5-ma’ruza. Yormabob donlarga gidrotermik ishlov berish usullari reja
Don massasini namlash va dimlash jarayoni
Download 19.28 Kb.
|
5-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Don massasini bug‘lash usuli
- Namlangan donni quritish
Don massasini namlash va dimlash jarayoni
Don massasini suv yoki bug‘ bilan namlashning aniq tartibi o‘rnatiladi. Donga namlik, uni o‘rab turgan qobiq va ayniqsa murtak orqali kirib boradi, bunga qobiqning ko‘p sonli kapillyarlari imkon beradi. Namlovchi arparat don massasining barcha yuzalarini baravar namlashni ta’minlashi kerak. Donni namlash uchun sarflanadigan suv miqdori donning turi, unga qaysi tartibda GTI berilishi, uning dastlabki namligi va necha foiz namlanishiga asoslanib hisoblanadi. Don massasini talab etilgan darajada namlash uchun sarf bo‘ladigan suv miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi. bu erda: Gk – sarfladigan suvning og‘irligi, kg; Gd – donning og‘irligi, kg; W1 – donning dastlabki namligi, %; W2 – namlangandan so‘ng donning namligi, %. Don massasini bug‘lash usuli Donga, to‘ydirilgan yoki qizdirilgan bug‘ bilan ta’sir etish, issiq suv bilan namlashga nisbatan samaraliroqdir. Bug‘ don massasining yuzasida kondensatga aylanib, qobiqlari orqali mag‘izga kirib boradi. Bunda don qizishi natijasida kondensatdan katta miqdorda bug‘ ajralib chiqadi. Kondensat yorishqoq bo‘lmaganligi sababli, qizigan donning ichiga suvga nisbatan tez kirib boradi. Issiqlik va suv ta’sirida donning barcha qismlarida molekulalararo bog‘lanish zaiflashib, mag‘izdan parda va endospermdan qobiq oson ajraladi. Namlangan donni quritish Namlangan va qizdirilgan don, bug‘ bilan quritadigan arparatga tushadi (arparat bir qancha quvrlardan iborat bo‘lib, ularning ichida bug‘ aylanib yuradi). Bug‘ning bosimi 2-5 atm (t=133-158oS) bo‘lib, bu erda don kuchli darajada qizib, nami bug‘lana boshlaydi. Ventilyator esa qizigan havo bilan bug‘langan namni tortib oladi. Quritish bosqichlari donga mexanik ravishda yorishib turgan erkin suv, ya’ni don qobig‘i kapillyarlaridagi suv va nam bug‘lanadi. Parda bilan mag‘iz yuzasidagi nam ham bug‘ga aylanadi, bu esa parda bilan mag‘iz orasidagi bog‘ni uzib, ularni ajratadi. Dastlabki namligi W1 = 14-15 % bo‘lgan sulini bug‘lash natijasida uning namligi 4-6 % ga oshadi, quritishdan so‘ng esa uning namligi Wd = 9,5÷10,5 % ni tashkil qiladi. Bunda dondagi erkin namlikdan tashqari don massasidagi namlik ham bug‘lanadi. Download 19.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling