Eng Qadimgi Xitoy. Reja


«Qizil qoshlilar» qo`zg`oloni. Milodiy I asr boshlarida


Download 94 Kb.
bet10/18
Sana22.04.2023
Hajmi94 Kb.
#1381263
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Qadimgi Xitoy

2. «Qizil qoshlilar» qo`zg`oloni. Milodiy I asr boshlarida Xitoyda qurg`oqchilik va chigirtka bosishi natijasida hosilsizlik sodir bo`lgan. Mamlakatda qimmatchilik, ochlik boshlangan, islohotlarni amalga oshirish esa to`xtab qolgan. Bu hol Xitoyda ommaviy norozilik harakatlari boshlanishiga sabab bo`lgan. Bunday qo`zg`olonlarning biri 18-yili Shandunda boshlanib, unga Fan Chun degan kishi rahbarlik qilgan. Qo`zg`olonga Van Man islohotidan norozi bo`lgan aslzodalar va katta yer egalari ham qo`shilganlar. Qo`zg`olon rahbarlari o`z odamlarini podsho askarlaridan ajratish uchun qoshlarini qizil rangga bo`yatganlar. Shu tufayli bu qo`zg`olon «Qizil qoshlilar» qo`zg`oloni nomini olgan edi. 22-yili Van Man qo`zg`olonchilar ustiga yuz ming kishilik qo`shin yuborgan. Hal qiluvchi jangda qo`zg`olonchilar podsho qo`shinlarini tor-mor etib, Xuanxe daryosining o`rta oqimidagi yerlarni ishg`ol qilganlar.
Shu vaqtda mamlakat janubida ham qo`zg`olon boshlangan. Ular o`zlarini «Yashil o`rmon qo`shinlari» deb ataganlar. 23-yili Van « Man qo`shinlari bilan qo`zg`olonchilar o`rtasida dahshatli jang bo`lib, podsho qo`shinlari yana tor-mor etilgan. Qo`zg`olonchilar Chanan shahrini ishg`ol qilganlar. Van Man o`ldirilgan. 24-yili qo`zg`olon rahbarlaridan biri Lyu Syuan o`zini podsho deb e`lon qilib, Chanan shahrini egallagan. 25-yili «qizil qoshlilar» Chananga yurib, Lyu Syuan qo`shinlarini tor-mor etganlar, Lyu Syuan o`zini-o`zi o`ldirgan. Shu yili «yashil o`rmon qo`shini» Lyu Syu boshchiligida Chananga qarab yoi olganlar. «Qizil qoshlilar» esa Chananni bo`shatib Shandunga chekinganlar. Yoida ikki qo`shin to`qnashib, «Qizil qoshlilar» yengilganlar. Ulaming yo`lboshchisi Fan Chun jangda halok bo`lgan. 25-yili Lyu Syu o`zini podsho deb e`lon qilgan va poytaxtni Chanandan Loyanga ko`chirtirgan. Lyu Syu Xan sulolasiga mansub kishi edi. Lyu Syudan boshlab kichik Xan sulolasi davri boshlangan. Bu sulola 25–220-yillar orasida Xitoyda hukmronlik qilgan. Lyu Syu Guan U-Di nomi bilan podsholikni 25–57-yillarda boshqargan. U aholiga ko`p yengilliklar berib, soliqlarni kamaytirgan va ko`plab qullarni ozod etgan. Shu davrdan boshlab qullarni huda-behuda o`ldirish va tamg`a bosish bekor qilingan. Guan U-Di va uning vorislari mamlakatda osoyishtalik o`rnatib, xunnlarga qarshi g`olibona yurishlar qilganlar.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling