Eng Qadimgi Xitoy. Reja


Qadimgi Xitoyning diniy e`tiqodi


Download 94 Kb.
bet15/18
Sana22.04.2023
Hajmi94 Kb.
#1381263
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Qadimgi Xitoy

7. Qadimgi Xitoyning diniy e`tiqodi. Qadimgi Xitoyda diniy e`tiqodning shakllanishi ibtidoiy davrlarga borib taqaladi. Shan-In davridagi diniy e`tiqodlar ibtidoiy din shakllaridan kelib chiqqan ekan. Qadimgi xitoyliklar Quyosh, Oy, osmon, osmon jismlari, sayyora va yulduzlarga topinganlar. Shu bilan birga ular tabiat va tabiat hodisalari, daraxtlarga sig`inib tog` va daryolarni ulug`laganlar. Odamlar ana shu ulug`langan narsalarga e`tiqod qilganlar. Xitoyliklar e`tiqodiga ko`ra har bir narsa va hodisaning alohida xudolari bo`lgan.Bu xudolar alohida nomlar bilan atalgan. Ularda Oliy xudo Di bo`lib, u odamlarga qurg`oqchilik, suv toshqinlari yuborgan yoki baxt ulashgan.
Afsonalarning birida aytilishicha Nyuy Va degan xudo odamni loydan yaratgan ekan. Xitoylarning diniy afsonalarida tabiiy ofatlar, odamlarni bu ofatlardan qutqaruvchi qahramonlar haqida hikoya qilinadi.
Qadimgi xitoyliklar o`lgan ajdodlari ruhlariga ham e`tiqod qilganlar. Bu fanda animizm deyiladi. Tog`-toshlar, o`simlik, daraxtlar, osmon jismlari va har xil buyumlarga sig`inish esa fetishizm deyiladi. Ayni paytda ular hayvon va turli jonivorlarga ham sig`inganlar. Bu esa totemizm deb ataladi. Miloddan avvalgi II–III asrlarda Xitoyga Hindistondan O`rta Osiyo orqali budda dini kirib kelgan va yoyilgan. Shunday qilib, Xitoyda diniy e`tiqod xilma-xil shaklda bo`lib, uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. Qadimgi xitoyliklar juda qadim zamondan boshlab o`zlariga xos yuksak madaniyat yaratib, jahon madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo`shganlar.
Xunnlar davlati
1. Xunnlar davlatining geografik o`rni, tabiati va aholisi. Qadim zamonlarda Markaziy Osiyoning katta qismida ko`chmanchi xunn qabilalari yashar edilar. Xunnlar mamlakati tog`lar, yassi tog`lar, tekisliklar va bepoyon cho`llardan iborat edi. Bu joylarning iqlimi xilma-xil bo`lib yozi jazirama issiq, qishi esa qahraton sovuq bo`lgan. O`rta Osiyoning bu qismida qishda tez-tez qor bo`ronlari, yozda esa qum bo`ronlari bo`lib turar edi. Xunnlar mamlakatidagi tog` oralaridan kam suvli soylar oqib chiqib, cho`llar ichida yo`qolib ketadi. Bu o`lkaning shimoliy qismi tayga o`rmonlariga yaqin bo`lgani uchun o`simliklar va hayvonot dunyosi boy edi. Janubiy qismi cho`1 va dashtlardan iborat bo`lganligi uchun hayvonot va o`simliklar dunyosi kambag`alroq. Xunnlar mamlakati temir, mis, kumush, qo`rg`oshin va oltin konlariga boy bo`lgan. Ammo bu o`lkada bepoyon yaylovlar ko`p edi.
O`rta Osiyoda qadimdan boshlab, juda ko`p ko`chmanchi qabilalar yashaganlar. Bu ko`chmanchi qabilalarning katta qismini xunn qabilalari tashkil etgan. Xunnlar O`rta Osiyoning tub joy aholisi bo`lib, ularning ajdodlari tosh asridan beri shu yerlarda istiqomat qilganlar. Miloddan avvalgi III–II mingyilliklarda xunnlarning ajdodlari ovchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanib tirikchilik o`tkazganlar. Miloddan avvalgi I mingyillikning birinchi yarmidan boshlab aholining asosiy qismi ko`chmanchi chorvador bo`lgan. Mashhur xitoy tarixchisi Sim-Syanning ma`lumotlariga qaraganda xunnlar O`rta Osiyoning katta qismini egallaganlar. Ular yerga va aravalarga o`rnatilgan o`tovlarda yashaganlar. Har yer-har yerda qishlov uchun qishloqlari bo`lgan. Xunnlar asosan yilqichilikka alohida e`tibor berganJar. Qayerda o`t, suv va yaylov ko`p bo`lsa, o`sha joylarda qoraraol podalari, qo`y-echki suruvlari va ot-tuya uyurlari bilan yaylovdan-yaylovga ko`chib yurganJar. Tinchlik va osoyishtalikda esa ular yuechji, dunxi, usun, ayniqsa xitoyliklar bilan qizg`in savdo-sotiq olib borganlar. Ular Xitoy madaniyatidan bahramand bo`lganlar. Xunnlar janjun, jun, dunxi, yuechji kabi qabilalar bilan urushlar olib borib, ularni o`zlariga itoat ettirganlar.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling