1. Metodika deganda nimani tushunamiz? Metodlarning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlarini ta’riflang


Download 17.02 Kb.
bet1/3
Sana23.02.2023
Hajmi17.02 Kb.
#1225193
  1   2   3
Bog'liq
islom


Savollar.
1. Metodika deganda nimani tushunamiz? Metodlarning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlarini ta’riflang.
2. Nazariy jihatdan bilim olishning qadam-baqadam modeli nimalarni o‘z ichiga oladi? Ikkita savol va unga javoblar asosida ana shu modelni ifodalashni ko‘rsatadigan test tuzing va uni izohlang.
3. O‘qitish jarayonining ob’ektiv va sub’ektiv jihatlarini ko‘rsating.
4. O‘qitishning asosiy shakllari va ularning farqini ko‘rsating.
Javoblar
1.Odatda metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu - nazariy jihatdan qo‘yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o‘rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir. Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha paidagogike) bo‘lib, insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta’lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi fandir. Metodika deganda bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushunilishini ko‘rib o‘tdik. Bu fan didaktikaning bo‘limidir. Shunday qilib, metodika o‘quv jarayonini tashkil qilish shakllari, metodlari, qonun-qoidalarini o‘rganadi. Metodika, bir tomondan o‘rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi tomondan, pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi. Metodlarning obyektiv hamda subyektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilma-xildir. Metodlarning obyektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to'liq subyektiv xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi boigan, to'la obyektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud. Haqiqat, odatda, barcha fikrlarning o ‘rtasida tug ‘Uadi. Aynan hamma metodlar uchun doimo umumiy bo'lgan obyektiv tomoni, didaktika nazariyasi, ko‘p holatlarda esa eng yaxshi boigan amaliyot yoilari tavsiya etiladi.
Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar, tamoyillar, ta’riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o'quv faoliyatining shaldlariga xos bo‘lgan umumiy tomonlar aks etadi. Metodlarning subyektiv jihati pedagog shaxsi, uning mahorati, ta’lim oluvchilarning o‘ziga xosligi va aniq sharoitga bog‘liq.
3 O'qitish jarayonining ob’ektiv hamda sub’ektiv tomonlari mavjud. Uning ob’ektiv tomoniga fanning predmeti, shu fanning xususiyatlari, mavzuning mazmuni kirsa, sub’ektiv tomoniga shu fanni o‘qituvchi tomonidan o‘zlashtirilishi kiradi. Undan tashqari, metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi, individual metodik tamoyillar, uslublar va uni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash Ham shu muammoga kiradi. O'qitish jarayonining ob’ektiv tomoniga o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lmagan, o‘rganilayotgan fanning mazmuni, dars o‘tish tamoyillari kiradi. Sub’ektiv tomonlariga esa:
a) o‘qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;
b) o‘qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonun-qoidalarini qo‘llay bilish mahorati;
v) har bir o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo‘llashdagi individual xususiyatlari kiradi.
O'qitish jarayonida pedagog sub’ektiv omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘p jihatdan talabalarning o‘zlashtirishi o‘qituvchining dars o‘tishda tanlagan metodlariga bog‘liq.
4 O’qitish jarayonida qo'llaniladigan metodlarni shartli ravishda: an’anaviy dars o'tish uslublari hamda talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv metodlarga ajratish mumkin.
An’anaviy dars о ‘tishda darsning asosiy maqsadi ko'proq tushun- tirishga qaratilgan bo‘lib, о‘qituvchi - bilim beruvchi, о‘quvchi-talaba bilim oluvchi rolini bajaradi. Ularni о‘rganilayotgan mavzuni qay da­rajada o'zlashtirganlarini nazorat qilish jarayonida bildirgan
fikrlariga qarab aniqlanadi.
Pedagoglar, pedagog-olimlar dars jarayonida o'quvchi, tala­ balar o'rtasida hamda ular bilan o'qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik o'rnatilsa, uni interaktiv hisoblashadi.
Odatda, bunday hamkorlik u yoki bu muammoni yechish ye'llarini fikrlashib topishda, qabul qilingan qarorni qay darajada qo'llasa bo'lishini muhokama qilishda o'rnatiladi. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, muhokama jarayoni uni javoblaridan ham muhimroq. Ta’lim interaktiv metodlariniitg maqsadi bilim berish emas, balki o'quvchi, talabalarda mustaqil ravishda o'qish, izlanish, savollarga javob topish, qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishdir.
Dars о‘tishning talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv metodlari ayrim adabiyotlarda noan'anaviy dars o'tish metodlari deb ham ta’riflanadi. Bu metodlardan avvallari ham foydalanilgan, lekin kamroq e’tibor berilgan. Hozirgi paytda butun dunyoda faol interaktiv metodlarni qo'llashni dars о'tishning samarali metodi sifatida tan olinib, keng qo'llanilmoqda.
Interaktiv metodika o'zaro hamkorlikning nihoyatda ko'p usul va turlarini qamrab oladi. Lekin metodik usul qanday boiishidan qat’i nazar, o'quvchi talabalarning tajribalari asosiy ta’lim manbai hisoblanadi. Hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan metodlarning asosiy xususiyati shundaki, unda o'quvchi, talaba o'zi uchun nimanidir kashf qiladi.
Interaktiv metodlar «o'qishga va o’qishga» o'rgatadi. U o'quvchi-talabalarning nihoyatda katta intellektual potensialidan foydalanish imkonini beradi, ulami o'quv jarayonida faol qatnash­ ishlarini ta’minlaydi. O'quv jarayonida nafaqat hamkorlik, balki musobaqa, bellashuv elementlarini ham qo'llash imkonini beradi.
Interaktiv metodlar talabalarni o'z fikrini ifodalashi uchun keng imkoniyat yaratib beribgina qolmay, o'rtoqlarining fikri, asoslari, dalillarini tinglab, o'z ftkridan qaytishi yoki fikrini tamomila o'zgartirishi mumkin. Interaktiv metodlar boshqalarning fik­riga hurmat bilan qarashga, uni sabr-toqat bilan eshitishga ham o'rgatadi. Auditoriyada hamkorlik muhitini yaratishning real imkoniyatini yaratadi.
O'qituvchi yaxshi dars berishning tayyor retseptiga emas, balki inleraktiv metodlarga asoslangan ta’lim texnologiyasiga ega bo'lishi kerak. U ijodiy hamkorlikda ishlashga va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish uchun tayyor turishga o'rgatadi.
Ta’limning interaktiv metodlari pedagoglarda:
• darsda o'rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg'otishni ta’minlaydi;
• o'quv materialini puxta o'zlashtirish imkonini beradi;
• o'quvchi, talabaning tahliliy fikrlashini rivojlantiradi;
• barcha o'quvchi, talabalami o’quv jarayoniga tortish, faolligini oshirish uchun sharoit yaratadi;
• guruhda ko'ngildagidek ijobiy psixologik iqlim, muhit yaratadi.
Testlar

Download 17.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling