Eng Qadimgi Xitoy. Reja


Sharqiy Chjou podsholigi. Miloddan avvalgi VIII asr boshlaridan boshlab


Download 94 Kb.
bet4/18
Sana22.04.2023
Hajmi94 Kb.
#1381263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qadimgi Xitoy

3. Sharqiy Chjou podsholigi. Miloddan avvalgi VIII asr boshlaridan boshlab Xuanxe daryosining yuqori oqimida yashagan ko`chmanchi jun qabilalari Chjou podsholigi yerlariga bostirib kira boshlaydilar. Yu-Van podsholigi davrida (718–771) chjoular yarim ko`chmanchi junlar bilan shiddatli janglar olib borganlar.
Miloddan avvalgi 770-yili podsho Pin-Van junlar hujumidan bezor bo`lib podsholik poytaxtini Xaodan Loyanga, ya`ni Sharqqa ko`chiradi. Shu tufayli podsholik Sharqiy Chjou nomi bilan atalgan. Sharqiy Chjou podsholigi miloddan avvalgi VIII–III asrlar orasidagi davrni o`z ichiga oladi.
Sharqiy Chjou podsholari g`arb tomondayvvn, shimolda di, xunn qabilalari va boshqa qabilalar bilan uzoq vaqt urushlar olib borganlar.
Miloddan avvalgi 636-yili Chjou hukmdorlaridan Syan-Van di qabilalari bilan bo`lgan jangda mag`lubiyatga uchragan.
Syan-Van podsholik poytaxti Loyanni tashlab chiqishga majbur bo`lgan.
Miloddan avvalgi VII–IV asrlarda Sharqiy Xitoy mayda podsholiklarga bo`linib keta boshlagan. Bu podsholiklarning yiriklari U, Chu, Si, Szin, Sin va Yuz kabi davlatlar edi. Bu Xitoy tarixida Chjancho – «Adovatlashuvchi podsholiklar» davri deb atalgan. Bu vaqtda ular Sharqiy Xitoyda hukmronlik qilish uchun uzoq yillar davomida o`zaro kurash olib borganlar. Uzluksiz jang-u jadallar, qonli urushlar natijasida goh Szin, Yuz, goh Chu, U, Si va Sinlar g`olib chiqqan yoki mag`lubiyatga uchraganlar. Uzoq davom etgan urushlar va xalq g`alayonlari tufayli miloddan avvalgi IV asr oxirlari – III asr boshlariga kelib Chjou podsholigi ham kuchsizlanib barham topgan.
4. Chjou podsholigi davrida xo`jalik. Chjou podsholigi davrida xo`jalik ilgarigiga nisbatan ancha rivojlangan. Jez, ayniqsa temirdan omoch tishi, belkurak va boshqa qishloq xo`jalik asboblarining yasalishi dehqonchilikni yanada rivojlanishiga olib kelgan. Daryo bo`ylaridagi serunum yerlarga kanallar orqali suv chiqarilgan, suv omborlari qurilgan. Hosildorlikni oshirish uchun almashlab ekish joriy qilingan. Har bir tomorqa uch bo`lakka bo`lingan. Tomorqaning ikki bo`lagiga ekin ekilib, uchinchisi haydab, shudgor qilib qo`yilgan. Har uchala yer bo`lagining o`z nomi bo`lib, ularning birinchisi «yangi», ikkinchisi «yangi yer», uchinchisi esa «uch yoshli dala» deb atalgan. Yerlar o`g`itlanib, dehqonlar kuzgi va bahorgi ekinlar ekkanlar. Dehqonlar bog`dorchilik, sabzavotchilik va g`allachilik bilan shug`ullanganlar. Mamlakatning katta maydonlarida tutzorlar tashkil etilgan. Davlat ham dehqonchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan. Mamlakatning tog`li va dashtli viloyatlaridagi yaylovlarda chorvachilik rivojlangan. Maxsus amaldorlar chorvachilikni rivojlantirish bilan shug`ullanganlar, yaylovlarda va shaxsiy xo`jaliklarda qoramol, qo`y, echki, cho`chqa va ot boqilgan.
Podsholikda yilqichilikka alohida e`tibor berilgan. Chunki podsholikning qo`shini uchun ko`p miqdorda salt otlari kerak bo`lgan.
Podshoning yilqilarni boqish uchun alohida o`tloqlari bo`lgan. Chorva aholini oziq-ovqat va ishchi kuchi bilan ta`minlagan.
Chjou podsholigi davrida hunarmandchilikka katta e`tibor berilgan. U yerda to`qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik, ko`nchilik, uysozlik, tunukasozlik, temirchilik va hunarmandchilikning boshqa sohalari rivoj topgan edi.
Dehqonchilik, chorvachilik, ayniqsa hunarmandchilikning rivojlanishi savdo-sotiqning ravnaqiga yo`l ochgan. Savdoning rivojlanishi munosabati bilan savdogarlar kelib chiqqan. Bozorlar bino qilinib, ular alohida rastalarga ajratilgan. Masalan, g`alla sotuvchilar, qurol sotuvchilar, tunukasozlar, kulolchilik va gazlama sotuvchilar rastasi alohida bo`lgan. Bozorda sotiladigan mollarning sifati va narxi davlat tomonidan chiqarilgan farmon asosida qattiq nazorat qilingan. Xiyonatchi, qallob va ko`zbo`yamachilar qattiq jazolangan.
Bozorlardagi tartibni bozor boshliqlari o`z xizmatchilari bilan hamisha kuzatib turganlar. Bozor boshliqlarining idorasi bozor maydonining o`rtasida bo`lgan. Chjou podsholigi davrida savdogarlar uzoq-yaqin mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo`li orqali qizg`in savdo isblarini olib borganlar.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling