Takrorlash uchun savollar
Notiqlar deb kimlarga aytiiadi?
Notiqlikning qanday ko‘rinishlari bor?
Voiz deb kitnga aytiiadi?
Notiqlikning voizlikdan qanday farqi bor?
Tayanch tushunchalar
1'. Logograflar - Nutq matnini yozib beruvchi shaxslar.
Sinegorlar - sudda boshqa birov manfatini ko‘zlab nutq so‘zlovchilar.
NOTIQLIKNING KO‘RINISHLARI
Notiqlik inahorati juda ham qadimiy tarixga ega. Bu san’at g‘arbda va sharqda qadimdan rivojlangan. SHarq notiqlaridan Mavlono Riyoziy, Husayn Voiz Koshifiy, Muin Voiz, Navoiy va Boburlaming nutqlari va asariari buning yorqin dalilidir. Har bir davrda notiqlik san’atiga o‘ziga xos e’tibor qaratilgan, notiqlik san’ati o‘sha davming g‘oya va mafkurasiga bo‘ysundirilgan. Shunga qaramasdan, notiqlik mahoratini ifodalovchi bir qator omillar mavjud.
Ma’lumki, bar bir kishi o‘z nutqining mazmunii va ta’sirchan bo‘lishini, qolaversa, nutq jarayonidagi holat ham notiqqa o‘z ca'sirini ko‘rsatadi: tinglovehiiaming kam yoki ko‘pligi, auditoriyaning katta yoki kichikligi, qatnashuvchilaming tarkibi va saviyasi, notiqning tajribasi va mahorati. Qaysi kasb egasi bo‘lishidan qafiy nazar har qanday kishi ham, notiqlik mahoratini egallashi mumkin. Buning uchun eng avvalo, kuchli qiziqish va o‘z ustida uzluksiz, tinimsiz ishlash kerak. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, mashhur va taniqli notiqlar bu maqsad yo‘lida tinimsiz mehnat va mashq qilganlar.
Notiqlik. Notiq - so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, u nutq, mantiq so‘zlari bilan o'zakdoshdir. Nutq so‘z va tafakkurning uzviy bog'liqligida namoyon bo‘ladi. Notiq boshqa odamlar xulq-atvoriga
va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida ularga so‘z orqali ta’sir etuvchi shaxsdir. Notiqning tafakkuri va ongi uzviy bog‘liqdir. Notiq inantiqiy fikrlash xususiyatiga ega bo'lgan hamda idroki, xotirasi, o‘y- xayollari, irodasi, so‘zamolligi, gapga chechanligi, bilimliligi bilan oddiy odamlardan farqlanuvchi shaxsdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |