Qanday hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?
Hukumat 200-son qaroriga muvofiq qator hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ushbu holatlar quyidagicha:.
binolar mustahkamligi va zilzilabardoshliligini ta’sir qiluvchi yuk ko‘tarib turuvchi qismlar o‘zgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (ko‘p kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);
poydevor maydonini o‘zgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.
Bunda, loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.
Obyektni rekonstruksiya qilish deganda nimani tushunasiz? Rekonstruksiya (re... va lotincha: constructio — qurilish):
mavjud narsa (korxona, shahar, bino)ni yaxshilash, amaliy ahamiyatini oshirish, takomillashtirish maqsadida tubdan qayta qurish;
qoldiklariga, yozma manbalarga asoslanib, biror narsa (Mas, meʼmoriy yodgorlik) qiyofasini, dastlabki koʻrinishini tiklash, qurish. Rekonstruksiya chizma, racm, tasvir, loyiha va h.k. orqali amalga oshiriladi. Yodgorliklarning ilmiy Rekonstruksiya si uning keyingi restavratsiyayenga bogʻliqdir.[1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim bo‘lgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zokirov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |