1. Menejmentning iqtisodiy usullari Menejmentning tashkiliy-farmoyish usuli


Menejmentning tashkiliy farmoyish usuli


Download 22.12 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi22.12 Kb.
#192690
1   2   3   4
Bog'liq
1509377595 69527

2. Menejmentning tashkiliy farmoyish usuli


Xo'jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo'yicha faoliyati menejmentning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo'llash bilan bog'liqdir. Menejmentning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritushuni ta'minlovchi ta'sir etish tizimidan iboratdir. Menejmentning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to'ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari, huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga asoslanadi.

Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma'muriy va tashkiliy jihatdan ta'sir o'tkazadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma'muriy hujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo'llash asosini menejmentning barcha tamoyillariga rioya qilish tashkil etadi.

Nima sababdan menejmentning ma'muriy-farmoyish usullari ma'muriy shakllar bilan qo'shib Olib boriladi? Bu ko'p hollarda tashkiliy ta'sir ma'muriy huquqni qo'llash, ya'ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «menejmentning tashkiliy-farmoyish USUli» tushunchasi «ma'muriy boshqaruv usuli» tushunchasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari menejmentning turli darajalariga turli ko'lamda va shaklda tashkiliy ta'sir etishni o'rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliyfarmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta'minlaydi, tashkiliy tizim, menejmentning har bir bobg'ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta'minlaydi, ishda tartib o'rnatadi, qaror va farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi, joy-joyiga qo'yadi va h.k.

Menejmentning tashkiliy farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta'sir etish manbalari va yo'nalishlari bo'yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog'liq qolda ta'sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruhga bo'linadi: tashkiliy-barqarorlashtiłuvchi, farmoyish va intizom.

Ta'sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullarining asosiy maqsadi hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya'ni vazifa, majburiyat, javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o'rnatish va h.k.

Ma'muriy ta'sir tashkiliy shakllarining ikki: tashkiliy reglamentlash va tashkiliy me'yorlash turi mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada menejment chegaralarini aniqlash maqsadida ta'sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib lavozimlar haqida Nizomni ko'rsatish mumkin. Tashkiliy me'yorlash hujjatlari vositasida xom ashyo, materiallar sarfini me'yorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mehnat sarfi, ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, texnikaviy va texnologik me'yorlar (standartlar, me'yorlar, qayta ishlov berish usuli, tartibi va h.k.), ishlab chiqarishni tashkil etish me'yorlari (maqbul ishlanma ko'lami) yaratiladi.

Ta'sir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko'zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida qo'llaniladi. Farmoyish ta'sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakati, boshqaruvning barcha bo'linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta'minlab berishdarł

iborat. Ta'sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, ko'rsatma va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Buyruq bu rahbarning qo'] ostidagi xodim]ardan ma'lum vazifani bajarishni yozrna yoki og'zaki ravishda talab qilishidir. Buyruq faqat chiziqli menejment tizimi rahbari tomonidan beriladi.

Farmoyish — xodirnlardan ayrirn ishlab chiqarish va xo'jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o'rinbosarlari, xizmatlar boshliqlari tomonidan ular ega bo'lgan vakolatlar doirasida beriladi.

Menejment amaliyotida qo'llaniladigan ta 'sir qilish usullaridan biri og'zaki ko'rsatmadir. Ta'sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko'pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada boshliqlari, ustalar qo'llaydilar.

Farmoyish vositasida ta'sir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi. Buyruq va farmoyishlar uzoq yoki qisqa muddatga mo'ljallangan bo'ladi.

Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi kerakligi belgilanadi. Ta 'sir etishning farrnoyish usuli tashkiliy ta'sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni ko'proq talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat qilingandan so'ng yana farmoyish bilan ta'sir etishga ehtiyoj tug'iladi. Farmoyish usulining qo'llanish ko'lami boshqaruv kadrlari malakasi, tashabbuskorligi va qobiliyatiga bog'liqdir.

Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta'sir etish faqat qonunga Zid bo'lmagan holdagina bajarilishi qat'iv bo'lgan huquqiy kuchga ega bo'ladi. Shu sababti barcha tizirndagi tashkiliy-farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka bo'vsungan holda amalga oshishi lozim.

Intizomiy ta'sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta'sir etish usullarini to'ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini ta'minlashga qaratilgandir.


Download 22.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling