5-ma’ruza. Yormabob donlarga gidrotermik ishlov berish usullari reja


Download 19.28 Kb.
bet1/3
Sana31.10.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1735502
  1   2   3
Bog'liq
5-Ma\'ruza


5-MA’RUZA. Yormabob donlarga gidrotermik ishlov berish usullari
REJA

Yorma zavodlarida qayta ishlov beriladigan don partiyalarini sakillantirish. Gidrotermik ishlov berish usullari va un ishlab chiqarishdagi farqi. Don massasini namlash va dimlash jarayoni. Don massasini bug’lash usuli. Namlangan donni quritish. Infraqizil nur bilan sovuq kondisiyalash va quritish.




Tayanch so’z va iboralar

Gidrotermik, don massasini bug‘lash, namlangan donni quritish, dimlash jarayoni


Yormabop donlarga gidrotermik ishlov berish usullari
Yormabop donlarga gidrotermik ishlov berish – donga sun’iy ravishda suv (bug‘) va issiqlik bilan ta’sir etib, uning texnologik xususiyatini o‘zgartirish, qulay sharoitda yuqori sifatli yorma olish, uning ozuqaviy va ta’miga oid sifatini oshirish asosida saqlash davrini uzaytirishga erishiladi. Ma’lumki, don – tirik organizm bo‘lib, unga tashqaridan ta’sir etish natijasida, unda murakkab fizik-kimyoviy va biokimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Uning mexanik tuzilish tarkibi: pishiqligi, qayishqoqligi, yorishqoqligi va shaffofligi o‘zgaradi. Gidrotermik ishlov berish natijasida dondagi oqsil modda denaturatga, kraxmal esa dekstringa aylantiradi va boshqa jarayonlar amalga oshadi. Bu esa yormaning tarkibini o‘zgartirib yuboradi. Donga suv bilan ishlov berilganda, donning qismlari bir xilda shishmaydi. Gul qobig‘i kapillyar yuzaga ega bo‘lib, mag‘izga nisbatan namlikni o‘ziga tez oladi, meva qobig‘i esa endospermga nisbatan namlikni tez yutadi. Endosperm oqsili gidrofil modda bo‘lganligi uchun, kraxmalga nisbatan namlikni ko‘p va tez singdirish qobiliyatiga ega. Donning alohida qismlari bir xil shishmasligi natijasida uning ichki qismida o‘zgarish ro‘y beradi.
Namlikning sezilarli darajada ortib borishi suli, sholi va arpa donlari meva va gul qobiqlarining qayishqoqligini orttiradi. Grechixa, arpa donlarining gul qobig‘i bilan meva qobig‘i orasidagi bog‘lanish zaiflashtirib, ular orasidagi uzunasiga qo‘shilgan hujayralarning emirilishiga olib keladi.

Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling