Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti r. Rasulov, Q. Mo


Download 168.24 Kb.
bet1/37
Sana08.03.2023
Hajmi168.24 Kb.
#1249856
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Nutq madaniyati va notiqlik san\'ati R Rasulov, Q Mo\'ydinov


R.RASULOV, Q.MO‘YDINOV
NUTQ MADANIYATI
VA NOTIQLIK SAN’ATI

TOSHKENT
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OL1Y VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
R.RASULOV, Q.MO‘YDINOV
NUTQ MADANIYATI
VA NOTIQLIK SAN’ATI

(quv qo ‘llanma)


ТОШКЕНТ-2015
O‘quv qo‘llanmada nutq madaniyati, nutqning kommunikativ sifatlari, til va nutq, adabiy til kabi masalalar haqida fikr yuritiladi. Nutq madaniyatiga oid nazariy ma’lumotlar amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanadi, xalq og‘zaki ijodidan namunalar keltiriladi.
Shuningdek ishda notiqlik san’ati tarixi haqida ham ma’lumot beriladi. Buyuk allomalaming notiqlik san’atiga bo‘lgan qarashlari ham asardan joy olgan.
Qo‘llanma nutq madaniyati va notiqlik san’ati muammolari bilan bevosita shug‘ullanuvchilar va qiziquvchilar uchun modjallangan.
Taqrizchi:
filologiya fanlari doktori I.Yo‘ldoshev
Tashkent Moliya instil uti qoshidagi Oliy о ‘quv yurtlariaro ilmiy- uslubiy kengashining 2006 - yil 27- rnartdagi yig'ilish qaroriga ko‘ra о ‘quv qo ‘llanma silatida chop etishga tavsiya etilgan.
KIRISH
O‘zbek xalqi ta’lim - tarbiyaga oid boy merosga ega bo‘lib, avlodlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, mehr-oqibat, birodarlik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlami tarbiyalab kelgan. Sharq mutafakkirlarining ta’lim - tarbiyaga oid asarlari ham ana shu merosning tub negizini tashkil etadi.
Mustaqillik tufayli xalqimiz dunyoga yuz tutdi va jahon bizni tanidi. Biz tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik harnda yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga kirishdik.
Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog‘liq muammolar ham asta-sekin yechimini topmoqda. Xususan, nutq madaniyatiga doir masalalami hal qilishda tilshunos olimlarhnizning mehnatlari, izlanishlari tahsinga loyiqdir.
Nutq madaniyati jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati masalala i har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
Respublikamizning «Davlat tili» haqidagi qonuni, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa hujjatlarda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga, til masalalariga alohida e’tibor berilgan. Har bir kadr, eng avvalo, o‘z ona filming chinakam sohibi bo‘lmog‘i lozim. Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997-yil 29-avgustidagi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida: «O‘z fikrini mutlaqo mustaqil, o‘z ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, awalambor, rahbar kursisida o‘tirganlami bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin» - deb ta’kidlaydi.I
Nutq madaniyati hozirda tilshunoslik f'anining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etish umummadaniyatimiz taraqqiyotida, shuningdek, oliy maktablarda, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, o‘rta maktablarda dars o‘tish jarayonini yanada yaxshilash, takomillashtirish bilan ham bog‘liq. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda nutq madaniyati fanining barcha o‘quv yurtlarida o‘qitilishi quvonarlidir. Chunki notiqlik san’ati sirlarini bilish, o‘rganish barcha scha vakillari, mutaxassislari uchun, urauman, har qanday madaniyatli inson uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. O‘zbek adabiy tili va lining me’yorlarini ilmiy jihatdan o‘rganish ham o‘zbek nutq madaniyati sohasi uchun nihoyatda muhimdir. Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatiarini, adabiy til me’yorlarining umumiy holatini, undagi turg‘un va noturg‘un hodisalami chuqurroq tekshirmay turib, adabiy til (nutq) madaniyati haqida gapirish mumkin emas.

Download 168.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling