#(1) Merkantilizm
Download 146,69 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqXba-71 guruh talabasi Rahmonov Asadbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- (1) Merkantilizm
Xba-71 guruh talabasi Rahmonov Asadbek 8-variant 1. Merkantilizm g‘oyasi vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy shart- sharoitlari. 2. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va uning turlari 3.Ehtiyoj va uning o‘sib borishi qonuni. Javoblar: #(1) Merkantilizm - fransuzcha : mercantilisme , italyancha : mercante — savdogar degan ma ’nolarni anglatadi 1) iqtisodiy tafakkur tarixida mu- him yoʻnalishlardan biri, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan; 2) kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. Merkantilizmning vujudga kelishi va rivojlanishi Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Merkantilizm dastlab qonuniy yoʻl bilan pulni koʻpaytirishga qaratilgan siyosatni targʻib qilgan. Xorijdan kelgan savdogarlarning pulni oʻz mamlakatiga olib ketishini taqiqlagan, savdodan tushgan pulga mahalliy sanoat mahsulotlarini harid qilish zarur boʻlgan. Merkantilizm davlatning iqtisodiyotga faol aralashishini talab etadi. Merkantilizm taʼlimotiga koʻra, boylik ishlab chiqarishda emas, balki muomala sohasida yuzaga keladi va u aynan mamlakatdagi oltin, kumush va boshqa javohirlarda oʻz aksini topadi. Merkantikizm 15-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlab, 17-asrda ravnaq topdi, 18-asrning 1-yarmiga qadar nufuzini saqgsab keldi. Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkretyen (Fransiya) faol savdoni targʻib qildi, yaʼni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib, boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi. Merkantilizm mo hiyatan oʻtkinchi taʼlimot boʻlishiga qaramasdan, uning gʻoyalari tovar-pul, moliya-kredit, savdo rivojiga muhim hissa qoʻshdi. Kapitalizmning paydo boʻlishi bilan merkantilizmning asosiy qoidalari yangi iqtisodiy sharoitga mos kelmay qoldi. Merkantilizm oʻrniga erkin iqtisodiy (proteksionizmga qarshi) faoliyatni nazariy asoslagan klassik siyosiy iqtisod maktablari vujudga keldi. #(2) Resurslar cheklangan sharoitda jamiyat ham o‘z qarorini tanlov asosida qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bunda ulardan to‘liq va samarali foydalanish hamda ehtiyojlarni to‘laroq qondirib borish talabi hisobga olinadi. Iqtisodiy faoliyatda foydalanishga yaroqli bo‘lgan moddiy tabiiy va inson resurslar iqtisodiy resurslarni tashkil qiladi. Iqtisodiy resurslar to‘rtta turga ajratadi. Yer-tushunchasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan er va barcha tabiiy resurslarni anglatadi. Ekin maydonlari, o‘rmonlar, mineral va neft zahiralari hamda suv resurslari shular jumlasidandir. Ishchi kuchi insonda mavjud bo‘lgan jismoniy va aqliy qobiliyatlar yig‘indisi. Mehnat - esa inson ishchi kuchining sarflanish jarayonidir. Kapital - tushunchasiga iste‘mol tovarlari va xizmatlarini yaratishda foydalaniladigan kishilar tomonidan yaratilgan barcha ishlab chiqarish vositalarini kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vositalari, etkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Kapital tovarlari haridiga sarflarga investitsiya deb qaraladi . Resurs sifatidagi kapital iste‘mol tovarlaridan farq qiladi. Iste‘mol tovarlari inson ehtiyojini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondiradi, vaholanki kapital resurs tovarlarini ishlab chiqarishga jalb etiladi. Resurs sifatidagi ―kapital‖ga jihozlar, texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalarini anglatadi. Tadbirkorlik qobiliyati alohida kishilarga xos bo‘lgan noyob ishbilarmonlik layoqati yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik qobiliyati mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni ma‘lum turini tashkillashtirish uchun bir joyga jam bo‘lar ekan, ularni umumiy qilib, tovar ishlab chiqarish omillari deyish mumkin . Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma‘lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o‘z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma‘lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo‘lmaydi. Download 146,69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling