1. Metod tushunchasi va uning turlari. Metodika fanida foydalaniladigan tadqiqot metodlari
Download 44.03 Kb.
|
4 m
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) anketada savollar kam bo`lishi kerak.
Eksperiment(tajriba-sinov)–bu ham kuzatish bo`lib, maxsus tashkili qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va sxematik ravishda o‘zgartirib turiladigan sharoitda o`tkaziladi. Pedagogik ekspriment o`qitish va tarbiyalashning u yoki bu metodi, usulining, ko`rsatma - qo`llanmalarning samaradorligini tadqiq qilishda qo`llaniladi.
Ekspriment o`tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo`lgan masalalarni aniq ifodalab olishi bunday masalalarning hal qilishi maktab amaliyoti va pedagogika fani uchun ahamiyatli bo`lishi kerak. Ekspriment o`tkazishdan oldin tadqiqotchi o`rganish predmeti bo`lmish masalaning nazariyasi va tarixi bilan tanishib chiqadi. Tadqiqotda gipotezaning tuzilishi katta rol o`ynaydi. Butun eksprimentni tashkil qilish gipotezani tekshirishga yo`naltiriladi. U material to`plash yo`llarini belgilash imkonini beradi, tadqiqotning faktik materialda chalkashib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Ekspriment natijalarini analiz qilish taqqoslash metodi bilan o`tkaziladi. Buning uchun 2 yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o`quvchilar tarkibi, tayyorgarlik darajalari va boshqa ko`rsatgichlar bo`yicha imkoni boricha bir xil bo`lishi kerak. Bir xil eksperimental (E) sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan material bo`yicha ish bajariladi. Taqqoslash uchun nazorat sinflar tanlanadi, bu sinflar o`quvchilar tarkibi, bilim darajalari bo`yicha taxminan (E) sinflarga teng kuchli bo`lishi kerak, bu sinflarda matematika (E) sinflar bilan bir xil o`qitiladi, faqat eksprimental sinflarda qo`llaniladigan metodlar, vositalar va h.k qo`llanilmaydi. Pedagogik tadqiqotlarning keng tarqalgan metodlaridan biri o`quvchilar ishlari va hujjatlarni o`rganishdan iborat. O`quvchilarning ishlari ularning dasturning ayrim bo`limlari bo`yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash, o`qitishning ma’lum davrida o`sish va rivojlanishni kuzatish imkonini beradi. Masalan, maxsus yozma va grafik ishlar shu maqsadda o`tkaziladi, natijada o`quvchilarning qanday darajada siljiyotgani ko`rinadi. O`quvchilarning yozma ishlarda yo`l qo`ygan xatolarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday tahlil butun sinf o`quvchilarining duch keladigan tipik qiyinchiliklarini shuningdek, o`quvchilarning matematikani o`zlashtirishlaridagi individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. O`quv hujjatlari (O`quv rejasi dasturi, metodik ish hujjatlari, hisobotlar….) o`quv – tarbiyaviy ishlarining rivojlanish jarayoni va holatini aks ettiradi. O`quvchilarning daftarlarini o`rganish, ilmiy tadqiqot ishi uchun ahamiyatga ega. Uzoq vaqt davomida daftarlarni tahlil qilish o`quvchilar ishining xususiyatlarini ochishga va o`qituvchi ishi tizimiga yordam beradi. Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba’zi faktlarni to`plash talab qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og`zaki olinadigan bo`lsa, u holda bu javoblar protokolga to`la yoziladi. Ko`pchilik bir savolga javob berganda va har bir kishi mustaqil javob bersa yozma anketalash qimmatli bo`ladi. Anketadan foydalanilganda quyidagi 2 talabga amal qilish zarur: 1) anketada savollar kam bo`lishi kerak. Download 44.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling