1. Metallurgiya shlaki Yoqilg‘i shlaki


Download 15.95 Kb.
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi15.95 Kb.
#1231010
1   2   3
Bog'liq
17 (2)

Yoqilg‘i shlaki
Eski chiqindi omborlaridan olinadigan shlaklarni maydalash va saralash natijasida beton uchun yaroqli chaqiq tosh ishlab chiqariladi. Chiqindi omborlaridagi shlaklarning tarkibi va fizik, mexanik xususiyatlari bo‘yicha bir jinsli emas. Ularning sovish darajasiga qarab kristallanishi turlicha kechadi. Mustahkamligi va g‘ovakligi xam turlicha bo‘ladi. Shu sababli tanlagan holda eski chiqindi omborlarini ochish va olingan chaqiq toshni boyitish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Toshko‘mir, antratsit va boshqa qattiq yoqilg‘ilarni yoqishdan so‘ng shlak qoladi. Ularda qazib olingan ko‘mirlar tarkibida uchraydigan qo‘shimchalar va jinslar, minerallar mavjud bo‘ladi.
Shlaklar bo‘lakli yoqilg‘ini va maydalangan, changsimon yoqilg‘ilarni yoqishda olinganligi bilan farqlanadi.
Bo‘lakli yoqilg‘ilarni yoqishda olingan shlaklar. Pechlarning kolosnikli panjarasida bo‘lakli yoqilg‘ilarni qavatlar bo‘yicha yoqishda shlak hosil bo‘ladi, u notekis shakldagi bo‘laklar holatida, qora, to‘q-kulrang va ba'zan kulrang ranglarda 50mm gacha bo‘lgan yiriklikda bo‘ladi.
Chiqayotgan shlak yoqilgan yoqilg‘ining 10% va undan ortiq massasini tashkil etadi. Ko‘p joylarda yoqilg‘i shlaklari ishlatish uchun yetarli miqdorda yig‘iladi.
Tarkibi bo‘yicha yoqilg‘i shlaklari bir jinsli bo‘lmaydi. Shlak tarkibini yonmagan yoki to‘liq yonmagan yoqilg‘i, gilli qo‘shimchalar tashkil etadi. Shu sababli bunday shlaklar hamma vaqt ham mustahkam va chidamli bo‘lavermaydi. Bu nuqtai nazardan antratsitni yoqishdan olingan shlak yaxshi hisoblanadi.
Yoqilg‘i shlaklarining uyma zichligi -1000 kg/m3 gacha va dona zichligi 1,5-2 g/sm3 ni tashkil etadi.
Yoqilg‘i shlaklari to‘ldiruvchi sifatida turli konstruksiyalar uchun mo‘ljallangan betonlarda ishlatiladi: shlakobetonli devor bloklarida, kamqavatli monolit devorlarda, gipsobetonli pardevorlarda, plitalarda va boshqalarda.
Yoqilg‘i shlaklarini qo‘llash chegaralangan arzon mahalliy material sifatida ishlatish mumkin.
Betonlarda ishlatiladigan shlakning tarkibida erkin kalsiy yoki magniy oksidlari bo‘lmasligi kerak. Yonmagan yoqilg‘i miqdori 5-10% dan oshmasligi kerak( faqat antratsit shlaklarida ko‘p bo‘lishiga standartda ko‘zda tutilgan).
Shlak tarkibida oltingugurt bog‘lanishlar sement toshi va armaturalarda yemirilishni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pincha shlak nurashga layoqatli bo‘ladi.
Maxsus chuqurlarga ko‘milgan shlaklar eng kamida bir yil turishi kerak va so‘ngra betonda qo‘llash mumkin. Olingan shlak mayda fraksiyalari bo‘yicha boyitiladi, bunda yoqilg‘i qoldiqlari va boshqa zararli qo‘shimchalardan halos etiladi.
Changsimon yoqilg‘ilarni yoqishda olingan shlaklar. Issiqlik elektrostansiyasi pechlarida tuyilgan ko‘mirlar yoqiladi. Bunda kul bilan birgalikda bo‘lakli shlak(chiqindilarning umumiy hajmining 5-20% dan iborat) hosil bo‘ladi.
Changsimon ko‘mirni yoqishda chiqadigan shlak bo‘lakli ko‘mirni yoqishda chiqadigan shlakdan keskin farq qiladi. Ular kuygan va erigan kulning o‘ta yengil eruvchan qismini tashkil etadi.
Ko‘p holatlarda kichik g‘ovakli shishasimon strukturali, zichligi 1,6 g/sm3 dan katta donalardan iborat bo‘ladi. Toshko‘mir va past navli ko‘mirni aralashtirib yoqganda yacheykali strukturaga ega, dona zichligi 0,5 -1,5 g/sm3 bo‘lgan g‘ovak shlaklar hosil bo‘ladi. Issiqlik elektrostansiyasi pechlaridan chiqadigan shlaklardan mustahkamligi 5-50 MPa bo‘lgan betonlar olish mumkin.
O‘zRST 690-96 “Betonbop issiqlik elektrostansiya kul-toshqol aralashmasi” ga ko‘ra beton va yoqilg‘i turidan kelib chiqib shlaklar tarkibida to‘la yonmagan qo‘shimchalar miqdori (qizdirishda massa yo‘qotilishi asosida aniqlanganda) 3-7% dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari sovuqqa chidamliligi, silikat nurashga bardoshliligi ham tajribada sinaladi. Shlak tarkibida oltingugurt va oltinugurt bog‘lamalari, erkin kalsiy oksidi ham chegaralanadi.

Download 15.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling