Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti r. Rasulov, Q. Mo


Download 168,24 Kb.
bet18/37
Sana08.03.2023
Hajmi168,24 Kb.
#1249856
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
Nutq madaniyati va notiqlik san\'ati R Rasulov, Q Mo\'ydinov

Maddohlik. Maddoh so‘zi - arabcha «madh» («maqtov», «ta’rif») so‘zidan olingan bo‘Iib, biror shaxs yoki narsa, voqeani madh etuvchidir. U asosan diniy mavzularda, xususan, Muhammad payg‘ambar va choriyorlaming hayoti hamda xislatlari haqidagi ma’lumotlardan badiha tarzida aytuvchi hisoblanadi. Diniy baytlami, g‘azallami va hikoyalami baland ovozda keng xalq ommasi oldida ravon va ifodali aytish maddohning asosiy vazifasi hisoblanadi. Demak, maddohlik diniy aytish yo‘li bo‘Iib ijrochidan notiqlik mahoratini talab qilgan. Keyinchalik maddoh so‘zining yana bir ma’ncsi yuzaga keldi. Biror shaxsni, xislatni yoki g‘oyani haddan ortiq maqtovchi ham maddoh deb yuritila boshladi.
Suxandonlik. Suxandon so‘zi - forscha «suxan» («so‘z») so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zga chechan, so‘z ustasini anglatadi. Suxandon turli mavzularda nutq so'zlaydigan madaniyatli va ma’rifatli shaxs hisoblanadi. U turli bayramlarda, keng xalq ommasi oldida, marosim va tadbirlarda, anjuman va kechalarda faollik ko‘rsatadi.
Adabiyotshunos Nusratullo Atoulloh o‘g‘li Jumaxo'ja suxandonlikning o‘tmishdagi va hozirgi ahvoli borasida fikr yurtib, uning rasmiy va norasmiy davraiaridagi talablari bilan bog‘liq mulohazalami ilgari suradi. «Suxandonlikning quyidagi asosiy shartlari bor: birinchidan, u ma’naviy-axloqiy yetuk, ma rifatii zot bo‘lsin, ikkinchidan - yoshi ulug‘roq, hayotiy tajriba ko’rgan bo‘lsin, uchinchidan - el taniydigan va elni taniydigan bo'lsin, to‘rtinchidan - nutqiy kamchiligi bo‘lmasin, beshinchidan - ko‘rinishi ko‘rkam, nuroniy va yoqimtcy bo‘lsin, oltinchidan - davra tashkilotchisi yoKi to‘y-ma’raka egasiga yaqin bo lsin, yettinchidan - davra qatnashchilari, xonadon ahli, mehmonu mezbonlaming asosiy qismini taniydigan kishi bo‘lsin». Diktor so‘zi ham bo‘lib, u radio va televidenieda nutq so‘zlovchi shaxsni anglatadi. Diktor so‘zi ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1)
к lekamera yoki mikrofon orqali tayyor matnni xush ovoz bilan ifodali O'qib beruvchi shaxs; 2) matnga qaramasdan ravon va chiroyli gapiruvchi shaxs.
Diktoming ikkinchi ma’nosiga xos xislatga ega bo‘lgan notiqlar diktor so‘zini suxandonning sinonimi sifatida ishlatishadi. Notiqlik san’atining nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha Rahimboy hnnaniyozov «Nutqiy mahorat» qo'llanmasida bu haqda shunday yozadi: «Boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlar ko‘pincha, ma’no torayishi va kengayishi bilan kirib keladi. Suxandon so‘zi hozir diktor ma’nosida (|o‘llanilmoqda. Aslida, noto‘g‘ri. Diktor bo‘lish mumkin, suxandon bo'lolmaslik mumkin. Diktor tayyor matnni yoqimli talaffuz, diksiya bilan ifodali tarzda o‘qib beruvchidir. Diktorlaming suxandonlik mahoratini egallaganlari ham borligini inkor etib bo‘lmaydi. Diktor main bilan qattiq bog‘lansa, suxandon mate bilan erkin munosabatda bo‘ladi. Nutqiy malakaga, ko‘nikmaga ega bo‘lmagan diktor Cilimizning sofligini ham, boyligini ham namoyish eta olmaydi. ('hinakam diktor nutq texnikasi, ya’ni ovoz, nafas, intonatsiya, pauza, ohang kabi nutqning ifoda vositalari, mashqiy jarayon bilan chcgaralanib qolmasdan, balki nutqiy mahorat, nutqiy faoliyat qirralarini egallashga intilishi, nazariy ma’lumot va amaliy mashg‘ulotni uyg‘unlashtira olishi zarur. Ifodali o‘qish, matn mazmunini yetkazishga daxldor texnik va nazariy vositalami bilish va unga amal qilish har doim ahamiyatlidir. Diktor yuqoridagilami kundalik mashq orqali shakllantirib boradi» (20-bet).

Download 168,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling