1. Menejment sohasida axborot tizimi tushunchasi. Menejment sohasida axborot tizimi tasniflanishi va texnologiyasi
Download 20.22 Kb.
|
18-mavzu1
Nazorat savollari
1.Menejment sohasiga izoh bering. 2. Menejment axborot tizimini nima. 3. Menejment boshqaruv tizimi nima 4. Menejment o’zi nima 5. Menejment biznesni rejalashtirsh nima uzi. 18.2. Biznesni rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan axborot tizimi va texnologiyalari Axborot tizimlarini va axborot texnologiyalariga katta sarmoya kiritayotgan korxona va tashkilotlarda ishlashingiz mumkin. Bunda siz qanday qilib bu pullarni aql bilan sarflashni bilishingiz kerak. Agarda siz to‘g‘ri yolni tanlasangiz, firmangiz raqobatchilarni boshqaradi. Agarda noto‘g‘ri yo‘lni tanlasangiz, siz kapitalingizni zoe sarflab yuborasiz. Bu kitob sizga axborot texnologiyalari va axborot tizimlari yordamida to‘g‘ri qaror qabul qilishda yaqindan yordam beradi. Boshqaruv axborot tizimlari biznesni eng dolzarb mavzu sifatida bilishadi. Texnologiyalarni tezkor o‘zgarishi, yaratilgan biznes modellar boshqaruv axborot tizimini biznes muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Firmalarda yangi texnologiyalardan foydalanish ular biznesin muvoffaqiyatli bo‘lishiga olib keladi. 17.1- jadval axborot texnologiyalari menejmentida (ATM) nima yangiliklar borligini sarhsiob qilishga yordam beradi. Bu yangiliklar kitobnig barcha bo‘limlarida ko‘zga tashlanib, bu esa talaba va professor orasidagi yangi g‘oya, mulohazali fikr va bahsda ko‘rilishi mumkin. Texnologiya sohasida uch bog‘liq o‘zgarishlar bor: (17) mobil hisoblash platformasini keng qabul qilinishi, (2) biznesda «ko‘p ma'lumotlar bazalari" bilan ishlash va (3) "bulutli komputer" o‘sishi. IPhone, iPad, Android planshetlar va smartfonlar nafaqat plaginlar yoki o‘yin-kulgi vositalari. Ular yangi rivojlanayotgan kompyuter tizimlari vakili bo‘lib yangi apparat va dasturiy ta'minot texnologiyalari bilan bir qatorda turadi. Ko‘proq hisob-kitod ishlari ushbu mobil vosita va qurilmalarga o‘tmoqda. Menejerlar ishni boshqarish uchun ushbu qurilmalardan foydalanishi tobora o‘sib bormoqda. Biz bu rivojlanishni “mobil raqamli platformalar” deb ataymiz. Menejerlar muntazam ravishda onlayn hamkorlikni va ijtimoiy texnologiyalardan foydalanishni xush ko‘radilar. Jamoalar va loyihalar ustida ish olib borish, xodimlarni o‘zaro ulay oladigan ijtimoiy tarmoq yordamida rejalar bajariladi, menejerlar esa engil ravishda kompaniyalarni boshqaradilar. Onlayn muloqat, dunyoning soat zonalaridan qat’iy nazar xodimlar boshqalar bilan aloqada bo‘la olishini ta’minlaydi. Bulut kompyuteri va mobil raqamli platformalar tashkilotlarda masofaviy faoliyat va uzoqdan turib qaror chiqarishni ta’minlaydi. Bir turdagi platforma esa firmalarni ko‘proq ish bajarishga va bozordagi faoliyat turini aniqlaydi. Bu esa korxonalarda yetkazib beruvchi va sotuvchi o’rtasida hamkorlik yaratib, yangi mahsulotlar yaratishga, yoki mavjud mahsulotlarni samarali ishlatishga yordam beradi. 18.1- jadval. ATMda nima yangiliklar bor O‘zgarish Biznesga ta’siri Texnologiya Bulut hisoblash platformasi innovatsiyalarning asosiy tijorat sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Kompyuterlarning Internetdagi egiluvchan yig‘ilishi korporativ kompyuterda bajariladigan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Ko‘plab tijorat ilovalari internet xizmati sifatida onlayn tartibda yetkazib beriladi (Servis tariqasidagi dasturiy ta’minot yoki Saas). Katta ma’lumot Firmalar Veb traffik, elektron pochta xatlari, ijtimoiy tarmoq ma’lumotlari hamda mashinalardagi katta hajmdagi ma’lumotlardan ularning mohiyatini qidirishadi, buning uchun ma’lumotlarni qabul qilish, saqlash va tahlil qilish (qayta ishlash) uchun yangi axborot boshqarish vositalari talab qilinadi. Uyali raqamli platformalar yaxlit tijorat tizimi sifatida shaxsiy kompyuterlar bilan raqobatga kirishmoqdalar. Apple iPhone telefonlari va planshet kompyuterlari hamda Android uyali aloqa qurilmalari hamkorlikni ta’minlash maqsadida yuz minglab ilovalarni yuklab olishi mumkin, lokatsiyaga asoslangan xizmatlar, kasbdoshlar bilan muloqot qila olish uchun juda qulay vositalardir. iPad va Kindle Fire kabi kichik planshet kompyuterlar iste’molchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun odatiy noutbuklar va platformalardan afzal bo‘lib qolmoqda. Boshqaruv Menejerlar korxonadagi muloqot tizimini, o‘zaro bilim almashinuv jarayonini yaxshilash maqsadida onlayn hamkorlik hamda ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minotlarini o‘zlashtiradilar. Google Apps, Google Sites, Microsoft Windows SharePoint Services hamda IBM Lotus Connections dasturlari 1700 milliondan ortiq biznes professional xodimlari tomonidan o‘zlarining bloglarini saqlash, loyiha boshqarish, onlayn uchrashuvlar o‘tkazish, shaxsiy profillarni, ijtimoiy sahifalarni hamda ijtimoiy jamoalarni ochish maqsadida butun jahon miqyosida foydalanilib kelinmoqda. Biznes uchun foydalaniladigan ilovalar Ma’lumotlarni nisbatan kuchli tahlil qilish va interfaol uskunalar panelini ta’minlovchi real vaqt (tezkor) ma’lumotlarni yetkazib beruvchi ilovalar menejerlar uchun tegishli qarorlarni qabul qilishda qo‘llaniladi. Virtual uchrashuvlar Menejerlarning yo‘l xarajatlari hamda ketadigan vaqtini tejash uchun, shuningdek hamkorlikni mustahkamlash va qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash maqsadida telefoniya vositalari orqali videoaloqa hamda Veb majlis o‘tkazish (konferensiya) texnologiyalaridan foydalanishadi Tashkilotlar Ijtimoiy biznes Korxonalar o‘zlarining xodimlari, mijozlari va islab cyiqaruvchilari bilan muloqotni tezlashtirish maqsadida Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoq platformalari hamda ichki korporativ ijtimoiy vositalardan foydalanishadi. Xodimlar bloglar, viki, elektron pochta matnlari hamda SMS xabarlaridan foydalanib onlayn jamiyatda muloqotni tezlashtirishlari mumkin. Masofadan ishlash ish joyidagi jarayonni tezlashtiradi. Internet, simsiz noutbuklar, smartfonlar va kompyuter planshetlari son jihatdan o‘sib borayotgan ishchilarga ish joyidan turib uzoqda ishlash imkonini yaratadi. Ellik besh foiz Amerika korxonalarida o‘ziga xos masofadan bajariladigan ish dasturlari mavjud. Biznes qiymatni hamkorlikda yaratish Korxonalarda qiymat manbai ichki ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bo‘lib, yetkazib berish tizimlari hamda yangi mahsulotni ishlab chiqarish kundan kunga global hamkorlikda amalga oshirilib borilmoqda, mijozlarning o‘zaro hamkorligi korxonalarga yangi mahsulot va xizmatlarni aniqlash imkonini yaratib bermoqda. Biznesni barcha sohalari rivojlanish jarayonlarini axborot tizimlariga jiddiy investitsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Axborot tizimlariga investitsiyalar bo’lmaganda Amazonka, eBay, Google va E*Trade elektron tijorat firmalari hattoki mavjud bo‘lmas edilar. Bugungi moliya, xizmatlar sohasi, sug‘urta, ko‘chmas mulk, maishiy xizmatlar, sayohat, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi sohalar axborot tizimlarisiz ishlay olmas edilar. Walmart i Sears kabi chakana savdo firmalari hamda General Motors va General Electric ishlab chiqarish firmalari axborot tizimlarini rivojlanishi evaziga gullab yashnashmoqda. Ofis telefonlari, osmono‘par binolar XX asrda biznes asosi bo‘lgan bo‘lsa, XXI asrda esa axborot axborot texnologiylarini qo‘llash va uni korporativ strategiyalarda amalga oshirish muhim bo‘lmoqda. Texnologiya biznesning asosi bo‘lib hisoblanadi. Besh yildan so‘ng qanday biznesni istashi uning tizimlari nimalarga qodir bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Bozorda hissalarining oshishi, arzon yoki yuqori sifatli ishlab chiqaruvchi sifatida shakllanishi, yangi mahsulotlarni rivojlantirishi va xodimning unumdorligini oshishi aksariyat hollarda tashkilotning axborot tizimlari sifati va turlariga bog‘liq bo‘ladi. Siz bu munosabatlarni qanchalik yaxshi tushunganingiz sari menedjer sifatida qadrli bo‘lasiz. Ma’lumki, ishbilarmon firmalar quyidagi oltita strategik ishbilarmonlik maqsadlari, ya’ni foydalanishga oid ustunlik; yangi mahsulotlar, xizmatlar va modellar; mijoz va ta’minlovchi o‘rtasidagi yaqinlik; qaror qabul qilishning yaxshilanishi; raqobatbardosh ustunlik va chidamli bo‘lish kabilarga yetishish uchun o‘z mablag‘larini asosan axborot tizimlariga kiritadilar. 2.Menejment sohasidaaxborottizimitasniflanishivatexnologiyasi 1. Menejment sohasini boyitib bering. 2. Menejment nama beradigan jarayonlar. 3. Menejment axborat tzimlarini kamchiliklarini ko’rsatib bering 4.Axborot tizimini menejmentdagi o’rni. 5. Menejment xozirgi kundagi holati. 3. Biznesni rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan axborot tizimi 1. Biznesni jaroyon nima. 2. Biznesni qo‘llaniladigan axborot tizimi ko’rsatib bering. 3. Biznesni rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan dasturlar haqida ma’lumotlarni ko’rsating. 4. Biznesni rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan holatlar. 5 Biznesni rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan axborot shakillantirsh tartibi. 4. Biznesni rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalari 1. Biznesni rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalari internit tarmog’i nimadan iborat uzi. 2.Biznesni rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan elektron kutubxonasi haqida. 3. Biznes reja haqida tushuncha. 4. Biznesni reklama holati va tushunchasi haqida. 5. Biznes axborot tarmog’idan joy ajratish tartibi. Download 20.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling