2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy. Reja


Miloddan avvalgi 130–111-yillar orasida


Download 41.77 Kb.
bet9/18
Sana04.02.2023
Hajmi41.77 Kb.
#1164974
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
2-Mavzu. Eng Qadimgi Xitoy.

Miloddan avvalgi 130–111-yillar orasida U-Di janubi-g`arbdagi varvarlar ustiga ikki marta qo`shin yuborgan. Xan qo`shinlari Hindistonga yo`l topolmasalar ham Yanszi daryosining yuqori oqimidagi joylar podsholikka qo`shib olingan.
Miloddan avvalgi 109-yili Xan qo`shinlari Koreya yarimoroliga bostirib kirib Choson mamlakatini saltanat hududiga qo`shib olganlar. Miloddan avvalgi 104–101-yili U-Di qo`shinlari Dovon mamlakatiga o`tib, uning poytaxti Ershini qamal qilganlar. Xitoylar Dovondan «qon bilan terlaydigan osmon otlarini» olib qaytganlar.
Miloddan avvalgi II asr o`rtalaridan I asr boshlarigacha bo`lgan davr ichida Xan qo`shinlari zafarli yurishlar uyushtirib saltanat chegaralarini ancha kengaytirganlar.
Bu davrda, ayniqsa U-Di davrida Xan podsholigi Sharqiy Osiyodagi eng kuchli davlatlardan biri bo`lib qolgan. Bu davrda Xitoyda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq ancha rivoj topgan. Bu davrda Xitoy savdogarlari Turon, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va boshqa mamlakatlar bilan qizg`in savdo ishlarini olib borganlar.
Xan saltanatining zaiflashuvi va ommaviy harakatlar
1. Xan saltanatining zaiflashuvi. U-Di podsholigining oxiri va vafotidan so`ng saltanat asta-sekin zaiflasha boshlagan. Behisob urushlar, qo`shimcha soliq va majburiyatlarning barcha og`irligi qullar va mehnatkashlar yelkasiga tushgan. Ayniqsa jon boshi solig`i oddiy xalq orasida dahshatli voqealarni keltirib chiqargan. Qashshoqlar jon solig`i miqdorini kamaytirish uchun yosh bolalari, keksa ota, ona, buvi va buvalarini o`ldira boshlaydilar. Bu davrda qullar ham qattiq asoratga solingan. Og`ir ahvoldan mamlakat larzaga kelib qo`zg`olonlar boshlanish xavfi tug`ilgan.
Miloddan avvalgi I asrning ikkinchi yarmida ahvol shunday yomonlashganki, bundan podsho va hukmdor tabaqa vakillari dahshatga tushganlar. Ular ahvolni yaxshilash uchun mehnatkash aholiga va qullarga yon berib turli islohotlar o`tkazishga majbur bo`lganlar. Bu jihatdan Dun Chjun-shu va Van Man islohotlari diqqatga sazovordir. Islohotchi Dun Chjun-shu katta yer egalarini qoralagan. Tuz va temirga nisbatan davlatning yakka hokimligini bekor qilishni taklif etgan. Yana u qullikni bekor qilishni, soliqlarni, harbiy va ortiqcha mehnat majburiyatlarini kamaytirishni talab etgan. Milodiy
8-yildagi
qo`zg`olon natijasida hokimiyat tepasiga Van Man ham bir qancha islohotlar bilan maydonga chiqqan.
Uning taklifiga ko`ra yirik yer egalariga qarashli yerlar musodara qilinib «podsho yeri» deb e`lon qilingan. Yerlar qayta taqsim qilingan. Yer va qullarni sotish va sotib olish to`xtatilgan. U qullarni «shaxsiy qaram kishilar» deb atashni buyurgan. Bu Xitoyda qulchilikni bekor qilish haqidagi birinchi qadam edi. Van Man narx-navo, savdoni tartibga solish va soliqlarni kamaytirish haqida ham yaxshi fikrlar bildirgan. Ammo Dun Chjun-shu va Van Man islohotlari aslzodalarning qarshiligiga uchrab amalga oshmagan.

Download 41.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling