Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti ""moliya" kafedrasi
Download 437.5 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda davlat moliya-kredit tizimining roli.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi (foizda)
- 2008-yilda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o’zgartirish dasturlarining bajarilishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYA-IQTISOD FAKULTETI “”MOLIYA” KAFEDRASI
Mavzu:
Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda davlat moliya-kredit tizimining ro’li.
Talaba:mm-66 guruh , Hamroqulov U. Ilmiy rahbar: Yo’ldosheva R.
Toshkent - 2010
Mavzu: Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda davlat moliya-kredit tizimining ro’li.
Reja. Kirish. 1. Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida kichik tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati. 2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mehanizmlari. 3. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishning xorij tajribasi va O’zbekiston amaliyoti. Xulosa.
Kirish. Iqtisodiyotni boshqarishning jahon amaliyotida sinovdan o’tgan, o’z o’rnini va ulkan tajribaga ega bo’lgan usullaridan biri bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotda erishgan yutuqlarining asosi bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviy o’zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi kabilar bilan baholanmoqda. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o’tishda inson manfaatlari talablariga javob beradi. Buning asosiy maqsadi iqtisodiyotning ijtimoiy yo’nalishini kuchaytirish, ishlab chiqarishni iste’molchilar talabi darajasida tashkil etish hamda fuqarolar erkinligiga keng yo’l ochib berish, ularning mavjud imkoniyatlaridan to’la foydalanishi, yuqori unm, tashabbuskorlik va tashkilotchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini olib borishini ta’minlashdir. Respublika iqtisodiyotini rivojlanib iqtisodiy o’sishga erishishida hozirgi kunda bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlari yetakchi o’rinda turadi. Sababi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish va kengaytirish yirik ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish va shakllantirishdan kamroq iqtisodiy noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bu soha jahonda rivojlangan davlatlar iqtisodiytining yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqarishning asosiy
omillaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning ahamiyati quyidagi muhim belgilari bilan ta’riflanadi. - Mulkiy munosabatlarning ishtirokchisi bo’lishi - Foyda olishga intilish; - Raqobat kurashida qatnashish; - Iqtisodiy erkinlik; - Tijorat siriga ega bo’lish; - Imidjga ega bo’lish; - Iqtisodiy hatti-haraktlarni o’z zimmasiga olish.
1) Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va rag’batlantirishning moliyaviy mehanizmi hamda kafolatlar tizimi yaratilib va bu boradagi aniq, qonuniy chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish, isloh qilish va unda boshqa sohalar kabi kichik korxonalar faoliyatlarini rivojlantirishda mamalakatimizda o’ziga xos va mos milliy taraqqiyot yo’limizni shakllantirish jarayonida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning strategik maqsadlari aniq - ravshan belgilab olinganligi, barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratilayotganligi demakdir. Iqtisodiy islohotlarning jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas , uzviy bog’liqlikda amalga oshirilib kelayotganligi milliy manfaatlarni ta’minlaydigan , iqtisodiy o’sishga yo’l beradigan , aholi farovonligini muttasil oshib borishiga olib keladigan yangicha ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish borasidagi ilk qadam bo’ldi. O’zbekistonning industrial salohiyatini saqlab qolish va oshirish , iqtisodiyotning ixtisoslashuvi, uning milliy manfaatlariga bo’ysundirilishi prezidentimiz tomonidan puxta ishlab chiqarilgan dastur hamda vazifalarning izchil bajarilishi xal qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston sharoitida belgilangan kompleks chora – tadbirlar iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo’llab quvvatlashning asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko’rsatishga qaratilgan chora – tadbirlarning puxta ishlab chiqilgani o’zining amaliy samarasini bermoqda.
1
“Xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirsh – ustuvor vazifa bo’lib qoladi.”
____________________________________________________________________ 1 Karimov I.A //jahon moliyaviy-iqtisodiyinqirozi , O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari// Toshkent-<
2) Bugungi kunda mamlakatimizning jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning yuksalish bosqichi izchil ravishda davom etayotganligi keng miqyosdagi ijtimoiy dasturlarning muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi , diversifikatsiyalash jarayonlarini amalga oshirilishida kichik biznes bo’yicha ko’rilgan chora – tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshganligi, turmush darajasining shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlar natijasidadir. 1-diagramma
31,0 33,8 34,6 35,0 35,6 38,2 42,1 45,5 48,2 49,5 0,0
5,0 10,0
15,0 20,0
25,0 30,0
35,0 40,0
45,0 50,0
2000- yil
2001- yil
2002- yil
2003- yil
2004- yil
2005- yil
2006- yil
2007- yil
2008- yil
2009- yil
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi (foizda)
Islohotlarni yanda chuqurlashtirish borasida iqtisodiyotning barcha sohalari kabi kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sohasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Buni biz yuqoridagi 1 – diagrammadan ko’rishimiz mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2000 – yilda 31 foiz bo’lgan bo’lsa 2009 – yilga kelib uning ulushi 49,5 foizga yetdi. 31 foizdan 49,5 foizgacha o’sgani kichik biznes hozirgi kunda naqadar ahamiyatli sohaga aylanib ulgurganligini bildiradi. 2010 – yilda esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada qo’llash orqali respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 52,5 foizga yetkazish bashorat qiligan .
Davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini qo’llab quvvatlashning turli usul va vositalari mavjud bo’lib, davlat soliq siyosatini takomillashtrish ya’ni iqtisodiyotda faoliyatda bo’lgan korxonalarga solinadigan turli ko’rinishdagi soliq to’lovlari stavkalarini o’zgartirish; mamlakatning moliya - bank tizimini takomillashtirish bunda tijorat banklarining hamda mikrokreditlash tizmining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlari bilan shug’ullanuvchi subektlarga beriladigan kredit portfellarini oshirish va bu orqali aholiga, xo’jalik yurituvchi subektlarga beriladigan imtiyozli kreditlar hajmini ko’paytirish; sohaga taaluqli bo’lgan huquqiy – normativ qarorlar qabul qilib qulay iqtisodiy hamda investitsion sharoit yaratish orqali va boshqa yo’llar bilan amalga oshiriladi. Bank tizimini takomillashtirish natijasida omontachilar va bank o’rtasidagi ishonchli aloqalar mustahkamlandi. Ya’ni, qulay shart va yuqori foizlarda taqdim etilayotgan omonatlar aholi mablag’larini bankka jalb etish natijasida banklarning kredit reurslarining hajmini ko’payishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimizning 2008 – yil 20- fevraldagi “Tijorat bankalarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo’shimcha chora - tadbirlar to’g’risida ”gi farmoni shu maqsadlarni uyg’unligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. O’tgan yilda aholining banklardagi omonatalri hajmi 1,7 barobarga oshdi. 2-diagramma
3-diagramma
So’ngi o’n yil ichida iqtisodiyotning real sektorlari kreditlashga yo’naltirilgan ichki manbalar 25 marta ko’paydi. Natijada, banklarning kredit portfeli tarkibi tubdan o’zgardi. 2000-yilda banklarning jami kredit resurslarining 54 foizi tashqi qarzlar evaziga shakllantirilgan bo’lsa 2009 – yilga kelib tashqi qarzlar 16 foizga tushib , 84 foizini ichki manbalar hisobidan shakllantirilmoqda.
Banklarning investitsiya maqsadlariga yo’naltirilgan kreditlarining umumiy kredit portfedlidagi ulushi qariyb 70 foizni tahkil etmoqda. Bozor iqtisodiyotida bozor munosabatlarining chuqurlashuvida hamda moliyaviy – iqtisodiy inqirozning salbiy taraflarini baratarf qilish maqsadida iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish real sektori korxonlarini qayta jihozlash, modernizatsiya qilishga va shu orqali mamalakatda tovarlarni narxlarini barqaror ushlab turish, aholini doimiy yangi ish o’rinlari bilan ta’minlash, barqaror iqtisodiy samaradorlikka erish imkonini bermoqda. Ushbu maqsadlarda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab quvvatlashda quyidagi maqsadlarni amalga oshirish rejalarga kiritildi: - Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish; - Koorperatsiya aloqalarini kengaytrish; - Mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish; - Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish
4- diagramma
2007 yilning 1 – yanvar holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga 744 mlrd so’m miqdoridagi kreditlar ajratilgan bo’lsa , 2008 –yil 1 – yanvargacha esa 1,251 trln so’m hajmdagi kreditlar ajratildi. 2009 – yil 1 – yanvar holatiga ushbu soha subektlariga qariyb 1,8 trln so’m imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu esa o’z navbatida 2008 –yilga nisbatan 2009 – yilda kichik biznes sohasiga umumiy ajratilgan kreditlarning hajmini 43,8 foizga oshganini ko’rsatmoqda. Vaholanki, 2000 –yilda sohaga 171,5 mlrd so’m hajmdagi kreditlar ajratilgan edi. Oxirgi uch yil davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga ajratilgan kreditlari miqdori 3,8 trillion so’mni tashkil etdi. Kreditlar miqdorining oshishi aholi omonatlarining ko’payishi bilan bog’liqligini aytib o’tish kerak. Jumladan 2007 – yilda aholining banklardagi omonat qoldiqlari 1,023 trln so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2008 –yilga kelib 1,724 trln so’mga , 2009 –yilda esa 2,914 trln so’mga yetdi bu 2009 –yilda 2008 –yilga nisbatan aholining omonat qoldiqlari hajmi qariyb 70 foizga oshganini anglatadi. Berilayotgan imtiyozli kreditlardan tashqari berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12 oyda 18 oygacha oshirildi. O’tgan yilda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash borasida ijobiy o’zgarishlarga erishildi. Imtiyozli kredit stavkalari , masalan, biznesni boshlash uchun ajratiluvchi kredit stavkasi 5 foizdan 3 foizga qadar pasaytirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari tomonidan xomashyo va resurslardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish chora tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan , birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidli, monopol mahsulotlar turlari pozitsiyalari 136 tadn 195 tagacha ko’paydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirish maqsadida birja xizmatinign komission xarajatlari o’rtacha 25 foizgacha pasaytirildi va birja savdolarida qatnashish uchun to’lanadigan garov puli 10 foizgcha oshirildi. Tadbirkorlar uchun yengillik yaratish maqsadida quyidagi to’lovlar miqdorini kamaytirish bo’yicha xujjatlar loyihasi ishlab chiqildi : - Arxitektura rejalashtirish topshirig’ini ishlab chiqishga ketadigan to’lovlar 2 martagacha; - Ekologik ekspertizadan o’tkazish to’lovlari 20 foizdan 90 foizgacha ; - Turar joylarini naturar joy toifasiga o’tkazish xarajatlari 9 martagacha; - Loyihalash xujjatlarini ekspertiza qilish harajatlari 2 martagacha . Shuningdek, bankda hisob raqami ochish va yopish uchun olinadigan to’lovlar umuman bekor qilindi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirsh maqsadida tartibga soluvchi 200 dan ortiq qonun xujjatlari loyihalari ekspertizdan o’tkazildi. Buning natijasida 26 ta qonunga o’zgartirsh va qo’shimchalar kiritildi, 76 ta idoraviy meyoriy – huquqiy va qonun osti xujjatlari loyihalari ekspertizadan o’tkazildi. Shuningdek, inqirozga qarshi choralar dasturida 2009 – yilda xo’jalik yurituvchi subektlarni tekshirishlar sonini kamida yana 30 foizga kamytirish ko’zda tutilgan. So’ngi yillarda respublikada kichik biznes , tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlash va rag’batlantirish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil tadbirlar, xizmat ko’rsatish sohasidagi alohida olingan tarmoqlarni rivojlantirish bo’yicha qabul qilinayotgan qator dasturiy yo’nalishlar xizmat ko’rsatish va servis sohasini , shuningdek maishiy xizmat ko’rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. 1- jadval 2008-yilda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o’zgartirish dasturlarining bajarilishi Hududlar Sog’lomlashtirish dasturidagi korxonalar soni Rekonstruksiya ishlari ketayotgan korxonalar Yangi
korxonalar Ijobiy
natijaga erishgan korxonalar Ishlab
chiqarish xajmini 1,2 barobardan oshirgan korxonalar Qoraqalpog’iston respublikasi 37
4 2 27 24 Andijon
37 8 1 24 22
Buxoro 49
6 3 35 24 Jizzax
27 7 - 17 17
Qashqadaryo 31
1 4 23 23 Navoiy
27 3 - 21 19
Namangan 36
4 2 26 16 Samarqand 51 11
- 34
29 Sirdaryo 16 4
11 10
Surxodaryo 37
2 4 27 16 Toshkent 37 3
29 27
Farg’ona 52
9 1 36 20 Xorazm
61 1 3 50 24
Toshkent shahri 63
12 1 44 43 jami
561 75
22 404
314
Iqtisodiyotda nochor ahvolga tushib qolgan korxonalarning faoliyatlarini qayta yo’lga qo’yib olishlari uchun ularda sog’lomlashtirish ishlari olib borilmoqda. 2008 yilda respublikada 561 ta korxona sog’lomlashtirish dasturiga kiritilgan bo’lsa, hozirgi kunda 314 ta korxona qayta tiklanib oldingi holatiga nisbatan 1,2
barobarga samaraliroq ishlamoqda. Tashkil etilgan yangi korxonalar soni esa 22 taga yetdi. Inqirozga qarshi dastur doirasida sohani yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilgan yana bir muhim yo’nalish bu soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish mehanizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab - quvvatlash maqsadida qo’shimcha choralar ko’rish hisoblanadi. 2009 –yilda mamalakatimiz xo’jalik subektlariga keng ko’lamli qo’shimcha soliq va bojxona imtiyozlari berildi. Rag’bat , imkoniyat va imtiyoz bor joyda taraqqiyot bo’ladi. Aynan shunday imtiyozlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari ham ulkan muvaffaqqiyatlarni qo’lga kiritmoqdalar, 2009 –yil davomida yengil va oziq – ovqat sanoatinign iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturida ishtirok etayotgan korxoanalar uchun daromad solig’i va yagona soliq to’lovi bo’yicha imtiyozlar berildi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun soddalashtirilgan soliq tizimi joriy etildi. 2-jadval
Soliq stavkalari
2008
2009
2010(rejada) Foyda solig’inining asosiy stavkasi(foizda) 10 10
9 Yagona soliq to’lovining asosiy stavkasi(foizda) 8 8 7
2 Inqirozga qarshi ishlab chiqilgan dastur doirasida amalga oshirilgan yana bir muhim tadbirimiz – soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha xo’jalik tuzilmalarini qo’llab – quvvatlash maqsadida qo’shimcha choralar ko’rilganidir. Joriy yilning 1 – yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi staavkasi 8 foizdan 7 foizga kamytirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan
2
I.A. Karimov ” Asosiy vazifamiz – vatanimiz tarqqiyoti va xalqimiz farovinligini yanada yuksaltirishdir ” Toshkent - <
mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar , nodavlat xo’jalik yurituvchi subektlarni oladigan dividentlarining investitsiyalarga , avval olingan kreditlar uchun xisob – kitob qilishga yo’naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod qilindi. Shuningdek, yagona soliq to’lovi stavkasi borish qiyin bo’lgan va tog’li xududlardagi chakan savdo, ulgurji va chakan savdo faoliyatini yurituvchi dorixonalar uchun 1 foizga pasaytirildi. Borish qiyin bo’lgan va tog’li xududlarda tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatdan o’tkazish yig’imi belgilangan stavkaning 20 foizi miqdorida, savdo korxonalaridan esa minimal oylik ish haqi miqdorida undirish belgilandi. Joriy etilishi soha subektlariga imtiyozlar bergan bo’lsa, yagona soliq to’lovi stavkasinining pasayish tendensiyasi ularni yanada rag’batlantiruvchi omillardan biri bo’lmoqda. 2008 – yilda yagona soliq to’lovi 8 foizni, tashkil etgan, 2009 – yilda 8 foizni, 2010 – yilga kelib uning stavkasi 7 foizga tushirildi. Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish doirasida soliq imtiyozlari va preferensiyalariberish hisobidan 500 milliard so’mdan ortiq mablag’ xo’jalik subektlari tasarrufida qoldirildi. Bu mablag’ ularning aylanma mablag’larini to’ldirish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash, yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish, ishchilarni moddiy rag’batlantirish uchun
yo’naltirildi. Soliq yukalarining yegillashtirilayotganligi, banklar tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditlarning salmog’ini oshirilayotganligi yildan yilga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining sonini oshirmoqda.
5- diagramma
2000 –yilda bu soha subektlari soni 142,9 mingtani tashkil etgan bo’lsa, 2008 – yilga kelib ularning soni 398,6 mingtaga yetib 2007 –yilga nisbatan 1,9 barobar ko’paygan bo’lsa, 2009 –yilga kelib ularning soni kasanachilik subektlari soni bilan hisoblanganda 429,5mingtagacha oshdi. Kichik biznes subektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi 2008 – yilda 2007-yilga nisbatan 22 foizga ko’paydi. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida ish bilan band bo’lgan jami aholining qariyb 76 foizidan ko’prog’i aynan shu sohada mehnat qilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining sonini oshishi ishlabchiqaruvchi kichik korxonalarning sonini ortishiga u esa o’z navbatida aholi uchun yangi ish o’rinlarini tashkil etilishiga olib keladi. Iqtisodiyotimizda har yilda tashkil etilayotgan yangi ish joylari soni ham bu soha vakillarining sonini ortib borishiga to’g’ri proporsional ravishda oshib bormoqda. Masalan, 2008 – yil davomida , inqiroz bo’lishiga qaramasdan, jami 661 mingta yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lib, jumladan : - Kichik biznes soxasida 374 mingtaga yaqin; - Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 220 mingta
- Kasanachilki hisobidan 97,8 mingta yangi ish o’rinlari yaratilgan bo’lsa, 2009 yil davomida esa jami 940 mingtaga yaqin yangi ish o’rinlalri yaratildi, jumladan: - Qishloq joylarida 500 mingtaga yaqin; - Kchik biznes sohasida 390 mingta atrofida; - Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 270 mingta; - Kasanchilik va uy mehnatida 130 mingga yaqin yangi ish joylari tashkil etilib respublikamiz aholisi yangi ish o’rinlari bilan ta’minlandi.
3) Jahonning rivojlangan davlatlari iqtisodiyotida kichik biznes , xususiy tadbirkorlik hamda xizmat ko’rsatish sohalari mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bu soha vakillariga davlatlar hukumatlari tomonidan bir qancha imtiyozlar , rag’batlar berilib bu soha subektlarini qo’llab – quvvatlab keladi. Masalan, Fransiyada hukumat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni asosiy yo’nalishlari quyidagicha amalga oshiriladi: - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini zaruriy axborotlar bilan ta’minlalsh; - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni raqobatbardoshliligini ta’minlash va sotishda ko’maklashish; - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari eksport salohiyatini oshirish va uni rag’batlantirish; - Moliyaviy yordam ko’rsatish; Yaponoya misolida qaraydigan bo’lsak, hozirgi kunda Yaponiyada mavjud bo’lgan har 10 ta korxonalarning 9 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalri hisoblanib, ular mamlakat iqtisodiyoti yuksalishida o’z o’rniga ega. 2009 –yil yakunlariga ko’ra Malayziya yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish xajmi 191,4 mlrd Amerika dollari ; aholi jonboshiga 7500 Aqsh dollar ini tashkil etdi. Malayziya jahonda ishlab chiqarishva ekport qilish bo’yicha jahonda 48 – o’rinda , Janubiy-Sharqiy osiyoda Singapurdan keyingi o’rinda turadi. Iqtisodiyotining asosiy qismini sanoat ya’ni Malayziya yalpi ichki mahsulotining qariyb 46 foizini, servis xizmat ko’rsatish sohasi yalpichki mahsulotning 41 foizini, 13 foizini qishloq xo’jaligi tashkil etmoqda (2009 – yilda.) Bunday yutuqlarga erishishida albatta Malayziya bank tizimining o’ziga xos o’rni bor. Bu tizim 48 ta mahalliy, 24 ta xorijiy banklardan tashkil topgan. Bugungi kunda malakatda kichik va o’rta biznes subektlarining umumiy soni 548 mingta bo’lib, shulardan 80 foizini mikrofirmalar, 100 mingdan ortig’ini kichik biznes subektlari tashkil etadi. Kichik va o’rta biznes sohasida mamlakatning ishga yaroqli aholinig 56 foizi mehnat qiladi. Bu sohani rivojlantirish maqsadida so’ngi uch yil davomida ajratilgan kreditlarning 58 foizi chakan biznesga, 34 foizi xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishga yo’naltirildi. Malayziyaning shu sohaga yo’naltirlgan banklarning maqsadi: - Mahalliy tub aholi, tadbirkorlik subektlarini mikromaliyalash; - Tadbirkorlik subektlarini zarur axborotlar bilan ta’minlash; - Mamlakat bo’yicha biznes tarmog’ini yaratish; - Tadbirkorlikni yanada qo’llab –quvvatlash. Respublikamizda ham kichik biznes va hususiy tadbirkorlik va servis sohalarini rivojalntirishda o’ziga hos yo’li yaratildi. Rivojlangan davlatlardan samarali yo’llarini olinib hozirgi kunda sohani rivojlantirishni hukumat tomindan quyidagilar eng samarali yo’llardan hisoblanadi ular: - Davlat budjeti mablag’lari evaziga qo’llab – quvvatlash; - Xar hil fondlar va uyushmalar mablag’lari hisobiga ; - Moliya – kredit tizimida turli imtiyozlar berish - Axborotlar bilan ta’minlash. Agar 2007 – yilda Aqsh ning Yalpi ichik mahsuloti o’sish 2 foizni, Yaponiyaning yalpi ichki mahsuloti ham 2 foizni, Buyuk Britaniyaning yalpi ichi mahsuloti o’sishi 3 foizni tashkil etgan bo’lsa 2007 – yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 9,5 foizni tashkil etdi . 2008 - yilda Aqshda YAIM 1,57 foizga , Yaponiya YAIMi 0,6 foizni, Buyuk Britaniyan YAIMi 0,9 foizni respublikamiz da esa YAIM o’sish surati 9 foizni tashkil etdi. 2009 – yilda mamlakatimiz yalpi ichkimahsuloti o’sishi 8,1 foizga oshdi. Ko’rinib turibdiki jahonning rivojlangan davlatlarida Yalpi ichki mahsulotlari o’sishi past bo’lib turgan bir paytda respublikamiz barqaror iqtisodiy o’sishga erishmoqda. Bunday katta muvaffaqqiyatlarga barcha sohalar rivojiga qaratilayotgan ulkan imkoniyat va berilayotgan imtiyozlar natijasida erishmoqdamiz. Mamlakatimizda berilayotgan
turli imtiyozlarni samarasi o’laroq iqtisodiyotimizda 2007 – yilda bakro’t deb el’lon qilingan korxonalarning 67 tasi qayta tashkil etilib faoliyat yuritayotgan bo’lsa, 2008 – yilga kelib ularning soni oshdi va 96 taga yetgan. Korxonalarning kengaytirilishi va modernizatsiya qilinishi natijasida 2007- yilda 78 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2008 – yilda esa 103 turga ko’paydi. Modernizatsiya ishlarini yanada jadallashtirish samarasida 2009 – yilda 120 ga yaqin yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi.
Xulosa. 2010 – yilning 1 yarim yilligi natijalalariga ko’ra respublika yalpi ichki mahsuloti 108 foizni tashkil etib, sanoat hajmi 108 foizni, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish 111,8 foizni, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 106,9 foizni qurilish ishlari 111,5 foizni , chakana savdo ayalnmasi 110,3 foizni , pullik xizmatlar 112 foizni tashkil etdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz bilan bilan profitsititet bilan bajarildi, inflyatsiya darajasi 4 foizni tashkil etdi. 2010 – yilning birinchi yarmida respublikamizda 509,4 mingta yangi ish o’rinlari yaratilgan bo’lib buning asosiy qismini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari tashkil qilayotgani ahamiyatga molikdir. 2000 –yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning respublika YAIMi tarkibidagi ulushi 31 foizni tashkil qilgan bo’lsa 2009 – yilga kelib uning ulushi 49,5 foizga yetdi bu esa iqtisodiyotda bu soha yetakchi o’ringa chiqib olganini anglatadi. Mikrofirma va kichik korxonalar uchun berilayotgan soliq imtiyozlari, tijorat banklari tomonindan ularni modernizatsiyal qilish , texnik va texnalogik qayta jihozlash uchun berilayotgan imtiyozli kreditlari natijasida respublika iqtisodiyoti barqaroro o’sish suratlari ta’minlanib unda : aholining ish joylari bilan doimiy ta’minlanishi masalasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlarmiqdori va sifatini yanada oshirish, ularning narxlarini barqaror nazorat qilib turish kabi masalalar hal etilmoqda. Jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar faoliyatlariga solinadigan yagona soliq to’lovining stavkasini 8 foizdan 2010 – yilda 7 foizga tushirilishi, tijorat bamklari tomonidan tomonidan beriladigan kreditlar hajminining 1,251 trln so’mdan 1,8 trln so’mga oshirilishi natijasida katta imkoniyatlar yaratilib iqtisodiyotmizda yildan yilga xo’jalik subektlari soni oshib bormoqda. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi inqiroz va va bozor munosabatlarining chuqurlashuvi davrida kichik biznes subektlariga berilayotgan soliq , krdeit
imtiyozlari iqtisodiyotimizni barqaror va muttasil o’sib borishini ta’minlash, milliy iqtisodiytimizni raqobatbardoshliligini oshirish hamda jadal taraqqiyotga erishishning muhim omili hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston respublikasi < 2. O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining qarori. <<2008 – yilda respublikani ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 – yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to’g’risida>>. 2009 yil 13-fevral 3. O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining qarori.<<2006 – yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 – yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlari to’g’risida >> Xalq so’zi, 2007 yil 15-fevral 4. O’zbekiston respublikasi prezidentining qarori. < bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar
o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirtish chora-tadbirlari to’g’risida>>. 2006 yil 5-yanvar
5. Karimov I.A “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartarf etishning yo’llari va choralari”. Toshkent - < 6. Karimov I.A “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” . Toshkent - < 7. Islom Karimovning “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarini o’rganish
bo’yicha o’quv qo’llanma, Toshkent - < 8. “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish
borasidagi ustuvor yo’nalishlar amalgam oshirilishini jadallashtirish chora- tadbirlari to’g’risida ” O’zbekiston respublikasining farmoni . 2005 –yil,14- iyun
9. “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida ” O’zbekiston respublikasi
prezidentining farmoni. 2005 –yil, 20- iyun 10.“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish” Toshkent - <
Internet ma’lumotlari: www.gov.uz
www.mf.uz www.ziyonet.uz
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirlgi Toshkent moliya instituti Moliya-iqtisod fakulteti “”Moliya” kafedrasi
Mavzu: Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda davlat moliya-kredit tizimining ro’li.
Talaba:mm-66 guruh , Hamroqulov U. Ilmiy rahbar: Yo’ldosheva R.
Toshkent - 2010 Download 437.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling