Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti r. Rasulov, Q. Mo
Download 168.24 Kb.
|
Nutq madaniyati va notiqlik san\'ati R Rasulov, Q Mo\'ydinov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badihago‘ylik.
Askiyachilik. Askiyachi - so‘zi arabcha «zakiy» so'zidan olingan bo‘lib, «hozirjavob, o‘tkir zehnli» degan ma’nolami anglatadi. Jamoat oldida ma’lum mavzu bo‘yicha badiiy so‘zda o‘z qobiliyatini namoyon qilib tortishuvchi kishi - askiyachi deyiladi. Askiyada ikki va undan ortiq kishi yoki ma’lum guruhlar o‘zaro musobaqalashadi. Askiyachi hozirjavob bo‘lishi, ko‘p ma’noli kulgili, ta’sirli va qochirimli so‘zlashi lozim. U ona tilining boyliklarini yaxshi bilishi, kinoya, qochirim, hazil, masxara, kesatiq, o‘xshatish, mubolag‘a kabi san’atlardan unumli Ibydalanishi lozim. Askiyachining vazifasi kulgi orqali odamlarga zavq berish, ulaming bilimi va aqlini charxiash, hoziijavob bo'lishga o'rgatishdir.
Askiyachilikning turlari ko‘p: payrov, safsata, o‘xshatdim, qofiya, laqab va boshqalar. O‘zbek xalqi qadimdan to‘y, sayil va bayramlarda askiya bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib keladi. Askiyachilik rivojiga Dehqon Shemazarov, Erka qori Karimov, Yusufjon Shakarjor. v, Aka Buxor Zokirov, Ijroqumbuva Aminov, Abdulhay maxsum Qozoqov va boshqalar katta hissa qo‘shishgan. Badihago‘ylik. Badihago'y so‘zi - arabcha tiad’ha - go‘y - so‘zlovchi so‘zlaridan olingan bo‘lib, hozirjavob va chechan kishilaming she’riy yo‘sinda birdaniga so‘z, she’r yoki qo‘shiq aytishidir. Badihago‘y asami ijod etadi yoki unga ma’lum bir o'zgartishlar kiritadi. Badiha erkin tarzda ijod va ijro etilgan asar bo‘lib, badihago‘ydan katta tajriba va yuksak iqtidor talab etadi. Badihago‘ylikning tur va janrlari ko‘p bo‘lib, eng ko:p tarqalgani baxshichilikdir. Po‘lkan, Ergash Jumanbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Islom shoir va boshqalar baxshilik (badihago‘ylik) san’atiga munosib hissa qo‘shganlar. Voizlik. Voiz so‘zi - arabcha «va’z» so‘zidan («da’vat», «xitob» ma’nosida) olingan bo'lib, islomda odamlami ezgulikka va yaxshilikka chaqiruvchi, jamoat oldida nutq so'zlovchi shaxsni anglatadi. Al Basriy islomdagi ilk voiz bo‘lgan. Taniqli olimlar, shoirlar, din arboblari ham voizlik san’atiga munosib hissa qo‘shishgan. Ayniqsa, Mavlono Riyoziy, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Rumiy va boshqalar o‘z nutqlari bilan mashhur bo‘lganlar. Voiz xushovoz, ishontiradigan, ta’sirchan gapiradigan, talaffuzi aniq va ravshan, yuksak bilimli va madaniyatli, bir necha tillami egallagan shaxs bo‘lgan. Keyinchalik voizlikning ahamiyati oshib nafaqat islomiy ma’ruza, balki siyosiy va xalqaro ahvolga bag‘ishlangan ma’ruza, bahs va munozarani qamrab olgan. Juma namozi va hayit kunlarida voizlar xalq oldida nutq so‘zlaganlar. Voizlik san’atining rivojlanishi natijasida uning yangi tarmoqlari vujudga kelgan: xatiblik - diniy va siyosiy ma’ruza; muzakkirlik - diniy-axloqiy masalalar; dabirlik - davlat miqyosidagi yozishmalar va uni o‘qib berish. Download 168.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling