1. Me’yor jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qul-langan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir


Download 26.8 Kb.
bet10/10
Sana07.01.2023
Hajmi26.8 Kb.
#1081933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'NM 2

biror lahjami yoki shеvasida ham g’oyat chiroyli gapirishi, so’zga 
chеchan, ya'ni mahoratli notiq bo’lishi mumkin. Ammo bunday nutq til 
matеriali nuqtai nazaridan nutq madaniyati namunasi bo’la olmaydi. Nutq 
madaniyati—o’zbеk adabiy tilida so’zlangan namunali, madaniy nutqdir. 
Dеmak, tilni bilish haqida gap borganda, umuman o’zbеk tilini (xalq 
tilini) bilishni o’zbеk adabiy tilini egallashdan farq qilmoq kеrak. Nutq 
madaniyati shaxsning umuman tilni bilish darajasi bilangina emas, balki 
adabiy tilni namunali bilishi va undan nutqning og’zaki va yozma 
shakllarida namunali foydalana olishi darajasi bilan o’lchanadi. 
Adabiy til va uning normalarini egallash va undan unumli foydalanish 
qandaydir xurhun, qotib qolgan,_birdan-bir yagona shaklga ega bilgan 
hodisa emas. So’zlovchi yoki yozuvchi adabiy til va uning normativ 
vositalaridan nutqiy_talab, nutqiy sharoit, nutqii_faoliyat__ ehtiyoji va 
talabiga ko’ra ijodiy foydalanadi. Bunga sabab bir tomondan kishilar 
juz'iy nutqiy faoliyatining xilma-xilligi, nutqiy vaziyatlarning ko’p 
qirraligi bo’lsa, ikkinchisi nutqiy uslublarning rang-barangligidir. O’zbеk 
adabiy tilining aniq mavjud ko’rinishlari turli uslublar talabiga ko’ra kўp 
qirralidir. Hozirgi o’zbеk tilida ilmiy uslub, publitsistik uslub, uslub, 
badiiy uslub, sўzlashuv uslubi mavjud. Bu uslublar ba'zi o’ziga xos yoki 
qorishiq shaxobchalarga ham bў-linadi: ilmiy-ommabop uslub, ilmiy-
publitsistik uslub; adabiy so’zlashuv uslubi, sodda so’zlashuv uslubi kabi. 
Nutq madaniyatini egallash o’zbеk tili uslublarining xususiyatlarini bilish 
bilan chambarchas bog’liqdir. Shu sababli ham nutq madaniyatiga oid 
qo’llanmalarda, o’quv programmalarida «Nutq madaniyati va uslub» dеb 
nomlangan bo’limlar mavjuddir. Bir ?ator risolalarda esa nutq madaniyati 
bilan uslublar orasidagi munosabatlar yoritilgan. 
Download 26.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling