Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti r. Rasulov, Q. Mo
Download 168.24 Kb.
|
Nutq madaniyati va notiqlik san\'ati R Rasulov, Q Mo\'ydinov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning ta’sirchanligi.
4. Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari bo‘lgan to‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikmi ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug‘aviy birlik ham ' mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o'quvchiga ifodalanayotgan fikming to‘liq yetib bormasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga olib keladi. Nutqni tuzishdagi e’tiborsizlik natijasida ba’zan mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e’tibor qiling «Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajaradilar» (Gazetadan). Gapda so’zlaming tartibi to‘g‘ri bo‘lmaganligi, «olti oylik» birikmasining «sotish» so‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yeiyapti, hatto xato fikr ifodalanayapti.XXIII
Nutqda mantiqiylikka erisbish uchun qo'llangan so’zlar bilan ulaming predmetlik ma’nolari mos boTishi lozim. Boshqacha aytganda, har bir so‘z nutqda qoTlanganda, o‘ziga xos ma’nonigina ifodalashi zarur. Mantiqiylikni predmet mantiqiyligi va tushuncha mantiqiyligi deb ikkiga airatish mumkin. Predmet mantiqiyligi nutqdagi til birliklarining o‘zaro ichki munosabatlarining mosligidan iborat. Tushuncha mantiqiyligi mantiqiy fikr tuzilishidan hamda bu tuzilishning nutqdagi til belgilarining ma’noviy aloqalaridan iborat. Tushuncha mantiqiyligi alo'nida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik boTishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqning hamma ko‘ri- nishlariga nisbatan qo‘llab boTmaydi. Masalan: ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini ko‘rib chiqaylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir tuzilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo‘lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda berilgan fikrlar qat’iy izchillikda bayon qilir.adi. Badiiy nutq tuzilishi esa bir oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib keiinadiyu, birdaniga uzilish yuz beradi, ya’ni boshqa voqealar hikoya qilinadi. Bu narsa go‘yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday ko‘rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asariarda, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng qamrovlik tasvir qurilishini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqqa putur yetmaganligi bunday asarlaming oxirida ma’lum bc'iadi. • ■ -Xulosa shuki, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchii boTgan, har bir so‘z, ibora aniq maqsadga mos holda ishlatiladigan nutqni tushunamiz. Nutqning ta’sirchanligi. So‘z kuchidan yiqilur minbar ham, dor ham, So‘z birla chiqar indan ilon - murder ham. (Abu Shukur Balxiy) Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, og’zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyat ham e’tiborga olinadi. Ya’ni, bunda notiq tinglovchilami ulaming bilim darajasidan tortib, hatto yoshigacha, nutqining qanday qabul qilinayotganigacha nazorat qilishi zarurdir. Professional bilimga ega bo‘lgan kishilar oldida jo‘n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo‘lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma’lumotga ega bo‘lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish maqsadga muvofiq emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo‘lgan fikmi to‘laligicha tinglovchilarga to‘liq yetkazishga harakat qilish vazifa qilib belgilanadi. Xo‘sh, ta’sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? B.N.Golovin aytganidek, ta’sirchan nutq tinglovchi va o‘quvchining e’tiborini va qiziqishini hisobga oladigan nutqdir. Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ulami ifodalanayotgan fikrga ishontira olish noiiqlar oldiga qo‘yiladigan asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo‘lishi kerak. Nutqdagi fikrlami birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ulami o‘zaro bog‘lab, tinglovchilami nutq rejasi bilan tanishtirish lozim. Vaqtni hisobga olish notiqlik fazilatlaridandir. Chunki so‘zlash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya qilinsa, iloji bo‘lsa, nutq sal oldinroq tugatilsa, ayni muddao bo‘ladi. So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhimdir. Chunki shunday bo‘lgandagina quruq rasmiyatchilikdan voz kechiladi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi aloqa mustahkamlanadi. Notiq fikrlarini o‘zi yoki tinglovchilar hayotidan olingan misoliar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir sub’ektiv fikr, mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli bo‘ladi. Nutqning ta’sirchanligiga erishishda tilning tasviriy vos:talari hisoblangan metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish, epitet, takror va adabiy ko'chimlaming ham roli kattadir. Bulardan tashqari nutqda ta’sirchanlikni ta’minlash uchun maqol, matal, hiknatli so‘z va iboralardan, ayniqsa, trazeologizmlardan unumli foydalanish zarur. Yozuvchi A.Qahhor o‘z hikoyalarida epigraf sifatida berilgan maqollar orqali o‘quvchilar diqqatini darhol egallaydi. «Osmon yiroq - yer qattiq» («Bemor»), «Otning o‘limi - itning bayrami» («O‘g‘ri») va b. Download 168.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling