1. Metallurgiya shlaki Yoqilg‘i shlaki


Kul va kul-shlakli aralashmalar


Download 15.95 Kb.
bet3/3
Sana25.02.2023
Hajmi15.95 Kb.
#1231010
1   2   3
Bog'liq
17 (2)

Kul va kul-shlakli aralashmalar
Har yili ko‘mir, slanets yoki torfda ishlaydigan issiqlik elektrostansiyasi pechlaridan katta miqdorda kul chiqadi. Biroq undan kam foydalaniladi. Ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarish tajribasidan ma'lumki issiqlik elektrostansiyasi kullari betonlar uchun mayda to‘ldiruvchi sifatida yoki to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida ishlatish mumkin.
Kul dispersli material bo‘lib, asosan 0,16 mm dan kichik bo‘laklardan tashkil topadi. 0,16mm ko‘zli elakda qolgan qoldiq 20-40% ni tashkil etadi. Kul bo‘laklari g‘ovak strukturaga ega. Quruq kulning uyma zichligi yoqilg‘i turi va uni yoqish sharoitidan kelib chiqib 600-1300 kg/m3 ni tashkil etadi.
O‘zRST 694-96 “Betonbop issiqlik elektrostansiya kul-changi. Texnik shartlar” ga ko‘ra kuldan mayda to‘ldiruvchi sifatida tabiiy yoki maydalangan qum, hamda granullangan shlak bilan aralashtirib betonda foydalanish yaxshi samara beradi. Bu sement sarfini kamaytirishga va beton xususiyatlarini yaxshilashga olib keladi.
Hozirgi vaqtda kuldan zich va yacheykali kulbetonlarda, hamda mayda to‘ldiruvchi sifatida og‘ir va yengil betonlarda foydalaniladi.
Kuldan foydalanishdagi qiyinchiliklar asosan issiqlik elektrostansiyasi pechlarida kullar suv ta'sirida tozalanadi. Kulning esa quruq holatida sifati va samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi yengil betonlarda issiqlik elektrostansiyasi kullaridan mayda to‘ldiruvchi sifatida ishlatishdagi texnik shartlarda uning donadorlik tarkibi va undagi xavfli qo‘shimchalar keltirilgan.
Sifati past ko‘mirni yoqishda hosil bo‘lgan kulning tarkibida yonmagan yoqilg‘i miqdori 5% gacha, tosh ko‘mir va antratsitni yoqishda hosil bo‘lgan kul tarkibida esa 12 % gacha (massa bo‘yicha) standartda ruxsat etiladi.
Ko‘p hollarda kul tarkibida yonmagan yoqilg‘i miqdori 20% gacha, ba'zan esa 40% gacha tashkil etadi.
Bu holatda to‘ldiruvchi sifatida kulning armirlangan konstruksiyalarda ishlatish chegaralanadi, biroq xomashyo sifatida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar olishda ishlatish mumkin.
Savollar:
1. Metallurgiya shlaki qanday xosil bo’ladi?
2. Yoqilg‘i shlaki nima?
3. Kul va kulshlakli aralashmalar qayerlarda xosil bo’ladi?
Download 15.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling