Reja: Reja: Kirish. Testning afzalligi qo‘yidagicha baholanadi: Pedagog baxolash mezoni Kirish


Download 71.53 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi71.53 Kb.
#1495411
  1   2   3   4
Bog'liq
71 dilshod

971-19 guruh talabasi

  • 971-19 guruh talabasi
  • Matniyazov Dilshod.
  • Mavzu:Pedagogik testni past baholab, mutlaqlashtirish nimaga olib kelishi mumkin?

Reja:

  • Reja:
  • 1.Kirish.
  • 2. Testning afzalligi qo‘yidagicha baholanadi:
  • 3.Pedagog baxolash mezoni

Kirish

  • “Оliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazоrat qilish va bahоlashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizоm O‘zbekistоn Respublikasi Оliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sоn buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizоmga O‘zbekistоn Respublikasi Оliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sоn va 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sоnli buyrug‘lari bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hamda O‘zbekistоn Respublikasi Adliya vazirligida 1981-2 - sоn bilan davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazilgan. (O‘R ҚHT, 2013 y., 50-sоn, 659- mоdda). Talabalar bilimini nazоrat qilish va reyting tizimi оrqali bahоlashdan asоsiy maqsad ta`lim sifatini bоshqarish оrqali raqоbatbardоsh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hоsil bo‘lishini оldini оlish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan ibоrat.
  • An'anaviy o’quv jarayonida biz ko'proq o’qituvchining mahoratiga suyanib samaraga erishishga harakat qilamiz. Buning uchun esa pedagog ma'lum tajriba orttirgan bo'lishi talab etiladi. Pedagogik texnologiyaning asosi esa loyihalashtirishdir. Ana shu aniq loyihalashtirilgan dastur pedagogga samarali natijaga erishish imkonini tug’diradi. Bunday loyiha asosida ish olib borayotgan pedagog katta pedagogik tajribaga ega bo'lmasada, yuqori samaraga erisha oladi. Pedagogik texnologiya bu avvalombor aniqlikka ega bo'lgan va qat'iy, ilmiy loyihalashtirilgan jarayondir. O’quv jarayonini tashkil etishdagi birinchi qadam bu o’quv maqsadlarini aniqlash hisoblanadi. Bugungi kunda biz darsning maqsadini qanday belgilaymiz? – degan savol albatta hammani qiziqtiradi. Biz bugungi kunda darsning maqsadini umumiy holga belgilaymiz va shuning uchun ham erishgan natijamizni baholashda qiynalamiz. Bunday umumiy maqsadni belgilash pedagogik texnologiyani qoniqtira olmaydi. Pedagogik texnologiyalar dars maqsadini belgilashda ham aniqlik bo'lishini talab etadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va baholash ishini engillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni qo’llashdagi birinchi qadam bu aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqishdir degan xulosani beradi.
  • Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini albatta birinchi galda qanday nazorat ishi orqali tekshirilishi aniqlanishi kerak. Maqsaddan kelib chiqqan holga test va nazorat ishlari tanlanadi. Tanlangan nazorat har bir maqsad uchun alohida qo’llaniladi. Masalan, birinchi qo'yilgan maqsad uchun alohida, keyingi maqsadga erishish uchun alohida nazorat ishi topilishi kerak. Barcha nazorat ishlari umumlashtirilib oxirgi baholash ma'lum qilinadi.
  • Masalan: 1-maqsad ta'rifni yoddan bilish deb belgilangan bo'lsa, uni yoddan aytib berish talab etiladi. 2-maqsad formulani amalda qo’llashiga o'rgatish bo'lsa, uni amalda masala ishlab qo’llashi talab etiladi. 3-maqsad formulani noan'anaviy holatda qo’llashi bo'lsa, unga mos misol tanlanadi va uni ishlash talab etiladi. Demak, nechta maqsad aniqlashtirilgan bo'lsa, shuncha nazorat ishi ham ishlab chiqilishi kerak bo'ladi. Shunday qilib, maqsad va nazorat ishi o'rtasida uyg’unlik hosil qilinadi. Nazorat ishlarini tanlashda albatta maqsadning xarakteri hisobga olinadi. Aniq belgilangan maqsadlar esa tekshirishni osonlashtiradi. Nazorat ishlarida turli xil test turlaridan foydalanish mumkin.
  • Qanday usul bilan o’qitish natijasini talaba hatti-harakatlariga o'tkazish mumkin? Bu o'tkazishda qat'iy bir xil ma'noni qanday saqlab qolish mumkin? Bu kabi muammolar asosan quyidagi ikki xil usul bilan hal etilganligini qayd qilib o'tamiz:
  • 1. O’quv maqsadlarining shunday tizimini yaratish kerakki, uning ichida o’quv maqsadlarining toifalari va darajalari ketma-ketligi aniq belgilangan bo'lsin. O’quv maqsadlarining bunday tizimi pedagogik taksonomiya deb ataladi.
  • 2. O’quv maqsadlarini ifodalash uchun shunday aniq va tushunarli tilni topish kerakki, o’qituvchi bu til orqali maqsadlarni aniq ifodalaydigan bo'lsin.
  • Demak, o’quv maqsadlarini belgilashga yuqorida qayd qilingan aniqlik kiritish, pedagogik texnologiyaning odatdagi o’qitish usullaridan tubdan farqi kiluvchi dastlabki, eng muhim jihatlaridan biri bo'lib hisoblanadi.

Download 71.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling