1. «Mexatronika asoslari»


Oxford Illustrated Encyclopedia quyidagi ta’rifni taklif etdi


Download 1.91 Mb.
bet2/6
Sana08.03.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1248791
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-1

Oxford Illustrated Encyclopedia quyidagi ta’rifni taklif etdi.
Mexatronika – yapon atama so`zi bo`lib, elektrotexnika, mashinosozlik va dasturiy ta`minot kesishmasida paydo bo`lgan texnologiyani izohlash uchun ishlatiladi.
Loyihalash va ishlab chiqarish masalalarini, hamda “aqlli”, ya’ni oldindan belgilangan dastur asosida ishlaydigan mashinalarning funksiyalarini o’rganadi.
Vikipediyada quyidagi ta’rif berilgan:
Mexatronika - bu fan va texnika sohasi bo`lib, funksional harakatlari intellektual boshqariladigan yangi sifatli modullar, mashinalar va tizimlarni loyihalash va ishlab chiqarish maqsadida aniq mexanikani elektronika, elektronexnika va kompyuterli boshqarish komponentlari bilan sinergetik birlashtirish masalalarini o’rganadi.
Mexatronika – sohalararo tizimli texnik loyihalash bo’lib, sohalar bo’yicha alohida loyihalash ko’zda tutilmaydi.
Sinergiya” yunon. – “hamkorlik, ko’maklashish, yordam” ma’nosini anglatadi.


Mechatronics: Working Definition for us (Intro to Mechatronics)
Mechatronics is the synergistic integration of sensors, actuators, signal conditioning, power electronics, decision and control algorithms, and computer hardware and software to manage complexity, uncertainty, and communication in engineered systems.
Biz uchun Mexatronikaning ishchi ta’rifi
Mexatronika - bu murakkab muhandislik tizimlarini boshqarish uchun sensorlarning (datchiklarning), aktuatorlarning (ijrochi mexanizmlarning), signallarning, elektronikaning, qaror qabul qilish va boshqaruv algoritmlarining hamda kompyuter texnikasi va dasturlarining sinergetik birlashuvidir.


1.2.MEXATRONIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA TA’RIFLARI

Yuqorida qayd etilganidek, “Mexatronika” zamonaviy atamasi “Yaskawa Electric” Yaponiya kompaniyasi tomonidan 1969 yilda muomalaga kiritilgan edi. Ushbu atama “Mexanika” va “Elektronika” atamalari kombinatsiyasidan kelib chiqqan. Yagona sо‘zda bunday birlashuv fan va texnikaning tegishli soxalaridagi bilimlarni integratsiya qilishini bildiradi, bu esa yangi avloddagi texnika namunalarini yaratish hamda jihozlarning eng yangi turlarini ishlab chiqishga sharoitlarni barpo etadi.


Mexatronikaning mavjud ta’riflarida mexatron tizimlarning uch tomonlama tabiati (mexanikaviy, elektron va kompyuter elementlarning chuqur о‘zaro ta’siri) uqtirib о‘tiladi.
Shu sabab bilan mexatronikaning eng keng tarqalgan grafik belgisi etib uchta о‘zaro kesiladigan doira qabul qilingan (rasm 4).




Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling