilish sababining eng asosiysi shundan iboratki, tashkilot maqsadga erishish yoʻlida hamma xatolarni aniqlab uni toʻgʻirlashga ulgurish kerak. Nazorat funksiyasi hisob va tahlil bilan bogʻliq hisob qila bilish koʻp holatlarda nazorat vositasi boʻlib hisoblanadi. Tahlil asosida esa boshqaruv obyekti holati, qoʻyilgan masalalarni hal etilish natijalari va haqiqiy imkoniyatlar baholanadi. Klassik menejmentda nazorat funksiyasini tashkilotni talab etilgan darajada ushlab turish evaziga (uning faoliyati koʻrsatkichlarini oʻrnatilgan standart (reja) boʻyicha) amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyati koʻrinishi deb tushunish mumkin.
Download 128.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling