1. 2 – usulga. 5*x=10 va 5*x=40-30
2. 8-usulga. Qavssiz ifodalarda ikkinchi bosqich amallari berilayotganda amallarni bajarish tartibi qoidalari bilan tanishtirishni sonli misollardan boshlash tavsiya qilinadi.
3*5+6*4, 65+21:3, 40-4*7, 25:4-4*2.
O`quvchilardan ifodalarda qanday amallar ko`rsatilganini aytish so`raladi va shundan keyin amallarni bajarish qoidasi o`rganiladi bunday ifodalarning qiymatini topish uchun oldin ko`paytirish va bo`lish, keyin qo`shish va ayirish amallarini tartib bilan bajariladi.
Shu material ustida ishlashni matnli masalalarni yechish bilan amalga oshirish mumkin. «Bufetga har birida 10 kg dan olma bo`lgan 2 yashik olma va 18 kg uzum keltirishdi. Bufetga hammasi bo`lib qancha meva keltirishgan?» 10*2+18
3. Sonni yig`indiga qo`shishga oid darsda (5+3)+1= ni 3 xil usulda yechishni talab qilinadi. Buni predmetlar yordamida hal qilinadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Matеmatika darslari uchun unga quyilgan talablar.
2. Matеmatika darslari asosiy turlari va ularning tuzilishi.
3. Matеmatika darslarini yangi pеdagogika tеxnologiya asosida tashkil qilish.
4. Matеmatika darslari tahlilini amalga oshirish yo`llari.
5. Matеmatikadan sinfdan tashqari ish nima?
6. Matеmatikadan sinfdan tashqari ish turlari va ularning boshlang`ich sinflarda qo`llanilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |