1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
Download 19.55 Kb.
|
1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
1.Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari Merkantilizm davri har bir shaxs o’z-o’zi uchun iqtisodchi, degan aqida bilan xarakterlandi. Qarashlar, fikrlar xilma-xil bo’lganligi sababli 1500–1750-yillarda umumlashgan adabiyot yaratish qiyin kechdi. Bundan tashqari bir yozuvchi birgina mavzuga e‘tibor qaratgan bo’lib, hech bir yozuvchi bu tushunchalrni jamlab va sintezlab keyingi iqtisodiy g’oyalarga turtki bo’la oladigan fikrlarni yarata olmadi. Merkantilizm atamasi 1500-1750-yillar oralig’ida yaratilgan iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. Merkantilistlar adabiyoti G’arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida yaratilgan bo’lsa ham, uning asosiy g’oyalari Ingliz va Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sxolastik iqtisodiy adabiyotlar o’rta asr cherkov ruhoniylari tomonidan yozilgan bo’lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar tadbirkorlar tomonidan yozilgan. Bu adabiyotlar iqtisodiy siyosatdagi masalalarga qaratilgan bo’lib, odatda savdogarlarni qiziqtirgan muammolarga bog’liq bo’lgan. Shu sababdan ularning xulosalarining haqqoniyligiga va alohida munozaralarning tahliliy ahamiyatiga shubha bilan qaraldi. Faqatgina ayrim yozuvchilargina obyektiv tahlil muammolaridan yetarlicha xoli ravishda ish olib bora olishgan. Shunday bo’lsada, merkantilistik davri davomida iqtisodiy adabiyot sifat va miqdor jihatidan yuksalishga erishdi. 1650- yildan 1750- yilgacha bo’lgan davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha oldi va ushbu adabiyotlarda keltirilgan tahliliy tushunchalar tez orada tarqalib, 1776-yilda Adam Smit muallifligidagi ―Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot ― asariga asos bo’lib xizmat qildi. Merkantilizm – bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning rivojlanishiga bo’lgan qarashlar tizimi va proteksionizm prinsiplariga asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning yemirilish davriga muvofiq keladi va ―noindustriall iqtisodiy davrdagi iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta‘limot hisoblanadi. Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar. 2.Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan izohlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta‘minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xomashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga proteksionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi. Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o’zgardi. Avvalo, naturalxo’jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o’rnini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va jamiyat ishlarini qo’llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, ―qo’shningni quritsang, go’yoki millat boy bo’ladi kabi noto’g’ri siyosat ilgari surilgan. Ko’pchilik merkantilistlar fikriga ko’ra iqtisodiy faoliyatdan maqsad iste‘mol emas, balki ishlab chiqarishdir va bu keyinchalik klassik iqtisodchilar tomonidan ham qabul qilindi. Shuningdek, ularning fikricha, millat boyligi shaxsiy boyliklar yig’indisi shaklida aniqlanmaydi. Ular bir vaqtning o’zida ham ishlab chiqarishni, ham eksportni rag’batlantirish hamda iste‘molni cheklash orqali millatning boyligini ko’paytirish mumkin, deb hisobladilar. Shunday qilib, xalqning bo’ligi ko’pchilikning qashshoqligiga asoslanadi. Merkantilistlar ishlab chiqarishga katta ahamiyat bergan bo’lsalar ham, ichki bozorga ko’p mahsulot ishlab chiqarishni ma‘qullamaganlar. Ko’p ishlab chiqarish bilan birga kam iste‘mol qilish eksportni oshirishga imkon beradi, bu esa millat boyligining va qudratining oshishiga olib keladi, deb hisoblaganlar. Merkantilistlar xalqaro savdoda nisbiy ustunlikka erishish uchun ishchilarga kam ish haqi berilishi tarafdori bo’lganlar. Ularning fikricha, yashash minimumidan yuqori maosh berish mehnat layoqatini kamaytirishi mumkin, yuqori ish haqi yil davomida kamroq soat ishlashga va yalpi ishlab chiqarishni kamaytirishga sabab bo’lishi mumkin, deb hisoblanganlar. 3.Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining tarixiy g’oyalari Merkantilizm va uning vakillari ijodiy merosidagi ham pozitiv, ham negativ unsurlar nuqtayi nazaridan iqtisodiy ta‘limotlar tarixida o’chmas iz qoldirdi. Birinchidan, merkantilistlar konsepsiyasi deyarli butunlay muomala sohasidagi xo’jalik hayotining amaliyotiga qaratilgan. Shunday bo’lsada, bu ularga ko’plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy muomilaga kiritish, savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga ularning ta‘siri doimo aynan bir xil bo’lgan emas. Masalan, mamlakatning o’z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul muhim vosita ekanligini to’g’ri tushuntirib bergach, merkantilistlar milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e‘tibor bermadilar. Bundan tashqari ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan. «Ixtiyoriy ishsizlik»ning asosi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi «yalqovlik» yoki «axloqiy buzuqlik» deb hisoblashgan. Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining Yevropada ancha rivojlangan mamlakatlar –Angliya va Fransiyada klassik siyosiy iqtisodning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib berishgan. Xususan, Fransiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol proteksionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura tarmog’i yaratildi. Ammo bir vaqtning o’zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo’li bilan fermer xo’jaliklarining shakllanishiga to’sqinlik qilindi. Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma‘lumki, Fransiyaga nisbatan ancha «unumli» bo’ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasida bu mamlakatning proteksionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari odatda, Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri Tomas Man nomi bilan bog’lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma‘lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan bo’lgan g’oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o’z aksini topdi. Bundan tashqari XIX asrda Angliya ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantilistik chora-tadbirlarni, jumladan, ichki va tashqi savdoda to’la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi. 4.Merkantilizm va hozirgi zamon J.M Keyns o’zining ―…umumiy nazariyasi‖ning merkantilistlarga bag’ishlangan ―Merkantilistlar haqida deb atalgan qismida ularni iqtisodiy rivojlanishga olib keladigan chora-tadbirlar haqida tushunchaga ega bo’lgan iqtisodchilar sifatida ta‘rifladi. Lekin klassik iqtisodchilar 1776-yildan Keyns davrigacha merkantilistik adabiyotlarni ahamiyatsiz, deb hisobladilar. Klassik va Keyns nazariyasining xususiyatlarini solishtirish orqali bunday farqlar mavjudligini tushunish mumkin bo’ladi, albatta. Smit va boshqa klassik iqtisodchilar ishlab chiqarishning real hajmini belgilab beruvchi omillarga asosiy e‘tiborni qaratganliklari sababli ularning nazariyalari faqat taklif tarafiga urg’u beradi. Keyns yalpi talabning ahamiyatiga e‘tibor qaratgan bo’lsa ham u o’zining nazariyasi va merkantilist g’oyalari o’rtasida ma‘lum darajada bog’liqliklar mavjudligini bildi. U ularning yetarlicha iste‘mol qilmaslik g’oyasini ma‘qulladi va merkantilistlarning pul miqdorining oshishi ishlab chiqarishni ko’paytiradi, degan fikrlarini to’g’ri, deb baholadi. Keyns fikricha, merkantilistlar ijobiy savdo balansi ichki sarflarni oshiradi va shu orqali daromadlar va bandlik darajasini ham oshiradi, deb hisoblaganlar. Avvalgi yozuvchilar tadqiqotlarini baholashning yana bir muammoli tarafi ularning intellektual muvaffaqiyatlarini baholashning zarurligidadir. Bu baholash to’liq zamonaviy mezonlar asosida amalga oshirilishi kerakmi, yoki bo’lmasa, o’sha davr tahliliy rivojlanish darajasiga mos ravishda amalga oshirilishi kerakmi? Ta‘limot tarixchilarining asosiy qismi bu ikki qarash o’rtasidagi pozitsiyada bo’lsalar ham, avvalgi iqtisodchilarning nisbiy ahamiyati haqida har xil fikrga keladilar. Merkantilizmga nisbatan bildirilgan yana bir munosabatni qayd etib o’tishimiz lozim. Ayrim iqtisodchilar merkantilizmni ularning namoyondalari ilgari surgan g’oyalari asosida emas, balki ularning manfaatlari asosida baholashadi. Merkantilistlar zamonaviy iqtisodiy tilda ―manfaat qidiruvchilar deb atalgan. Ular foyda ko’rish maqsadida davlatni ishga solib o’zlari uchun imtiyozlar yaratganlar. Umuman olganda ular davlatning monopollik imtiyoziga sazovor bo’lgan savdogarlar bo’lib, bu monopol-savdogarlik ularga balandroq narx o’rnatish imkoniyatini bergan. Download 19.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling