Attila davrida (434–453) Markaziy Yevropaning juda ko`p qabilalari xunnlarga tobe bo`lgan. 451-yilda xunnlar Galliyaga bostirib kirganlar. Ammo rimliklar, vesgottlar va franklarning birlashgan qo`shinlari Katalaun yonidagi jangda xunnlarni yengib, ularni orqaga chekintirganlar. 453-yilda Attila vafot etgach, xunnlar davlati kuchsizlangan. Ularning 455-yili Pannoniyaga, 469-yili Bolqonga qilgan yurishlari mag`lubiyat bilan tugagan.
Shundan keyin xunnlar ittifoqi tarqalib, davlat mutlaqo kuchsizlangan. Xunnlar mahalliy aholiga qo`shilib ketganlar. Shu tariqa 7–8-asr hukm surgan Xunnlar davlati 5-asr oxirlariga kelib barham topgan.
Xunnlar ham o`zlariga xos oddiy, soddagina madaniyat yaratganlar. Atnmo ular Qadimgi Xitoy madaniyatidan keng foydalanganlar. G`arbga ko`chgan xunnlar madaniyatigaO`rta Osiyo xalqlari va Rim madaniyati kuchli ta`sir ko`rsatgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam. Toshkent, 1974.
2. Arsixovskiy A. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970.
3. Askarov A, Alьbaum L.Poseleniye Kuchuktepa. Tashkent, 1970.
4. Borisovskiy A.I. Drevneysheye proshloye chelovechestva. Moskva. Nauka, 1980.
5. Kabirov J, Sagdullayev A.O’rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent, 1990.
6. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. Toshkent, 1991.
7. Okladnikov A.P. Paleolit i mezolit Sredney Azii. Vkn. Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzi. M. - L., 1966.
8. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Toshkent, 1964.
9. Taylor E.B. Pervobыtnaya kul’tura. Per. s angl. D. A. Koropchevskogo.M., 1989.
10. Cheboksarov N.N., Cheboksarova I.A. Narodы, rasы, kulьturiы. M.: Nauka, 1985.
11.O’zbekiston tarixi. Sagdullayev A., Eshov B. tahriri ostida. Toshkent.Universitet, 1997, 2-nashri, 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |