Reja: a Metodologik tamoyillar tatbiqi chegaralari
Download 1.73 Mb.
|
12-seminar
Shahlo Isomiddinova ILMIY TADQIQ METODOLOGIYASI TARKIBIY QISMLARI ORASIDAGI MUNOSABAT Reja:a
3. Fetishizm tushunchasi haqida. Yuqorida ilmiy tadqiq metodologiyasi bilish bosqichi (fahmiy, idrokiy), yondashish usuli (nominalistik, dialektik), tadqiqotchi tayanch nuqtayi nazari (idealistik, materialistik) kabi tarkibiy qismlari ko'rinishlariga ko'ra 8 mantiqiy-riyoziy turga egabo'lishini sanab o'tgan edik. Bular mantiqiy-riyoziy usul bilan chiqarilgan turlardir. Haqiqatda esa bilish bosqichi, yondashish usuli, tadqiqotchi tayanch nuqtayi nazari orasida uzviy bog'lanish mavjud. Bu, asosan, ikki ko'rinishda bo'ladi: a) fahmiy-nominalistik-materialistik, b) idrokiy-dialektik-idealistik. Ilmiy tadqiq jarayonida tadqiqotchi ilmiy tadqiq metodologiyasining biror tarkibiy qismini mutlaqlashtirmasligi kerak. Har bir qismning o'z xususiyati, narsaning ma'lum qirrasini haqqoniy tavsiflashda ilmiy ahamiyati bor. Metodologiya tarkibiy qismilaridan birortasini mutlaqlashtirish, uni qat'iy, mutlaq, buzilmas qonun deb tatbiq etish, mumkin bo'lgan va bo'lmagan o'rinlarda zo'rma-zo'rakilik bilan tatbiq etishga intilish fetishizm, fetishizatsiyaga olibkeladi. U istagan turdagi tadqiqotga, xususan, amaliyot bilan bog'liq izlanish vaxulosalarga katta ziyon etkazadi. Bu zarar, asosan, ikki ko'rinishda:
b) amaliyotda obyektiv - ijtimoiy-ontologik qonuniyatlarning buzilishida, jamiyatni, jumladan, fanni tanazzul (krizis)ga olib kelishda namovon bo'ladi. Filologiya fani ham sovetlar davrida ancha ziyon ko'rdi. Sovet fani markscha-lenincha dialektik materializmni o'zining metodologik asosi deb rasman e'lon qilsa-da, juda ko'p hollarda, unda dialektika faqat tilda bo'lib, amaliy tatbiqdan uzoqda, vulgar materializm esa mutlaqlashtirilgan edi. 1927-1929-yillarda Moskvada Kommunistik akademiyaning tilshunoslik sho'basi tarixiy, qiyosiy va tavsifiy grammatik tadqiqotlarga qarshi va yafetik nazariya himoyasiga bag’ishlab qator munozaralar o'tkazdi. ADD YOUR TITLE ADD YOUR TITLE Ilmiy tilshunoslik, I.Boduen, X.Vostokov, F.Fortynatov ta'limotlari "burjua, sinfiy dushman buzg'unchligi" sifatida to'la-to'kis rad etildi. Tilning ustqurma va sinfiy ekanligi, dehqon, ishchi, hatto, ziyoli va hukmron tabaqa vakillarining tili boshqa-boshqa ekanligi, butun dunyodagi tillar, ularning so'z va qo'shimchalari to'rtta unsur (yon, rosh, sal, bet)dan kelib chiqqanligi, dunyodagi barcha tillarning kelib chiqish manbayi bir ekanligi, shuning uchun tillar oilasi va qarindoshligi haqidagi ta'limot yolg'on va marksizmga bo'hton, sinfiy dushman mafkurasi ekanligi haqida uydirma «nazariya» tilshunoslikda hukmron bo'ldi. Milliy tilshunosliklar, jumladan, o'zbek tilshunosligi ham, kommunistik mafkuraning materializmni mutlaqlashtirishidan anchagina ziyon ko'rdi. I.Stalinning milliy tillar bora-bora o'ladi, bitta kommunistik tilga kelib qo’shiladi. degan g'ayriilmiy fikri asosida milliy tillarning vazifasini cheklash, ularni rusiylashtirish, milliy tillarga «rus tili birliklarining ta'siri»ni oshirish orqali ularni "boyitish" kabi salbiy hodisalar sun'iy ravishda kuchaytirildi. Bu shu darajaga yetdiki, xalqni junbushga keltirdi. Ish 1989 yilning 21-oktyabrida «0'zbekiston Respublikasi davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qilishi bilan yakunlandi. Milliy tillar grammatik qurilishi talqinida, lug'at va lug'atchilikda rus tili grammatik tizimi va lug’atchiligidan aynan ko'chirmachilik - grammatik fetishizm oqibatlari hali-hali to'la bartaraf etilmagan. Demak, o'zbek grammatik talqinlari, o'zbek grammatikalari rus tili rammatikalari namunalarida, ularni fetishizatsiyasi asosida yaratilgan ekan. Buni bartaraf etish, milliy mafkurani o'z ustida ko'tarib turadigan mustahkam poydevor vazifasini o'tay oladigan, milliy grammatikani, o'zbek milliy lingvistik 4 ta'limotini yaratish lozimdir. Buning uchun sinalgan, onglilik bilan izchil, hech qanday mutlaqliksiz tatbiq etiladigan metodologik tamoyillarga ega bo'lish, har bir tamoyilni o'z o'rnida ustakorlik bilan ishlatishni bilish kerak. E’tiboringiz uchun rahmat! Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling