Eng Qadimgi Xitoy. Reja


Download 94 Kb.
bet12/18
Sana22.04.2023
Hajmi94 Kb.
#1381263
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Qadimgi Xitoy

Qadimgi Xitoy madaniyati
1. Qadimgi Xitoy yozuvi. Qadimgi Xitoy ko`hna Mis va Mesopotamiya singari o`z yozuvi va adabiyotiga ega bo`lgan. Qadimgi xitoyliklar hozirgi kunimizdan 3,5–4 ming yil ilgari o`zlarining yozuvlarini yaratganlar. Ularning yozuvi ham misrliklarniki singari rasm-belgilardan – iyerogliflardan iborat bo`lgan. Har bir iyeroglif – belgi butun bir so`zni ifoda etgan. Bir kichik shoxcha belgisi «daraxt», ikkitasi «o`rmon», uchtasi esa «chakalakzor» kabi ma`nolarni bildirgan. Xitoyda dastlabki yozuv miloddan avvalgi II mingyillikda kashf etilgan. Bu Shan-In davlati davriga to`g`ri kelgan. o`shanda yozuvlar soni 2000 ga yaqin bo`lgan. Xan davrida esa iyerogliflarning soni o`n sakkiz mingga yetgan. Xitoy yozuvlari asrlar mobaynida ayrim o`zgarishlarga duch kelgan. Ammo u o`zining asosiy belgilarini zamonamizgacha saqlab qolgan. Xitoyliklar xatni dastlab suyak, yog`och, cho`p, teri va bambuk tanasidan tayyorlangan maxsus taxtachalarga yozganlar. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab esa ipakdan tayyorlangan shoyi parchasiga yozganlar. Miloddan avvalgi I asrda xitoylar qog`ozni kashf etishgach, yozuvlar ana shu qog`ozlarga yozilgan. Xitoyliklar dunyoda birinchi bo`lib qog`ozni kashf etishgan ekan. Matnlar o`ngdan chapga tomon ustunlar tariqasida yuqoridan pastga qarab yozilgan. Yozuvda bo`yoq cho`p, qush patlari va cho`tkachalardan foydalanilgan. Xitoyliklar qog`ozni bambuk, latta va po`stloq aralashmasidan tayyorlaganlar.
2. Qadimgi Xitoy adabiyoti. Qadimgi xitoyliklar o`zlarining ajoyib adabiyotiga ega bo`lganlar. Qadimgi Xitoy adabiyotining shakllanishi xalq og`zaki ijodiyoti bilan bog`liqdir. Yozuv kelib chiqqach, yozma adabiyot rivoj topgan.
Xitoyda «Shi-Szin», «Chun-syu» kabi asarlar yaratilgan. Xitoylar ajoyib afsona, ertak, rivoyat, qo`shiq, topishmoq va ko`plab maqollar yaratganlar. Dostonlar Xitoyning qadimgi adabiyotidan katta o`rin olgan. Xitoy adabiyotida diniy, tarixiy va falsafiy mavzular keng o`rin olgan.
Xitoyda miloddan avvalgi IV–I, milodning I–IV asrlaridan Soy Yuan, Sima Syan kabi mashhur shoirlar ijod etishgan. Qadimgi Xitoyda musiqa, raqs, qo`shiq sarfatiga qiziqish erta boshlangan. Ularda musiqa asboblarining torli, urib, puflab chalinadigan turlari keng tarqalgan. Xitoyga qo`shni O`rta Osiyo xalqlarining arfa kabi musiqa asboblari I–II asrlarda kirib borgan.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling