1. Metod tushunchasi va uning turlari. Metodika fanida foydalaniladigan tadqiqot metodlari


Download 44.03 Kb.
bet1/9
Sana08.09.2023
Hajmi44.03 Kb.
#1674510
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 m


4-mavzu:Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interaktiv metodlardan foydalanish
Reja:


Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi. O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog‘liqlik.
Reja:
1.Metod tushunchasi va uning turlari. Metodika fanida foydalaniladigan tadqiqot metodlari.
2.O`qitish metodi tushunchasi va ularning klassifikatsiyasi.
3.O‘quv–bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari.

O’quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro’yхаti
Аsоsiy dаrslik vа o’quv qo’llаnmаlаr
1.Jumayev M.E. Matematika o’qitish metodikasi (OO’Y uchun darslik)Toshkent. . “Turon-Iqbol” 2016 yil 426b.
2. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi. (OO`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2005 yil.
3. Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan praktikum. (O O`Y uchun ) Toshkеnt. “O`qituvchi” 2004 yil.

Elektron ta’lim resurslari:
1.w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped

Asosiy tayanch tushunchalar: O’qitish mеtodlari; o’qitish mеtodlari tasnifi; o’quv-bilish faoliyatlarini tashkilqilish, rag’barlantirish, samaradorligini nazorat qilish mеtodlari, og’zaki, ko’rsatmali, amaliy, induktsiya, dеduktsiya, analogiya, mustaqil ishlar. Izohli – illyustrativ, rеproduktiv, muammoli o’qitish, qisman izlanish va tadqiq qilish.
1.Metod tushunchasi va uning turlari. Metodika fanida foydalaniladigan tadqiqot metodlari.
Metodlar haqidagi masala – o`qitishda yuqori ta’lim va tarbiyaviy natijalarga erishish uchun qanday o`qitish haqidagi masaladir.
Matematika fanini o`rganishdagi barcha metodlarni o`xshash va farqli hamda umumiy va umumiy bo`lmagan tomonlari bo`yicha ikkita katta guruhga ajratishimiz mumkin. Bular ilmiy tadqiqot va o`qitish metodlariga ajratiladi.
Ilmiy tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o`rnatish va ilmiy nazaryalarni tuzish maqsadida ilmiy informatsiyalarni olish usullaridir.
Fanning xususiy tushuncha, qoida va xossalarini o`rgatishda foydalanadigan turli yangi pedtexnalogiyalar, didaktik o`yinlar va materiallarni qo`llab samarali o`rgatish usullariga o`qitish metodlari deyiladi.
Metodika fanida foydalaniladigan tadqiqot metodlari.
Pedagogikada turli metodlar qaraladi, jumladan ilmiy tadqiqot metodlari mavjud.
Kuzatish, ekspriment, maktab hujjatlarini o`rganish, o`quvchilar ishlarini o`rganish,suhbat va anketalar o`tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So`nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek modellashtirish metodlaridan foydalanish hollari ko`zatilmoqda.
Boshlang`ich matematika o`qitish metodikasida butun pedagogika tadqiqotlarda qo‘llaniladigan metodlarning pedagogik o`zidan foydalaniladi.
Kuzatish metodi. – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik protsyessni bevosita maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o`quv – tarbiya ishining u yoki bu sohasida ishning qanday borayotganini o`rganish uchun foydalaniladi, bu metod o`quvchi va o`qituvchi faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material to`plash imkonini beradi. Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, u pedagogik hayotining, haqiqatning bevosita manzarasini tasavvur qilish imkonini beradi.
Ko`zatish jarayonida tadqiqotchi o`quv protsyessining odatdagi borishiga aralashmaydi. Ko`zatish aniq maqsadni ko`zlangan reja asosida qisqa yoki uzoq vaqt oralig`ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlari, sodir bo`layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga diqqat bilan qayd qilib boriladi.
Kuzatish tutash yoki tanlama bo`lishi mumkin. Tutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o`quvchilarning bilish faoliyatlari), tanlama kuzatishda kichik – kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o`quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi.

Download 44.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling