Eng Qadimgi Xitoy. Reja


Download 94 Kb.
bet1/18
Sana22.04.2023
Hajmi94 Kb.
#1381263
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qadimgi Xitoy


Eng Qadimgi Xitoy.


Reja:



  1. Xan podsholigi

  2. Xan saltanatining zaiflashuvi va ommaviy harakatlar

  3. Qadimgi Xitoy madaniyati

  4. Xunnlar davlati



1. Qadimgi Xitoyning geografik o`rni va tabiiy sharoitlari. Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi mamlakatlardan biri bo`lgan. Hozirgi Xitoyning g`arbiy chegaralari bizning Turon zamin chegaralariga kelib tutashadi. Shimolda Mo`g`uliston, Rossiya, janubda esa Himolay tog`lari orqali Hindiston bilan chegaradosh. Mamlakat sharqi Tinch okeanning Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlarining suvlari bilan o`ralgan. Mamlakatning katta qismi tog`lardan, qolgan ozroq qismi tekisliklardan iborat. Xitoyning kun chiqish tomonini Buyuk Xitoy pasttekisligi qoplab yotadi. Xitoyning iqlimi o`ziga xos, yozi o`rtacha issiq, qishi shimolda sovuqroq, janubda u qadar sovuq emas. Yog`in-sochin mamlakat sharqida ko`proq, markaziy va g`arbiy qismida kamroq yog`adi. Xitoyning eng yirik daryosi Xuanxe bo`lib, uni «Tentak daryo», «Xitoyning sho`ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi daryo» deb ham ataydilar. Chunki u bahor oylarida toshib odamlarga ko`p tashvish va kulfat keltirgan. Bu daryo loyqaligi bois Sariq daryo ham deyiladi. Xitoydan Yanszi, Siszyan kabi katta daryolar ham oqib o`tadi. Bu daryolar bahor oylarida qattiq toshib xalq xo`jaligiga katta zarar keltiradi. Xitoy o`simliklar, hayvonot va qazilma ma`danlarga boy mamlakat.
2. Xitoyning qadimgi aholisi. Xitoyning qulay geografik muhiti juda qadim zamonlardan boshlab ibtidoiy kishilar diqqatini o`ziga tortib kelgan. Arxeologlarning bergan ma`lumotlariga qaraganda Xitoyda 500–600 ming yillardan beri aholi yashab keladi. Ular sinantrop (xitoy odami) va Lantyan odamlaridir.
Xitoyda qadim zamondan boshlab juda ko`p Xitoy qabilalari – tibetliklar, turkiy xalqlar va mo`g`ullarning ajdodlari yashaganlar. Qadimgi aholining katta qismi daryo bo`ylari tekisliklarida, boshqa qismi esa tog` oldi va tog`lik o`lkalarda ham yashashgan. Chunki u joylarda xilma xil yovvoyi meva va hayvonlar ko`p bo`lgan. Ularning tirikchiligi, ovchilik, termachilik, keyinchalik esa baliqchilik bo`lgan. Ular chorvachilik va ovchilikdan asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikka o`tib, hunarmandchilik rivoj topgan.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling