2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja
Download 41.77 Kb.
|
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xuanxe
- 2. Xitoyning qadimgi aholisi.
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja: Xan podsholigi Xan saltanatining zaiflashuvi va ommaviy harakatlar Qadimgi Xitoy madaniyati Xunnlar davlati 1. Qadimgi Xitoyning geografik o`rni va tabiiy sharoitlari. Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi mamlakatlardan biri bo`lgan. Hozirgi Xitoyning g`arbiy chegaralari bizning Turon zamin chegaralariga kelib tutashadi. Shimolda Mo`g`uliston, Rossiya, janubda esa Himolay tog`lari orqali Hindiston bilan chegaradosh. Mamlakat sharqi Tinch okeanning Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlarining suvlari bilan o`ralgan. Mamlakatning katta qismi tog`lardan, qolgan ozroq qismi tekisliklardan iborat. Xitoyning kun chiqish tomonini Buyuk Xitoy pasttekisligi qoplab yotadi. Xitoyning iqlimi o`ziga xos, yozi o`rtacha issiq, qishi shimolda sovuqroq, janubda u qadar sovuq emas. Yog`in-sochin mamlakat sharqida ko`proq, markaziy va g`arbiy qismida kamroq yog`adi. Xitoyning eng yirik daryosi Xuanxe bo`lib, uni «Tentak daryo», «Xitoyning sho`ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi daryo» deb ham ataydilar. Chunki u bahor oylarida toshib odamlarga ko`p tashvish va kulfat keltirgan. Bu daryo loyqaligi bois Sariq daryo ham deyiladi. Xitoydan Yanszi, Siszyan kabi katta daryolar ham oqib o`tadi. Bu daryolar bahor oylarida qattiq toshib xalq xo`jaligiga katta zarar keltiradi. Xitoy o`simliklar, hayvonot va qazilma ma`danlarga boy mamlakat. 2. Xitoyning qadimgi aholisi. Xitoyning qulay geografik muhiti juda qadim zamonlardan boshlab ibtidoiy kishilar diqqatini o`ziga tortib kelgan. Arxeologlarning bergan ma`lumotlariga qaraganda Xitoyda 500–600 ming yillardan beri aholi yashab keladi. Ular sinantrop (xitoy odami) va Lantyan odamlaridir. Xitoyda qadim zamondan boshlab juda ko`p Xitoy qabilalari – tibetliklar, turkiy xalqlar va mo`g`ullarning ajdodlari yashaganlar. Qadimgi aholining katta qismi daryo bo`ylari tekisliklarida, boshqa qismi esa tog` oldi va tog`lik o`lkalarda ham yashashgan. Chunki u joylarda xilma xil yovvoyi meva va hayvonlar ko`p bo`lgan. Ularning tirikchiligi, ovchilik, termachilik, keyinchalik esa baliqchilik bo`lgan. Ular chorvachilik va ovchilikdan asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikka o`tib, hunarmandchilik rivoj topgan. Download 41.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling