O’qituvchi va murabbiylar kuni


Download 0.7 Mb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1016552
  1   2   3   4
Bog'liq
1 oktabrЎқитувчилар кунига сценарий



O’qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag’ishlangan tadbir ssenariysi



Uztozlar va murabbiylar kuniga bag’ishlangan
tadbir ssenariysi

Bayram tantanasiga faxriy o`qituvchilar, mahalla oqsoqollari, matbuot xodimlari taqlif etilgan .


Sahnaga musiqa ostida bayram tantanasini olib boruvchi milliy libosdagi o`g`il va qiz bolalar kirib keladi


1 boshlovchi:
Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq haqqim.
Bunchala buyuksiz, bunchalar zukko,
Umringiz mo’jiza-yetmaydi aqlim.

2 boshlovchi:
Ustozni e’zozlash azaliy odat,
Shogirdning qamoli ustoz uchun baxt.
Millionlar qalbida so’nmas mayoqsiz
Bir duo tilamoq insoniy burchim.

1 boshlovchi:
Assalomu-alaykum mehri daryo, qalbi quyosh, jonkuyar, fidoyi muallimlar, aziz ustozlar!! Har yili respublikamizda keng nishonlanadigan 1 oktabr - O`qituvchilar va murabbiylar quni umumxalq bayrami ham ta'lim sohasida mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga nisbatan davlatimiz va xalqimizning cheksiz hurmati va ehtiromi namunasidir.

2 boshlovchi
Assalomu-alaykum ezguliq bunyodkori bo’lmish siz muhtaram ustozlaru, aziz mehmonlar! Qadrli memonlar-u vatanimizning qelajagi , yurt iftixori hisoblanmish o`quvchilar! Bugungi jonajon ustozlarimiz bayramiga bag`ishlangan “ Sizdan boshlandi asli taffakur” deb nomlangan tantanamizga xush kelibsiz! !


1 boshlovchi
Siz ustozlarga atalgan bugungi kechamizni Davlatimiz madhiyasi bilan boshlashga ijozat bersangiz. Marhamat.


Bola:
Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o'zgarar, asrlar o'tar,
Quyoshdek o'zgarmas Alifbo kitob



Bola:
Nechog’ baxtiyorman, ta’zimda shut ob,
Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt.
Ne odam bo’lardim qo’limda qitob
Biror harf tanimay tursaydim loqayd.

1 boshlovchi
Dunyoda kasblar qo’p, har birining hayotda o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasb – muallimlikdir.

2 boshlovchi
To’g’ri aytasiz, o’qituvchiliqni ko’p qirrali, sermazmun, muraqqab faoliyati zamirida yosh avlodni barqamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni ilm- fan sirlaridan boxabar etish qabi muhim vazifalar yotadi.

Bola:
Qo’limga qalamni ushlatdi ilk bor,
Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.
Undanda buyuqroq, ulug’roq kim bor?
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

Bola:
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Sahovot nuri bor bu qalbingizda.
Otasiz, onasiz har o’g’il –qizga
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

Bola:
O’qishni o’rgatib, ko’zni ochdingiz,
Ilm sirlarini qalbga sochdingiz.
Otaday ulug’siz, kelajak-sizsiz
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

Bola:
Dard bo’lsa dardlashgan doim biz bilan,
Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan.
Qalbimiz, mehrimiz, ustoz, siz bilan
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim

1 boshlovchi
Olamning gultojisi inson bo’lsa, ular orasida Olloh nazari tushgani, suyuklisi ustoz-muallimlardir.
Fan bog’ining bog’bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.
Sen o`rgatding ma’rifatdan zo’r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo’r oftob.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling