Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti r. Rasulov, Q. Mo


Download 168.24 Kb.
bet12/37
Sana08.03.2023
Hajmi168.24 Kb.
#1249856
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
Nutq madaniyati va notiqlik san\'ati R Rasulov, Q Mo\'ydinov

Takrorlash uchun savollar
]. Uslubiyat nima?

  1. Grammatik uslubshunoslik nima?

Tayanch tushunchalar

  1. Uslubshunoslik - adabiy til uslut.?

  2. Qo‘shimcha- shakl va so‘z yasovchi affiks.

' NUTQ VA TERMINOLOGIYA
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy - texnik tub o‘zgarishlar davrida jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bogeliq holda yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. O‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatiiib kelingan qator leksemaiar yangi ma’no kasb etmoqda. Demak, tenninologiya sohasida ham qator muhim masalalami hal qilish vazifasi turibdi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlami yaratish va ulami qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning sistemasini yanada teranroq tadqiq etish, terminologiyaning turli masalalarini atroflicha o‘rganish hozirda muhim va jiddiy masalalardan biri bo‘lib qoldi.
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgunga qadar va u arnal qila boshlagandan keyin matbuot xodimlari, hatto ayrim tilshunoslar Davlat tili haqidagi qonunni to‘liq jorly etish o‘miga, unir.g ayrim bandlariga deyarli e’tibor bermay, ko‘pdan buyon qo‘llanib keiina>otgan va omma nutqiga singib ketgan ko‘plab terminlami, ulaming mazmunini chuqur o‘rganmay turib, yangidan, noto‘g‘ri so‘zlar, leksemaiar bilan almashtira boshlashdi. Xatto “termin’’, “terminologiya” kabilar “atama”, “atamashunoslik” leksemaiar bilan almashtirib qo‘Hanadigan bo‘ldi, “atama”, “atamashunoslik” kabi tushunchalarning umumxa- rakterga egaligi e’tiborga olinmadi. Chunki “atama” deyilganda,
onomastika (toponomiya, antroponomiya, oykonimiya kabilar)ga aloqador leksik birliklar ham tushuniladi. Shunga ko‘ra awaldan iste’molda bo‘lgan baynalmilal “termin’’ va “terminologiya” leksemalarini qoMlash maqsadga muvofiqdir.
Terminologiya muayyan fanning tushunchalar sistemasi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlaming jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar sistemasiga muayyan terminlar sistemasi to‘g‘ri keladi. Terminologik sistemalar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib, ularning qo‘llanishi ma’Ium darajada nazorat ostida bo‘ladi. O‘z-o‘zidan terminlar paydo bo‘lib qolmaydi, aksincha, ular zaruriyatga aylangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Shuningdek, oddiy so‘zdan farqli ravishda terminning ma’nosi kontekstga bog‘liq bo‘lmaydi, muayyan leksema terminologik rna’nosida va o‘z terminologik maydonida qo‘llanar ekan, ayni ma’no saqlanib qolaveradi. Biroq ko‘p ma’noli terminlaming aniq ma’nosini ajratib olish uchun kontekstning zarurligi shubha tug‘dirmaydi.
Terminologik birikmalaming ko‘p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda terminshunoslaming diqqat - e’tiborini jalb etib kelmoqda.
Haqiqatan ham keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko‘p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to‘laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ulami amalda qo‘llash va yodda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslmi olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to‘rt kompcnentdan iborat boTishi lozimki, natijada birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilami to‘laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli o‘ramlar qo‘shish orqali hosil qilinishi kerak. Bu tushunchani ifodalashning dastlabki bosqichiga xos holat bo‘lib, keyinchalik tushuncha haqida muayyan tasawur yuzaga kelgach, u qadar ahamiyatsiz belgilami ifodalagan komponent (so‘z)Iar qisqartirilishi, binobarin, termin ixchamroq holga keltirilishi mumkin Biroq bu jarayon boshboshdoqlik, tav?»kkalchilik asosida emas, balki ma lum qonun-qoidalar asosida mantiqiy ravishda amalga oshirilishi lozim. Termin muammosi haqida fikr yuritar ekanmiz, termin nima? degan aniq savolning tug‘ ilishi tabiiydir.
Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim ob’ektlar va ular o‘rtasidagi aloqalami muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoki birikmadir.
Haqiqatan ham shunday, chunki har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u o‘sha soha, tarmoq doirasida qo'llanadi, aniqroq qilib, kasb - hunar egasining nutqini shakllantiradi, o'zaro nutqiy muomala uchun shart - sharoit yaratadi.
Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb - hunar yoxud mutaxassislikka ega bo'lgan kishilar ko‘pincha u yoki bu sohaning o‘ziga xos spetsifik terminlari bilan ish kofcadi. Masalan, iqtisodchilaming yozma yoki og'zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablagXXXI ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlaming ishlatilishi tabiiy holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi.

Download 168.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling